Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash Umida Umarovna Umarova



Yüklə 258,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.09.2023
ölçüsü258,37 Kb.
#123996
1   2   3   4   5
ta-lim-jarayoniga-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-qo-llash

Keywords:
Computer training, information technology, computer technology, 
quality of education, technology, e-textbook, e-learning manual. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
508


KIRISH
Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun 
mo‘ljallangan. Ular o‘quvchiga: javobni umum qabul qilingan shaklga maksimal 
yaqinlashtirilgan holda kiritish; tekshirish natijalarini saqlash, yig‘ish, qog‘ozga 
ko‘chirish va statistik tahlil qilish; javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish) 
savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho olish imkonini berishi lozim. Ma’lumotlar 
tizimlari - bu ma’lumotnomaga o‘xshagan turli o‘quv axborotlarini saqlash va 
o‘quvchiga ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan dasturlardir. Bu dasturlarda o‘quv 
materiali ierarxik tartibda joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab tez izlab 
topish mumkin bo‘ladi. Ular kontekst ma’lumotni olish, saqlash va nus’ha chiqarishni 
ta’minlaydi. Videokompyuterli o‘qitish texnologiyasi - talabalarning faol bilish, bilim 
orttirish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi texnologiyadir. Bu texnologiya o‘quv 
axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini birgalikda namoyon etish, o‘qitish 
jarayonini maqsadlarga moslashtirish imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan 
individual o‘qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat ko‘rsata olmaydi, bundan 
tashqari, muammoli o‘qitish zaminidagi evristik aspekt yo‘qqa chiqadi. O‘qitishning 
videokompyuterli modelini ochiq tizim sifatida qarab, unga o‘qitishning boshqa 
an’anaviy vositalari qo‘shilishi mumkin. Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual 
va tasvirli axborotning salmog‘i o‘zgarishi mumkin. Bularning barchasi kompyuterli 
va videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga va 
mazkur mavzuni o‘rganishda erishish lozim bo‘lgan didaktik maqsadlarga bog‘liq. 
Hozirgi 
kunda 
kompyuterlar 
ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda 
foydalanilmoqda: 
- o‘rganish ob’ekti sifatida; 
- o‘qitishning texnik vositalari sifatida; 
- ta’limni boshqarishda; 
- ilmiy-pedagogik izlanishda.
MUHOKAMA
Kompyuterli o‘qitishning afzalliklari juda ko‘p: o‘quvchilarda ma’lum 
malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; 
o‘quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni 
talab qilinishi natijasida o‘quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi; o‘quvchilar kuzatishi, 
mushohada qilishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish 
qilish imkoniyati hosil bo‘ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda 
darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo‘ladi; kompyuter bilan 
muloqot didaktik o‘yin xarakterini oladi va bu bilan o‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga 
motivatsiya kuchayadi va hokazo. Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o‘quvchi va 
kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat 
qilinadi. Kompyuterli ta’limni tashkil etish - o‘quvchi bilan o‘quv materiali 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
509


o‘rtasidagi bog‘lanishni kompyuter vositasida yo‘lga qo‘yish. O‘quvchi bilan o‘quv 
materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. 
O‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag‘batlantirish tegishli 
vositalar asosida modellashtiriladi. Ta’lim jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan 
ko‘plab elektron o‘quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o‘quv 
qo‘llanma, o‘rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ular 
o‘zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy 
moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‘ra ta’limda ma’lum 
samaradorlikni ta’minlaydi. Kompyuterlarni o‘quv jarayonida qo‘llash quyidagilarga 
imkon beradi: 
- o‘quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi; 
- o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi; 
- o‘quvchilarda fanni o‘rganishga qiziqishni oshiradi; 
- kompyuter bilan ishlashni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi; 
- kompyuterlardan foydalanish bilan bog‘liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi 
zamon metodlari bilan tanishtiradi; 
- ta’limda o‘quvchining individuallik darajasini oshiradi; 
- o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi; 
- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi; 
- ta’limda foydalaniladigan o‘quv materiallari doirasini kengaytiradi; 
- ta’limda ko‘rgazmalilikni kuchaytiradi; 
- o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining 
omillarini kengaytiradi va h.k. 
Kompyuterli ta’lim tamoyillari: -ilmiylik -tizimlilik va ketma-ketlik -
ko‘rgazmalilik - o‘quvchilar faoliyatini individuallashtirish - nazariyaning amaliyot 
bilan aloqadorligi - tushunarlilik - fanlararo, ham fan ichidagi bog‘liqlikni ta’minlash 
- fanning turmush bilan bog‘liq bo‘lishi - bilish faoliyatini faollashtirish - izlanishga 
o‘rgatish Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil 
etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga 
oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo‘lgan yaxlit tizimda o‘z 
ifodasini topadi. O‘qitishning dasturlashtiriladigan texnologiyalari - bu maxsus ishlab 
chiqilgan dasturlar asosida o‘rgatuvchi qurilmalar yordamida bilimlar, mahoratlar va 
ko‘nikmalarni 
mustaqil 
olish 
imkonini 
ta’minlovchi 
texnologiyalardir. 
Dasturlashtirilgan material ma’lum bir mantiqiy ketma-ketlik tartibida beriladigan 
nisbatan katta bo‘lmagan o‘quv axborotlari to‘plamidan iborat. Dasturlashtiriladigan 
ta’limning beshta asosiy tamoyili bor: - boshqaruvchi qurilmalar majmuining ma’lum 
ierarxiyasi. O‘qitishni boshqarishning yuqori sathida o‘qituvchi turadi. Fanda 
dastlabki umumiy yo‘llanmani beradi va o‘qitishning nostandart murakkab 
vaziyatlarida to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib beradi. - o‘quv faoliyatining har bir qadami 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
510


(amali) bo‘yicha teskari bog‘lanishdan foydalanib, o‘quv jarayonini boshqarish 
tizimini sikl shaklida tashkil etish tamoyili. Teskari bog‘lanish o‘qituvchi uchun 
tuzatish kiritish 80 (korreksiya), talaba uchun esa o‘quv materialini tushunib olish 
uchun zarur. Korreksiya uchun tashqi teskari bog‘lanishdan foydalaniladi. Bunday 
bog‘lanish o‘qitish jarayonini olib borayotgan boshqaruvchi qurilmalar, yoki 
o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki teskari bog‘lanish talabalarga o‘zining 
o‘quv faoliyati natijalarini va xarakterini mustaqil to‘g‘rilashi uchun xizmat qiladi. - 
o‘quv materialini ochish va uzatishda qadamli texnologik jarayon tamoyili. Mazkur 
holda dasturdagi o‘quv materiali bilim, mahorat va ko‘nikmalarni samarali 
o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va hajmi 
uncha katta bo‘lmagan axborot va o‘quv topshiriqlaridan tuzilgan bo‘ladi. O‘qitish 
dastursining qadami to‘g‘ri va teskari bog‘lanish axboroti va bilim olish harakatlarini 
bajarish qoidalaridan tuziladi, ya’ni qadam tarkibiga o‘zaro bog‘langan uchta zveno 
(kadr) kiritiladi: axborot, teskari bog‘lanishli amal va tekshirish. Ma’lum tartibda 
joylashgan qadamli o‘quv amallari (protseduralari) majmui o‘qit-ish dastursini hosil 
qiladi. Bu majmu dasturlashtirilgan o‘qitish texno- logiyasining asosi hisoblanadi. - 
o‘qitishdagi individual mazmun va boshqarish tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, har bir 
talabaga mos yo‘naltirilgan informatsion jarayon taklif etiladi va uning bilimlarni 
o‘zlashtirish qobiliyatiga to‘g‘ri keladigan tezlikda o‘qishda ildamlanish imkoni 
beriladi. - dasturlashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik 
vositalardan foydalanish.
NATIJA
Matematika 
ta’limi 
jarayonlarini 
kompyuterlashtirish, 
eksperimental 
matematikada maxsus dasturiy paketlardan foydalanish (Rosamund Sutherland), 
matematikani o‘qitishning axborotlashtirilgan muhiti (David Tall), matematika 
ta’limida kognitiv vositalarning o‘rni (Tommy Dreyfus), zamonaviy elektron o‘quv 
adabiyotlariga qo‘yilgan talablar va ulardan ta’lim jarayonlarida foydalanish shart-
sharoitlari, maqsad va vazifalari (Gerhard Holland) lar tomonidan tadqiq etilgan.
O‘qitish texnologiyasida quyidagi dasturlar bo‘lishi mumkin: chiziqli dastur; 
tarmoqlangan dastur; adaptiv dastur; umumlashtirilgan dastur; dastur-algoritm; 
modulli o‘qitish dastursi; bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish dastursi. Chiziqli dastur 
nazorat topshiriqlari bo‘lgan o‘quv axborotining ketmaket o‘rin almashinuvchi uncha 
katta bo‘lmagan bloklaridan iborat. Chiziqli dasturda talaba axborotning ushbu 
qadamiga javob to‘g‘ri bo‘lganda keyingi qadamga o‘tadi, javob noto‘g‘ri bo‘lganda 
esa, shu qadamning o‘ziga qaytadi, ya’ni boshlang‘ich axborotni qaytadan o‘rganishi 
kerak. Tarmoqlangan dasturda javob noto‘g‘ri bo‘lganda talabaga nazorat 
topshirig‘ini bajarishi, to‘g‘ri javob berishi va o‘quv axborotining navbatdagi 
qadamiga o‘tishiga imkon beruvchi qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi. Adaptiv 
dastur talabaga yangi o‘quv materialining murakkablik darajasini o‘zi tanlashiga, uni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
511


o‘zlashtirgan 
sari 
o‘zgartirishga, 
ma’lumotnoma 
adabiyotlar, 
lug‘atlar, 
qo‘llanmalarga murojaat qilishga imkon beradi. Umumlashtirilgan dastur chiziqli, 
tarmoqlangan va adaptiv dasturlarning parchalarini o‘z ichiga oladi. Dastur-algoritm 
nazariy va amaliy operatsiyalarning ketmaketlik tartibini aniqlaydi. U, ham mustaqil 
o‘qitish dastursi, ham boshqa o‘qitish dastursining qismi bo‘lishi mumkin. Algoritm 
deganda ko‘rsatilgan maqsadga erishish yoki qo‘yilgan masalani yechishga qaratilgan 
amallar ketma-ketligini bajarish borasida ijrochiga tushunarli va aniq ko‘rsatmalar 
berish nazarda tutiladi. Algoritmlar og‘zaki, jadval asosida va blok-sxema shaklida 
berilishi mumkin. Og‘zaki tarzda berilgan algoritm tabiiy til xususiyatlariga ko‘ra 
so‘zlar va jumlalarning bayon etilishida tabiiy til yordamiga tayanadi. Algoritmning 
jadval asosida berilishi uni jadval hamda hisoblash formulalari shaklida ifodalashga 
xizmat qiladi. Algoritmning bloksxemada berilishi - bu algoritmni bloklar deb 
ataluvchi geometrik shakllar yordamida berilishini anglatuvchi metod. Bloklar 
o‘rtasidagi ketma-ketlik hamda ularni tutashtiruvchi chiziqlar blok-sxemani tashkil 
etadi.
Masalan, Post teoremasi va uning natijalari mavzusini o‘zlashtirish uchun talab 
etiladigan algoritmik qadamlar asosiy tushunchalar ketma-ketligi ko‘rinishida 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1.
Bul funksiyalari.
2.
0 ni saqlovchi funksiyalar. 
3.
1 ni saqlovchi funksiyalar. 
4.
Ikkilamchi funksiyalar. 
5.
O‘z-o‘ziga ikkilamchi funksiyalar. 
6.
Jegalkin yig‘indisi. 
7.
Chiziqli funksiyalar. 
8.
Monoton funksiyalar. 
9.
Post teoremasi. 
Muayyan matnning qadamli mantiqiy tuzilishi mantiqiy algoritm deb ataladi. 
Mantiqiy algoritm materialni o‘rganishda maqsadga erishish, ya’ni material 
mazmunini tushunish yo‘lida asosiy ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi. Ayni vaqtda 
matn tuzilishining o‘zi algoritm deb qabul qilinadi.
XULOSA
Ta’limni algoritmlashtirish - ta’limiy masalalarni yechish yo‘llarini aniqlash va 
ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish algoritmini ishlab chiqish. Ayni shu 
ma’noda algoritmlashtirish o‘quv materialining tarkibi, o‘quvchi faoliyatining tartibi 
hamda ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning didaktik tamoyili hisoblanadi. 
Videokompyuterli o‘qitish texnologiyasi - talabalarning faol bilish, bilim orttirish 
jarayonlarini rag‘batlantiruvchi texnologiyadir.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
512


Ma’lumki, hozirgi vaqtda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ta’lim sohasiga 
katta ahamiyat berilib, bir qator qarorlar imzolangan. Qarorlar ijrosini ta’minlashning 
negizida albatta fanni o’quvchilarga ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib 
o’rgatish yotadi. Mazkur yo’nalishda bir qator ilmiy izlanishlar [1-11] olib borilgan. 
Bu texnologiya o‘quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini birgalikda 
namoyon etish, o‘qitish jarayonini maqsadlarga moslashtirish imkonini beradi. 
Talabalar kompyuter bilan individual o‘qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat 
ko‘rsata olmaydi, bundan tashqari, muammoli o‘qitish zaminidagi evristik aspekt 
yo‘qqa chiqadi. Matematika oid ilmiy izlanishlar, pedagogik texnologiyalarni 
ta’limga qo‘llashga oid ishlar [12-30] maqolada olib borilgan. 

Yüklə 258,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə