|
Tashkent Medical Academy Volume 3mustaqillik-yillarda-ajdodlar-ma-naviy-merosi-va-milliy-qadriyatlarga-munosabatTashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
the development of science
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o‘rni
129
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
yili ulugʼ sarkarda va bunyodkor bobomiz sharafiga oʼtkazilgan xalqaro anjuman
hamda tantanalar, joylardagi yuzlab tadbirlar tom maʼnoda maʼnaviy merosimizga
xalqimiz ehtiromining beqiyos namunasi boʼlib qoldi.
2001 yilda Аlisher Navoiy nomi bilan yuritiluvchi viloyatda uning nomiga
bogʼ yaratilib, shoirning haykali oʼrnitilishi ham maʼnaviyatimiz olamida katta voqea
boʼldi. Mustaqillik yillarida tarixiy meʼrosga munosabat tubdan oʼzgardi. Shoʼrolar
davrida xurofot deya qoralanib, taʼqiqlangan, xalqimizning nodir durdonalari boʼlgan
koʼplab asarlar tadqiq etildi va qayta nashr qilindi, shu tariqa ular xalqimizning
chinakam mulkiga aylantirildi.
Taʼkidlash joizki, tarixiy sanalarga ham munosabat oʼzgardi. Jumladan, 1991-
yil ―Аlisher Navoiy yili‖, 1994-yil ―Mirzo Ulugʼbek yili‖, 1996-yil ―Аmir Temur
yili‖ deb eʼlon qilindi. Bahouddin Naqshband (1993), Feruz (1994), Imom Buxoriy
(1998), Аhmad Fargʼoniy (1998), Jaloliddin Manguberdi (1999) 800 yillik, Аjiniyoz
Qoʼziboy oʼgʼli (1999), Burhoniddin Margʼinoniy, Imom Moturidiy (2000),
Аbduxoliq Gʼijduvoniy (2003), Xoja Ubaydulloh Аhror Valiy (2004), Oybek (2005),
Аbdulla Qahhor (2007), Muhammadrizo Ogahiy, Hamid Olimjon (2009) va boshqa
buyuk shaxslarning tavallud toʼylari keng miqyosda nishonlandi.
Qadimiy va hamisha navqiron, koʼhna va boqiy shaharlarimiz Buxoro, Xiva
(1997) va Termizning (2000) 2500, Qarshining (2006) 2700, Margʼilonning (2006)
2000, Samarqandning (2007) 2750, Toshkentning (2009) 2200 yillik yubileylar
oʼtkazildi. ―Аlpomish‖ dostonining (1999) 1000, ―Аvesto‖ kitobining (2001) 2700
yilligini chinakam bayram sifatida tantana qilindi. Quvonarlisi shundaki, muqaddas
dinimiz — islom diniga eʼtiqod erki yana xalqimizga qaytarildi. Zero,
maʼnaviyatimizni ota-bobolirimizning dini boʼlmish Islom dinisiz tasavvur qilib
boʼlmaydi. Istiqlol davrida bu borada ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Diniy
ibodatga, urf-udumlarga, marosimlarga keng yoʼlberilishi, masjid-madrasalarning,
diniyobidalarning taʼmirlanishi, yangidan qurilishi, muqaddas kitobimiz — Qurʼoni
Karim tarjimasi, butun dunyoga mashhur ajdodimiz, hadisshunos olim Imom
Buxoriyning saralangan 4 jildlik ―Hadis‖lar majmuasi kabi diniy-maʼrifiy kitoblar
bosilib chiqqanligi, Oʼzbekiston fuqarolarining har yili Haj safariga borishlari,
Toshkent Islom universitetining bunyodga kelishi, dunyoga mashhur ulamolar
yubileylarining
oʼtkazib
turilishi
diniy-maʼnaviy
qadriyatlarga
yangicha
munosabatlarning yaqqol natijasidir. [3.]
Mustaqillik, erk va ozodlik singari moʼʼtabar onlarning
qoʼlga kiritilishidajonbozlik
koʼrsatgan, hatto oʼz jonini-da
ayamagan
yurtdoshlarimiz,
ajdodlarimiz
xotirasini
|
|
|