Taqdimot I mavzu: Moliyaviy hisobot shakllari



Yüklə 13,27 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü13,27 Kb.
#136728
  1   2   3
chet el valyuta


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI MBR-81 GURUH TALABASI ASADULLAYEVA FARZONANING MOLIYAVIY HISOBOT FANIDAN MUSTAQIL ISHI

Chet el valyuta operatsiyalar tushunchasi, mohiyati va mazmuni
Reja:
  • Valyuta tushunchasi, valyuta bozori
  • Valyuta operatsiyalari va ularning turlari
  • Xalqaro operatsiyalar mohiyati va mazmuni

Valyuta (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).
19-asrgacha koʻpchilik mamlakatlarda kumush V. yoki bimetalizm pul tizimi keng tarqalgan edi. 19-asrdan boshlab, avvalo Angliyada, soʻng mamlakatlarda oltin valyuta qoʻllanila boshladi. 20-asrning 70-yillaridan boshlab, qogʻoz valyuta, yaʼni oltin va kumushga almashtirilmaydigan banknot va qogʻoz pullar harakterlidir. Ular inflyatsiyaga uchrab turadi, qadrsizlanadi, natijada davlat tomonidan devalvatsiya tadbirlari oʻtkaziladi (qarang Valyuta kursi). Kursi barqaror valyutalar qadri baland valyutalar deyiladi. Valyutalar erkin almashtiriladigan (har qanday chet el valyutasiga cheklanmagan miqdorda almashtiriladi, har qanday mamlakatga erkin oʻtkaziladi), qisman almashtiriladigan (valyuta almashuvi u yoki bu egalar, u yoki bu valyuta harakatlari bilan chegaralanadi), almashtirilmaydigan (bir mamlakat doirasida amal qiladigan) turlarga boʻlinadi. Xalqaro toʻlov muomalasi erkin almashtiriladigan yoki Xalqaro valyuta fondi belgilagan kurs boʻyicha erkin almashtiriladigan valyuta bilan bajariladi. Xalqaro valyuta fondi AQSH dollari, Kanada dollari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar valyutalari, Shveysariya franki, Shvesiya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarning valyutalarini har qanday mamlakatlar valyutasiga erkin almashtiriladigan valyutaga kiritadi.

Yüklə 13,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə