Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
the development of science
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o‘rni
128
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
MUSTAQILLIK YILLARDA AJDODLAR MA’NAVIY MEROSI VA MILLIY
QАDRIYATLАRGA MUNOSABAT
A. N. Gulyamova
TTA Ijtimoiy fanlar kafedrasi oqituvchisi
Dunyoda, xalqni hech shubhasiz, uning maʼnaviyati, madaniyatidek tanituvchi,
ibrat etuvchi va asrab qoluvchi omil boʼlmasa kerak. Bugun biz iftixor tuyadigan
maʼnaviyatimiz daholari — ajdodlarimiz sharofati ila boy oʼtmish ananalarimizdan,
tarix sinovlariga dosh berib, bizgacha yetib kelgan urf-odat va qadriyatlarimizdan har
qancha faxrlansak, oz. Istiqlol sharofati bilan qoʼlga kiritilgan
erkinlik xalqimizga
boshqa neʼmatlarqatorioʼtmish ananalarimiz,milliyqadriyatlarimiznihamqaytarib
berdi, shu bilan birga, tarixiy, milliy va axloqiy
qadriyat hamda ananalarning,
muqaddas dinimizning jamiyatni maʼnaviy yuksalishidagi oʼrni va ahamiyati qayta
tiklandi.[1.]
Quvonarlisi shundaki, ayni vaqtda butunjahon
uchun global muammoga
aylanib ulgurgan maʼnaviy qoloqlik, milliylikni unutish va bu orqali oʼzlikni unutish
kabi illatlar uch ming yillik urf-odatlarini eʼzozlagan bizning xalqimiz uchun yotdir.
Istiqlolning ilk yillaridanoq Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
I.А.Karimov ―Yangisini yaratmay turib, eskisini buzmaslik‖ tamoyiliniilgarisurdi.
Shuning natijasioʼlaroq, Oʼzbekistonning maʼnaviy-maʼrifiy
yangilash va
rivojlantirishning oʼz yoʼlini belgilanib, toʼrt asosiy negizi koʼrsatib oʼtilgan edi:
- umuminsoniy qadriyatlargi sodiqlik;
- xalqimizning maʼnaviy meʼrosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning oʼz
imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik. [2]
Maʼnaviyati yuksaklikning asosiy koʼrinishlaridan biri — bu oʼz tarixini
bilmoq, oʼtmish ajdodlarni tanimoq, hamisha yodda tutmoqdir. Shu nuqtai nazardan,
istiqlolning ilk kunlarida, yaʼni 1991 yilning sentyabrida Toshkent shahri markazida
Аlisher Navoiy haykali va milliy bogʼ barpo etildi; 1992
yilda hurfikr shoirimiz
Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi nishonlanib, Namanganda muzey, bogʼ
va haykal barpo etildi; buyuk mutasavvuf Bahouddin Naqshband hazratllari
tavalludining 675 yilligini nishonlash haqida qaror qabul qilindi. 1993 yilda ―Navroʼz
— umumxalq bayrami‖
haqida qaror, shuningdek, Ulugʼbek,
Beruniy, Navoiy kabi allomalarning tavallud topgan kunlari keng
nishonlandi. 1996 yil Аmir Temur yili deb, eʼlon
qilindi va shu