Tanqidiy fikrlash


Yuqoridagi gaplardan kelib chiqqan holda, quyidagi fikrlardan qaysi biri berilgan vaziyatning eng ishonchli yakuniy xulosasi bo‘la oladi?



Yüklə 100,15 Kb.
səhifə15/17
tarix24.12.2023
ölçüsü100,15 Kb.
#160032
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
TANQIDIY FIKRLASH

Yuqoridagi gaplardan kelib chiqqan holda, quyidagi fikrlardan qaysi biri berilgan vaziyatning eng ishonchli yakuniy xulosasi bo‘la oladi?
A Agarda telekanalning yangiliklar dasturida eng oxirgi yangiliklar har kuni uzatilsa, ushbu telekanalni kechqurun tomosha qiluvchi tomoshabinlar soni ko‘payib ketadi.
В Tadqiqotchilar telekanallarda efirga uzatilayotgan xorij filmlarining namoyish qilish vaqtini inobatga olishni eslaridan chiqarganlar.
С Seriallar namoyish qilinish vaqtini ko'paytirish orqali, “Universal” telekanalini tomosha qiluvchi tomoshabinlar sonini oshirishga urinish foyda bermaydi.
D Oxirgi o‘n yil ichida “Universal” telekanalini efirga uzatish uchun ketgan xarajatlarga 10 ta Malibu avtomobilini sotib olish imkoniyati mavjud edi.
E “Universal” telekanali seriallarni efirga uzatish jarayonida hukumat a’zolari tomonidan ko'plab ta’qiqlarga uchragan bo'lishlari mumkin.

  1. Qo'shimcha kuch beruvchi dori vositalaridan foydalangan har qanday futbol o'yinchisi musobaqalardan chetlatilishi kerak. Futbol o'yinlari davomida halol raqobatni nazorat qiluvchi mahalliy tashkilotning qaroriga ko‘ra, musobaqada g'alaba qozonish uchun qo'shimcha kuch beruvchi vositalardan foydalangan har qanday futbolchi o'yindan chetlatilishi shart. Olimlarning fikricha, qo'shimcha kuch beruvchi dori vositalaridan foydalangan futbol o'yinchilari boshqalarga nisbatan kuchliroq va vazn jihatdan ham og'irroq bo'ladilar.

Quyidagi fikrlardan qaysi biri to‘g‘ri bo‘lsa, yuqorida keltirilayotgan vaziyatning asosliligini kuchaytiradi?
A Qo‘shimcha kuch beruvchi dori vositalaridan foydalanadigan futbolchilar asosan asab buzilishi, hazm qilish va shunga o'xshash boshqa ko'plab sog'liq muammolariga duchor bo'ladi.
В Futbolchilar uchun qo'shimcha vazndan ko'ra, qo'shimcha kuch orttirish ko'proq muhim hisoblanadi.
С Qo'shimcha kuch va vazn futbolchilarga boshqa o'yinchilarga nisbatan ancha kattaroq ustunlik beradi.
D Universitet futbolchilari orasida qo‘shimcha kuch beruvchi dori vositalarini iste’mol qiladigan o'yinchilar soni kollej futbolchilarinikiga qaraganda ikki barobar ko'proq.
E Futbolchilarni ixtiyoriy tarzda tanlab olib, qo'shimcha kuch beruvchi dori vositalarini iste’mol qilganliklarini tekshirish samarali hisoblanadi.

  1. Shahar hokimi hududda havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirish maqsadida xaridorlarga plastikdan yasalgan sumkalardan foydalanishni ta’qiqlamoqchi va uning o'rniga qog'oz sumkalardan foydalanishni taklif qilmoqda. Chunki xaridorlar qog'oz sumkalarni axlatga tashlagandan keyin ham, ulardan qayta ishlab chiqarishda foydalansa bo'ladi va aksincha, plastik sumkalarda bunday imkoniyatlar maviud emas. Hokimiyat mutaxassislarining fikriga qaraganda, qog‘oz sumkalar tabiat uchun plastik sumkalarga qaraganda kamroq zarar yetkazadi.


Yüklə 100,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə