Ta'lim shaklining boshlanmasi boshlang'ich ta'lim yo'nalishi hisoblanadi. Shunday ekan boshlang'ich ta'limda o'qish fanining ahamiyati katta



Yüklə 6,62 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü6,62 Kb.
#160320
Ta\'lim shaklini-WPS Office


Ta'lim shaklining boshlanmasi boshlang'ich ta'lim yo'nalishi hisoblanadi.Shunday ekan boshlang'ich ta'limda o'qish fanining ahamiyati katta.Boshlang'ich ta'limga qo'yiladigan talablar o'quvchida nutqni rivojlantirish, o'z fikriga ega bo'lishi,milliy tilimiz va xalq yozuvini o'rgatishdan iboratdir. O'qish darsini o'rganish qolgan barcha fanlarni o'rganishda debocha vazifasini bajaradi. O'qish darsini o'quvchining onggida akslantirishimiz uchun o'quv metodlarning ahamiyati katta. Professor Asqar Zununov o'qitishning mazmuni va usullari haqida so'z yuritib, o'quvchilarning oldin bilimlarini o'zlashtirishga, so'ng yod olinishini ta'lim jarayonida izohli o'qish deb nomladi. Izohli o'qish deb, o'ylashga his qilishga, to'liq idrok etishga aytiladi. Bunda o'qish jarayonida axborot kommunikativ metodlarning o'rni o'zlashtirishni osonlashtiradi. O'qish darslarida axborot kommunikatsiyasi o'quvchilarga bir xillikdan qochishga, o'yinqaroqlikni shakllantirish, tasavvur qobiliyatlarini shakllantirish, jonli ko'rgazmalar orqali, interfaol metodlar orqali darsni jonlantirib beradi, darsni mustahkamlab, xotirada saqlanishida ko'makchi bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida she'rlar, maqol, ertak, hikoya, masal, topishmoq, maqol, ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganilishida yanggicha usulda darsning o'tishida o'qituvchi va o'quvchiga axborot kommunikatsiya ko'prik vazifasini o'taydi. O'qituvchi yangi mavzularni ko'rgazmali texnologiyada tashkillashtirish, bilim orqali ko'prikdan savodlilar orolchasiga olib keladi. Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta'lim texnologiyasi, o'qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangpedagogik texnologiya», «ilg'or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta'lim ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo'q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko'pgina ta'riflari mavjud. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta'lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangilanadi, o'quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr muhabbat, isonparvarlik tuyg'ulari tizimi shakllantiriladi. Texnologiya - biror ishda, mahoratda, san'atda qo'llaniladigan usullar, yo'llar yig'indisi. Pedagogik texnologiya - o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yo'llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Hozirgi kunda axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o'qish darsini kompyuter dasturlarida, masofaviy o'qitish, internet orqali ko'rgazmali o'qitish mumkin. O'qish darsida axborot kommunikatsiyalaridan an'anaviy darslarda foydalanish samara beryapti. Boshlang'ich sinflarda o'qishning sifatini rivojlantirish, o'quvchini dars jarayonida qiziqtirish, eng muhimmi eslab qolishda, multimedia vositalarini kerakli darsda o'z o'rnida ishlatishda qo'l keladi. Boshlang'ich sinflarda elektron o'quv qo'llanmalari tayyorlab, so'zlarni tovushli-harfli tahlil qilish, o'quvchilarning to'g'ri o'qiganliklarni nazorat qilish, so'zning bo'g'inlari, gaplar, rasmli ko'rgazmalar, qiziqarli o'yinlar, metodlar orqali fan mavzularini o'quvchiga yetkazib berish mumkin.O'quvchilarning egallagan bilimlarini axborot vositalarida test tayyorlab, ularning baholarini avtomatlashtirilgan holda tekshiramiz. Bunda dars jarayonida vaqtdan yutiladi.

O'quvchining ko'rish qobiliyati, tafakkuri harakati, o'yin, sxemallar va turli xil ko'rgazmali metodlarda oq-qora ranglardanmas balki, turfa ranglardan foydalanganimizda o'quvchiing qiziqishi ortib, fan haqida ma'lumotga ega bo'lib, mustahkamlashiga turtki bo'ladi. Har bir maktablarda bugungi kunda internet tarmog'i mavjud. Bu turli xil axborot resurslaridan foydalanishni, o'quv metodlarini o'rganish, chet el ta'limini shakllantiradi. Boshlang'ich sinflarda o'qish jarayonida axborot texnologiyasida o'quvchilar o'z-o'zini boshqarib, darsdagi boshqaruvlar nazoratini shakllantiradi. O'qish darsliklarining yaratilishi, dars ishlanmalar, darsning tashkilliy qismlarini, sinfdan tashqario'qish jarayonining bugungi kunda axborot kommunikatsiya orqali muvaffaqiyatga erishayotgani yaqqol ko'rishimiz mumkin,axborot texnologiyalari fanning o'quv ma'lumotlarini tadbiq etiish imkoniyatini sezilarli darajada kengayishiga, o'quvchi o'qituvchisiz o'zlashtirolmagan jarayonni individual o'rganish uchun, o'quvchilarning darsga jalb qilinishini, fanni o'zlashtirishning bir necha ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. usullarini ko'rish va ulaming jonli, rangli, musiqiyligi, e'tiborni o'ziga jalb qiladigan xususiyati esda qolishlikni ta'minlaydi. Hayotimizda axborot kommunikatsiyalari har bir jabhada muhim.

Foyddalaniladigan adabiyotlar:

1. Azizxo'jayeva N.N "Pedagogik texnologiyalar va pedagogic mahorat''Toshkent 2006



2 .Bo'ri Ziyamuhammedov, Mamarajab Tojiyev "Pedagogik texnologiya -zamonaviy o'zbek milliy modeli.Toshkent.2009
Yüklə 6,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə