Tasdiqlandi


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 53,39 Kb.
səhifə3/16
tarix19.10.2023
ölçüsü53,39 Kb.
#128257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor H. H. Qushiyev 202-fayllar.org

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Fanni o‘zlashtirgan talaba:
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- raqamli iqtisodiyotning texnologik, xolati, tashkiliy-huquqiy hamda institutsional xususiyatlarini inobatga olgan holda vaziyatlarni to‘g‘ri modellashtirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish, blokcheyn texnologiyalarning mohiyatini anglab yetish, global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanishning usul va yo‘llarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, "blokcheyn" texnologiyalarini joriy etish,
davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish, eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun platformalar tashkil etish, startaplarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- raqamli transformatsiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlari, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, raqamli iqtisodiyotning makro hamda mikro darajadagi ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholash. raqamli transformatsiya samaradorligini baholash, axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash, davlat xususiy sherikchilik asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, biznes jarayonlarini samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni baholash, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
"Raqamli iqtisodiyot" fani tarmoq va soha fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2,
3-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan kafedradagi "Iqtisodiyotda
axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar", "Boshqaruv va biznes jarayonlarida ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari", "Markazlashmagan ma’lumotlar reestri texnologiyasi va kriptoaktivlar", “Raqamli biznes modellar", "Intellektual axborot tizimlari", "Tizimli taxlil va loyihalashtirish”, “Axborot xavfsizligi", "Internet texnologiyalari" fanlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi. Ushbu fanni o‘rganish uchun matematik va ilmiy-tabiiy fanlarning asoslarini bilish zarur.



Yüklə 53,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə