nomerini koʻrsatmasdan yoziladi, masalan, St4ps. A gruppadagi poʻlatlarning
kimyoviy tarkibi ularning mexanik xossalarini cheklamaydi,
balki
kafolatlaydi (2-jadval). Bu gruppadagi poʻlatlar, odatda, qizdirib ishlov
beriladigan detallar tayyorlashda (payvandlab, bolgʻalab va hokazo)
foydalaniladi.
B guruhdagi poʻlatlar
kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi va
ular termik ishlov beriladigan hamda qizdirilgan
holatda bosim ostida ishlov
berib (shtamplab, bolgʻalab) tayyorlanadigan detallar uchun ishlatiladi. B
gruppadagi poʻlatlarning mexanik xossalari kafolatlanmaydi.
V guruhdagi
poʻlatlar A guruhdagi poʻlatlar meʼyorlariga mos
keluvchi mexanik xossalariga koʻra hamda B gruppadagi poʻlatlar
meʼyorlariga mos keluvchi kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi. V
guruhdagi poʻlatlar asosan payvandlab tayyorlanadigan
konstruksiyalarda
ishlatiladi.
Sifatli konstruksion uglerodli poʻlatlar
(GOST 1050-74). Ular oddiy sifatli
poʻlatlardan
tarkibida oltingugurt, fosfor va boshqa zararli aralashmalar
kamligi bilan, har bir markada uglerod miqdori tor chegarada boʻlib,
koʻp hollarda kremniy (S) va marganes (Mp) miqdori koʻp boʻlishi bilan farq
qiladi.
Poʻlat ikki xonali raqamlar bilan belgilanadi. Bu raqamlar uglerod miqdorini
protsentning yuzdan bir ulushini bildiradi. Bu poʻlatlar kimyoviy
tarkibi va
mexanik xossalari kafolatlangan holda yetkazib beriladi (3-jadval).
Oksidsizlantirilish darajasiga koʻra poʻlat qaynaydigan (kp), chala
qaynaydigan (ps), qaynamaydigan (indeksi koʻrsatilmaydi) xillarga boʻlinadi.
Poʻlatlar markasidagi G harfi undagi marganes miqdori koʻp (1% gacha)
ekanligini bildiradi.
Sifatli uglerodli poʻlatlar prokatlangan, bolgʻalangan,
kalibrlangan, sirtiga
alohida
ishlov berilib, dumaloqlangan koʻrinishlarda yetkazib beriladi.
Dostları ilə paylaş: