Shaxs
rivojlanishiga
ta’sir
etuvchi
omillar.
Pedagogika fani shaxsning kamolatiga yetishning
murakkab va ziddiyatli jarayon
deb beradi
. Shaxsning kamolga yetishishida nasl - irsiyat (biologik),
ijtimoiy muhit
ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan
ta’lim-tarbiya
va nihoyat
o’zining
mustaqil
faoliyati
ham
muhim
ahamiyatga
ega.
Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga
asosAn kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va
ma’naviy boyliklari yuksak
bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi
tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma’naviy
boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab
boradi.
Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi,
fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini
takomillashtirib
boradi.
Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.
Irsiyat
Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan ya’ni nasldan-
naslga
o’tadigan
biologik
xususiyat
va
o’xshashliklar
tushuniladi.
XVI asr falsafasida preformizm oqimi namoyondalarining fikricha, odam bolasi
ona pushtidaligidayoq insonga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, rivojlanishi
esa
shu
xususiyatlarning
miqdoriy
ko’payib
borishidan
iboratdir.
XX asrda
bixeviorizm
nazariyasini AQSh pedagogi va ruhshunosi E.Tridayk asos
soldi.Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, xususan ong va aqliy
qobiliyati ham nasldan-naslga o’tadi, go’yo odamning ko’zi, tishlari va barmoqlari
kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir. Ularning fikri to’g’ri bo’lsa, odam
ham daraxt singari o’sishi yoki tabiiy holda tarbiyalanishi lozim edi.
Amerikalik pragmatik pedagogikasining otaxoni D.Dyun va hozirgi davomchisi
A.Kombas va boshqalar ham shaxsning rivojlanishini biologik nuqtai nazardan
asosladilar.
“Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga
kelgan
xususiyat
va
qobiliyatni
o’stiradi”,
deydi
D.Dyun.
Biogenetiklar (Bolduin, Chemberlin, Stenli Xoll va boshqalar) XX asr boshlarida
bolaning ruhiy jihatdan o’sishini, zoologlar F.Myuller va E.Gekkellar tomonidan
kashf qilingan biogenetik qonun asosida boradi, degan fikrni ilgari suradilar.
Bogenetik qonun “Ontogenez filogenezni takrorlaydi” deb ta’riflanadi. Ma’nosi -
har bir organizm o’zining embrional taraqqiyotida o’zidan (oldingi) avvalgi barcha
bosqichlarni takrorlaydi, ya’ni individual organizm o’zining tuxum xo’jayra
holatidan mukammal holatga yetguncha boshidan kechiradigan qator shakllarni
shu organizm ajdodlari bosib o’tgan juda ko’p shakllarining qisqa, ixcham
takrorlanishi
demakdir.
Avstraliyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning aqliy jihatdan o’sishini ham
irsiyatga bog’laydi
. Boshqa chet el ruhshunoslari bolaning ruhiy taraqqiyotida tana
tizilmalaridagi endokrin apparati (ichki sekresiya bezlari) dagi o’zgarishlar va
hokazolar
katta
ahamiyatga
ega
deb
biladilar.
Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud.
Ularning fikricha, insonning kamolati ikki omilga - irsiyat va ijtimoiy muhitga
bog’liqdir. Irsiyat o’zgarmaydi, ijtimoiy muhit hamma davrlar uchun o’zgarmasdir.
Pedalogiya ta’limotiga ko’ra bolani kamol etishi hatto kelajagi faqat irsiyatga va
o’zgarmas
muhitga
bog’liq.
Antropologiya fani yutuqlariga asoslanadigan bo’lsak, tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot
natijasida odamning anatomik, fiziologik belgilar (odamning kalla suyagi, qo’li,
oyoqlari,
aqliy
qobiliyatlari
ham)
o’zgarishi
mumkin.
Demak, bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda, ota-onaga, avlod-
ajdodlarga o’xshashlikni ifodolovchi biologik belgilarning takrorlanishini
tushunmoq
kerak.
Har bola ota-onasidan meros sifatida biologik ko’rinishlarga (tananing tuzilishi,
sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi-basti) ega bo’lib dunyoga keladi. Bular
jismoniy xususiyatlardir. Bu haqda I.A.Karimov “Odam tabiiy omillarga - ko’ra
o’zi mansub bo’ladigan irq va ellatni tanlay olmaydi. Ota-onani tanlay olmaydi.
Lekin dunyoqarashni, axloqi, ma’naviyatini o’zi, hyech kimning tazyiqimiz va
ayniqsa zo’ravonliksiz tanlab olishi mumkin va lozim” - degan edi (36 bet). XXI
asr. Shuningdek, oliy nerv faoliyatining ko’rinishlar (xolerik, sangvenik, flegmatik,
melanxolik) ham tug’ma bo’lib o’tadi, bu fiziologik xususiyatlardir.
Ayni vaqtda bolaga, insonlarga xos xususiyatlar ham irsiyat yo’li bilan tug’ma
o’tadi. (Masalan, aqliy yoki jimsmoniy mehnat qilishi va nutqning rivojlanishi va
hokazo). Ammo bular tug’ma imkoniyatlar bo’lib, ularning rivojlanishi uchun
inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi,
ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog’i lozim. Chunki inson biologik mavjudod sifatida
emas, balki ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi.
Muhit
Fiziologiya va ruhshunoslik fanining ko’rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat
bilan emas, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi manbai -
layoqat bilan tug’iladi. Layoqat o’zicha rivojlana olmaydi, rivojlanishi uchun qulay
muhit
kerak.
Muhit deganda kishiga ta’sir etadigan tashqi voqyealarning yig’indisini
tushunamiz.
Sa’diyning fikricha qobiliyatli va kam qobiliyatli bolalar bo’ladi. Ammo qobiliyat
o’z-o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak,
tarbiya bo’lmasa, boladagi bor qobiliyat ham yo’qoladi. Uning kamol topishi
uchun kamolatga asos bo’ladigan qobiliyat negiz bo’lishi kerak. Sa’diy o’z fikrini
isboti uchun “Guliston” asarida “Bir vazirning takasaltang o’g’li bor edi. Vazir
o’g’lini bir donishmand huzuriga eltib: “Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, odam
bo’lsa” - deydi. Donishmand vazirzodani uzoq muddat tarbiya qildi, foydasi
bo’lmadi. Bolaning otasiga bir odam orqali: “O’g’ling odam bo’lmadi, meni ham
aqldan ozdirdi” - deb xabar qildi. U bu voqyeadan shunday xulosa chiqaradi:”
Qobiliyat
bo’lsa
aslida,
Tarbiya
unga
qiladi
asar.
Qancha
urinsa
bo’lmas
sayqali,
Temir
aslida
bo’lmas
gavhari
(143
bet)
“Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik - zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya
hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye
ketkazma”, - deb ta’kidlagan A.Navoiy. Bundan tarbiyaning natijasi odamni
qobiyatlilik darajasiga bevosita bog’liqligi asoslanayapti. Masalan, qobiliyati
bo’lmagan insonni aqlli mehnat qilishga yo’llash ijobiy natija bermasligini
ta’kidlash kerak. Yoki biror kasblarni egallashga ham bu g’oyani tadbiq etish
mumkin.
Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va
boshqalar kiradi va ular bolaning rivojlanishiga alohida ta’sir ko’rsatadi.
Agar bola o’z tug’ma layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan
shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo’lmasa,
yo’q
bo’lishi
yoki
“mudroq”
ligicha
qolib
ketiishi
mumkin.
Demak, boladagi irsiy belgilarning o’sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash
sharoiti va tarbiyaga bog’liq desak bo’ladi. Bunga tarixda misollar juda ko’p.
A.Navoiy onasidan-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug’bek-astronom, Ibn Sino-tabib
bo’lib
tug’ilmagan
albatta.
Inson bolasi, agar ijtimoiy muhitga emas,boshqa muhit, aytaylik hayvonlar
muhitiga tushib qolsa, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi mumkin.
Masalan: 1920 yili hindistonlik doktor Sing Kalkuttaning janubiy-Qarbidagi
Midnapur shahri yaqinida bo’ri uyasidan ikkita bo’ri bolasi bilan ikkita qizchani
topib olgan. Ularning biri 7-8 yoshda,ikkinchisi 2 yoshlar chamasida edi.
Amala (kichigi) bir yildan so’ng vafot etdi. Kamola esa 1930 yilgacha yashadi.
Odob, axloq, xulqiy sifatlar- shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va
tarbiyaning o’zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat
rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo’la olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |