Ta’lim tizmi Annotatsiya



Yüklə 33,95 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü33,95 Kb.
#138880
  1   2   3
11111111111.ta\'lim2234


Ta’lim tizmi
Annotatsiya. Maqolada ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyasi vositalaridan foydalanishning zamonaviy usullari va ta’lim tizimi ahamiyati atroflicha yoritilgan.
Аннотация. В статье подробно рассматривается значение современных методов использования средств информационных и коммуникационных технологий в образовательном процессе.
Annotation. The article details the importance of modern methods of using information and communication technology tools in the educational process.
Tayanch so‘zlar: masofaviy ta’lim, internet, masofadan o‘qish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron darslik, onlayn ta’lim.
Ключевые слова: дистанционное образование, интернет, дистанционное обучение, информационно-коммуникационные технологии, электронный учебник, онлайн-обучение.
Keywords: distance education, internet, distance learning, information communication technologies, electronic textbook, online education.
Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan
Oʻzbekistonda taʼlim sohasini modernizatsiya qilish sharoitida taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlari, jumladan, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning samaradorligini oshirish muammosi dolzarb boʻlib bormoqda. Har qanday harakat, jarayon, amaliyot, dastur samaradorligini, xarajatlar va natijalar nisbatini, maqsadlarga erishishni aks ettiruvchi maʼlum miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻplami orqali baholash mumkin. Taʼlim kabi murakkab tizimni baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini tanlash masalasi oson emas. Taʼlim tizimlarining samaradorligini baholash turli yoʻnalishlarda amalga oshiriladi. Ushbu turkumda maʼlum bir oʻrinni universitetlarning turli reytinglari (mahalliy va xalqaro) egallaydi. Bu esa muayyan bir universitetni baholash va ularni bir-biri bilan taqqoslash imkonini beradi. Eng nufuzli global universitet reytinglari Britaniyaning Times nashri bilan Tomson Reuters tomonidan birgalikda tuzilgan reytinglar (The Times Higher Education World Reputation Rankings; The Times Higher Education World University Rankings) va Britaniyaning Quacquarelli Symonds xalqaro konsalting agentligining reytingi (QS World University Rankings) hisoblanadi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida
Hozirda MDH davlatlarida aspirantura va doktoranturaning reytinglari mavjud emas. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Taʼlim vazirligining aspirantura va doktorantura faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan monitoring koʻrsatkichlari orasida faqat ikkitasi samaradorlikka daxldor. Bu — har 100 talabaga toʻgʻri keladigan taʼlim tashkilotining aspirant, doktorant, rezident, stajyor va assistentlari soni, shuningdek, hisobot davrida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan ilmiy-pedagogik xodimlarning umumiy sonidagi ulushi. Ayrim tadqiqotlarda oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimining samaradorligini baholashda iqtisodiy yondashuvdan foydalanilgan va bunda uning ichki va tashqi kabi ikkita tarkibiy qismi ajratib koʻrsatilgan. Samaradorlikning ichki komponenti tizim ichidagi samaraning unga erishish xarajatlariga nisbati sifatida baholanadi va doktorant (aspirant), ilmiy ish, kashfiyot, patent va boshqalar sonining koʻpayishi sifatida ifodalanadi. Tashqi komponent ijtimoiy tizim faoliyatining iqtisodiy oqibatlari, butun jamiyatga taalluqli va unga erishish xarajatlari bilan bogʻliq boʻlgan natijani ifodalaydi. Aspirantura va doktoranturaning samaradorligi toʻgʻrisida muayyan xulosalar beradigan asosiy koʻrsatkichlardan biri — ular tomonidan dissertatsiyalarni oʻz vaqtida himoya qilinishidir. “Samaradorlik” tushunchasining noaniqligini pesh qiluvchi mutaxassislar tomonidan yuqoridagi baholashning toʻlaqonli emasligi taʼkidlanadi. Bir qator tadqiqotchilarning fikriga koʻra, u nafaqat ilmiy va taʼlim faoliyati natijalarini biron-bir miqdoriy koʻrsatkichga keltirish qiyinligi, balki natijaning xarajatlarga nisbatini izohlashdagi murakkabligi tufayli ham samarasizdir. Baʼzi mualliflarning nuqtayi nazariga koʻra, aspirantura va doktoranturaning samaradorligi “aspirantura va doktoranturaning asosiy maqsadli funksiyalarga erishish shartlari va darajasini aks ettiruvchi va miqdoriy usullar bilan aniqlangan resurs bazasi, oʻquv jarayoni hamda aspirant va doktorantlarni tayyorlash natijalarining muvofiqlashtirilgan parametrlarini oʻz ichiga olgan” kompleks koʻrsatkichdir.
Bunday samaradorlik tizimini ishlab chiqish va koʻrsatkichlarni tanlashda murakkablik, minimallashtirish, muvozanat va qulaylik asosiy tamoyillar sifatida qaraladi. Samaradorlik koʻrsatkichlari bilan bir qatorda, ushbu tizim aspirantura va doktorantura samaradorligining umumlashtirilgan natijalarini aniqlash uchun normallashtirish, maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish, vaznni farqlash va koʻrsatkichlarning raqamli qiymatlarini bir meʼyorga keltirish algoritmini ham oʻz ichiga oladi. Mazkur metodologiya, mualliflarning fikricha, texnik, ijtimoiy va gumanitar fanlar uchun ham moslashtirilishi mumkin. Aytish mumkinki, bu — eng toʻliq, izchil va koʻp qirrali tadqiqotlardan biri, chunki bitta samaradorlik koʻrsatkichi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda ilmiy kadrlarni tayyorlash va sertifikatlash tizimining koʻp qirrali faoliyatini aks ettira olmaydi.
Taʼlim tizimlarining samaradorligini tahlil qilishda moliyaviy koʻrsatkichlar va xarajatlar nisbatidan iborat sof iqtisodiy yondashuvni qoʻllash kutilgan natijani bermaydi. Faoliyatni baholash maqsadlarga erishish bilan chambarchas bogʻliq. Shu munosabat bilan, yangi sharoitda doktorantlarni tayyorlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga murojaat qilish lozim. Bugungi kunda maqsadlarni asoslashda ikkita muhim yondashuv mavjud: dissertatsiya va malaka. Dissertatsiya yondashuvi tarafdorlari doktoranturaning maqsadi ilmiy ish, dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishdir, deb hisoblashadi. Ilmiy maktablarga asoslangan doktoranturaning klassik modeli ilmiy kadrlarni samarali qayta tayyorlashni taʼminlaydi. Dissertatsiya yozish uchun zarur boʻlgan kompetensiyalar magistraturada shakllantirilishi kerak. Doktoranturada bu kompetensiyalarni faqat bevosita ilmiy faoliyat jarayonida takomillashtirish mumkin. Boshqa “malakaviy” yondashuv nuqtayi nazariga koʻra, doktoranturada oʻquv faoliyatining asosiy maqsadi maʼlum saviya darajasiga ega mutaxassisni tayyorlashdan iborat boʻlib, dissertatsiya yozish muhim, ammo u taʼlimning yagona vazifasi boʻlib qolmasligi lozim.

Yüklə 33,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə