Tarixi, blokcheyn raqamli reestr. Blokcheyn texnologiyalar. Mayning. Bitkoin



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə7/10
tarix29.05.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#114077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-мавзу

Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi. Odamlar shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilishlari zarur. Ularda o‘ziga tegishli bo‘lgan aynan qaysi ma’lumotni, qachon, qanday va qaysi hajmda tarqatish huquqi bo‘lishi lozim.

  • Huquqlarning himoyalanganligi. Mulkdorlarning huquqlari shaffof va mustahkamlangan. Tranzaksiya vaqtining qayd etilishi va PKI nafaqat ikki karra harajatning oldini oladi, balki tarmoqdagi har bir bitkoinga bo‘lgan mulkiy huquqni qayd qiladi. Biz faqat o‘zimizga tegishli bo‘lgan narsalar bilan savdo qilishimiz mumkin bo‘ladi. Bitkoindan tashqari bu har qanday qimmatbaho narsa bo‘lishi mumkin, shu jumladan intellektual huquq ham.

  • Jalb etilganlik. Iqtisodiyot barcha uchun ishlasa, yaxshiroq ishlaydi. Bu kirish to‘siqlarining kamayishini anglatadi. Uyali telefoni bo‘lgan har qanday kishi, bozorda ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Satoshi “to‘lovlarning soddalashtirilgan verifikatsiyasi” usulini taklif qildi (SPV). Xo‘sh, blokcheyn texnologiyalarining axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi imkoniyatlari qay darajada?

    Blockchainning yangi texnologiyalari axborot xavfsizligi sohasida inqilob qilishga hissa qo‘shmoqda. Bundan tashqari, blockchain texnologiyalarining ishga tushirilishi shaxsiy xabarlardagi, biznes va foydalanishda ommalashgan veb-saytlardagi hamda ilovalardagi ma’lumotlarni himoyalashga yordam beradi.
    Blockchain — o‘zining ilk muvaffaqiyatli tajribasi – bitkoin orqali mashhur bo‘lgan nisbatan yangi texnologiya. Uning takrorlanmas xususiyatlari bir nechta startaplar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, ular blockchain texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘lib, axborot xavfsizligi sohasini mutlaqo yangi darajaga ko‘tardi.
    Blockchain – bu fayl yoki ob’ekt bilan bajariladigan harakatlarni faylga xos bo‘lgan kodga shifrlashga yordam beradigan texnologiya. Ushbu shifrlashni o‘chirib, o‘zgartirib yoki aylanib bo‘lmaydi, bu esa, fayllarning yozuvlarini butunlay shaffof qilib turadi: u bilan qanday tranzaksiyalar, qachon va kim tomonidan amalga oshirilganligi har doim ma’lum bo‘ladi. Bunday nomarkazlashtirilgan, axborot xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan avtonom yondashuv, ko‘p sohalar, biznesdan boshlab, to ijtimoiy tarmoqlargacha bo‘lganlar allaqachondan beri kutilyotgan, Internet-xavfsizligi sohasidagi yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

    Yüklə 45,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə