Taraqqiyoti: sezgi



Yüklə 229,54 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü229,54 Kb.
#110522
  1   2
Bolalar psixologiyasi 7 mavzu

Maktabgacha yoshida bilish jarayonlari taraqqiyoti:


sezgi, diqqat
Sezgi o‘z moxiyati jixatidan birmuncha sodda psixik jarayon (aks ettirish jarayoni) bo‘lishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va xodisalarning ayrim belgilari, xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo‘lgan sezish jarayonining fiziologik moxiyati mashxur fiziolog M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning analizatorlar haqidagi ta’limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akademik N.P.Pavlov organizmning xissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Mana shuning uchun har bir sezgi organi anaiizatorlarning barcha qismlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, xar bir analizator asosan uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sirlarni qabul qilib oluvchi periferik qism (bu odatda retseptor deb yuritiladi); 2) taassurotni markazga olib
boruvchi (afferent) va markazdan tegishli javob reaksiyasini olib qaytuvchi
(yefferent) nerv tolalari; 3) analizatorning orqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi. Sezgi mana shu qismlarning yaxshi va ravon ishlashiga bog‘liqdir. Analizatorlarning bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo‘lmaydi. Demak sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat bo‘lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi.
Analizatorlarning asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli qo‘zg‘ovchilarni ayrim bo‘laklarga ajratishda, ya’ni analiz qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham sezgi organlari analizatorlar deb ataladi. Sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo‘lgan bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir.
Bola xayotining dastlabki 1-yilida idrok rivojlanishi ancha murakkabdir. Bu davr mobaynida juda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y beradi, birinchi o‘rinda bu o‘zgarishlar sezgirlik soxasida sodir bo‘ladigan rivojlanishga taalluqlidir.
Butun bog‘cha yosh davri mobaynida ko‘z sezgirligining o‘tkirligi ortadi. Shuningdek, ko‘z o‘tkirligi darajasi faoliyat sharoitiga bog‘liqligi ham aniqlangan - o‘rinda o‘tirgan vaziyatida tadqiqot o‘tkazilganda ko‘zning o‘tkirligi sezilarli darajada ortadi. Bog‘cha yosh davrida ranglarni farqlashda ham ancha o‘sish kuzatiladi: aniq va tiniqligi ortadi. Z.M.Istominaning tadqiqotari bo‘yicha bola xayotining ikkinchi yilida ixtiyorsiz tarzda to‘rt asosiy rangni farqlaydi: qizil, sariq, yashil, ko‘k. Oraliq ranglarni differensirovka qilishda, ya’ni qovoq rang, xavo rang va siyox ranglarni ajratishda biroz qiynaladi.
Eshitish sezgirligi ham bog‘cha yoshidagilarda o‘ziga xos tarzdagi xususiyatlarga ega. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, eshitishning nozikligi 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kattalarnikiga nisbatan ancha past bo‘ladi va bu yosh ortishi bilan o‘sib boradi.
Bog‘cha yosh davrida, shuningdek, tovushlarning balandligini farqlash qobiliyati ham rivojlanadi. Biroq, fonematik (og‘zaki) va musiqani eshitish parallel tarzda shakllanmaydi. Fonetik eshitish birinchi yilning oxirlariga borib rivojlanib boradi
va bola bog‘cha yosh davrining dastlabki bosqichlarida o‘z ona tilining deyarli barcha tovushlarini amaliy farqlay oladi, passiv nutq bilan bir qatorda faol nutqni ham egallaydi.
Bu davrda hid bilish sezgisi ham rivojlanadi. Katta guruh bolalari hidlarni farqlashda kam xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, aniqrog‘i ularni aniq ayta oladi. Teri orqali tuyish hamda og‘irlikni seza olish xususiyati ham rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarda bu qobiliyat taxminan ikki barobarga ortadi, A.Y.Xolodnayaning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, fazoda mo‘ljal olishning rivojlanishi bolaning o‘z tana a’zolari fazoviy munosabatlarini differensirovka qilishdan (o‘ng va chap qolni, juft tana qismlarini ajratib nomlashdan) boshlanadi. Idrok jarayoniga so‘zning qo‘shilishi, mustaqil nutqning o‘zlashtirilishi sezilarli darajada fazoviy munosabatlar, yo‘nalishlar haqidagi bilimlarning mustahkamlanishiga yordam beradi (D.A.Lyublinskaya, A.Y.Xolodnaya, Ye.F.Ribalko va b.q.).
3.Bolalarda diqqatning rivojlanishi. Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham, oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko‘rina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini har turli kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o‘ziga jalb qila boshlaydi. Ikki-uch oylik bolalar esa, shaqir- shuqurga quloq soladigan (shaqildoqlarning tovushiga ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko‘z o‘ngidagi narsa qanchalik rang- barang bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p estetik beradi.
Maktabgachagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nihoyatda beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda
hali tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga chalg‘ib ketaveradi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarimng juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyulaverganidan ularning diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyulgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha
bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga tap-tap yetib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish imkoniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni, imkoniyatlari boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning iltimos va topshiriqlarini bajonidil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalarining uy-xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shularning hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi.
Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi maktabgacha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi maktabgacha bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi Maktabgachada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblaiga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalarning topshiriqlarini chidam, qunt bilan ado yetish kabi hollar maktabgacha yoshidagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki turli o‘yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarni ilgari suradilar. O‘yinlarning qanday qoidalar asosida yo‘nalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. O‘yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi o‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga intiladilar. Ana shunday o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham faol ishtirok etadi, binobarin, bolalarning o‘ymi uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, shuning uchun ham ko‘pincha bolalar diqqatning bu turini o‘zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo‘li bilan rivojlantirib borish kerak. Maktabgacha yoshidagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan o‘rta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o‘tira olishlaridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan bilishimiz mumkin.
Bola diqqatini barqarorlashtirish usul va vositalari.Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat bog‘chadagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir tekisda va bir darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida
bo‘lmasligi, yoki haddan tashqari erka qilib, taltaytirib yuborilganligi sababli o‘zlarining xatti-harakatlari, hulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o‘tira olmaydigan, tartibga chaqirilganda gapga quloq solmaydigan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga yo‘naltira olmaslik mashg‘ulotlarda intizom buzish va boshqalarga xalaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’ulyatli topshiriqlar berish va hokazo), ularda diqqatning kuchini har onda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur. Maktabgacha yoshida bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqtda 5-6 narsani (bir-biri bilan bog‘lanmagan harflarni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa, maktabgacha yoshidagi bolalar diqqatining kolami ayni bir vaqtda 1-2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolaiari 2 ta) sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olniaydilar, Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib sochib olib keladi. Bu uning uquvsizligi, bo‘shangligidan emas, balki olz diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni to‘kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la olmaydi. Shuning uchun bunday hollarda bolalarni koyish yaramaydi.
Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bogliq bo‘lgan xususiyatdir. Bu xususiyat ayiiiqsa bola diqqatinig ko‘lami o‘qish faoliyati uchun zarur. Shuning uchun bolaning maktabgacha yoshidagi davrida barcha imkoniyatlardan keng foydalanib, diqqatning bu xususiyatini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Bunda asosan, ekskursiyalar, inssenirovkalar, har sohaga doir rasmlar bilan
o‘tkaziladigan suhbatlar katta rol o‘ynaydi. Maktabdagi talim jarayoni uchun zarur bo‘lgan ixtiyoriy diqqat maktabgachada didaktik mashg‘ulotlar, hikoyalar o‘qib berish davomida rivojlantiriladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning diqqati ko‘pincha ko‘lami qiziqishi hamda hissiyotlari bilan bogliqligi sababli konsentrlashgan, ya’ni bir narsaga qaratilgan bo‘ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bola diqqatining bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta-qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, maktabgacha yoshidagi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshita beradilar. Bu hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqatining ko‘lami hikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sig‘dira olmaydi. Shuning uchun ular hikoya va ertaklarni qayta-qayta aylantirib eshita beradilar.
Shunday qilib, bolaning maktabgachagacha va maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning ixtiyorsiz turi ko‘proq rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshidagi faoliyat va xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining tizimli tarzda ortib borishi, ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmaydi. Shuning uchun maktabgachada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini rivojlantirishga harakat qilish kerak. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti maktabda ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.

Yüklə 229,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə