Talabalarda ijtimoiy va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi



Yüklə 245,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.02.2023
ölçüsü245,42 Kb.
#101587
1   2   3   4
696-Текст статьи-1896-1-10-20210315

[
2, 23-b
]
V.N.Vedenskiy fikricha “Kompetentlik- bu qandaydir shaxsiy tavsif, kompetensiya 
esa aniq kasbiy yoki funksional tavsiflar majmuasidir”. Yuqoridagi fikrlarni 
umumlashtirsak, ijtimoiy kompetentlikning namoyon bo’lishi quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: 
- komil inson sifatida ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish. 
- axloqiy sifatlar, hayotiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish. 
- kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
- muammolarni hal etishda samimiy bo’lish. 
- kreativ yondashish. 
- ta’lim jarayonini amalga oshirishda zamonaviy usul, vositalardan maqsadli foydalana 
olish.
Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy va ijtimoiy kompetensiyasini 
baholash metodlari asosan, test va nazorat hisoblanadi. Ta’lim oluvchi yoshlarning 
kasbiy kompetensiyasini baholashadi nazoratlarning an’anaviy ta’lim tizimidagi 
nazoratlardan farqi, kasbiy kompetensiyasini baholahsda bilim, ko’nikmalarning 
mavjudligi emas,balki o’zlashtirilgan bilim, ko’nikmalarni amaliy faoliyatda qo’llay 
olish layoqatlari orqali orqali baholanadi. 
Talabalarning kasbiy muammolarni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyatlarini 
rivojlantirish uchun real kasbiy va ijtimoiy vaziyatga o’xshash topshiriqlar ishlab 


chiqish kerak. Bo’lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishda turli 
metodlardan foydalaniladi. Hozir biz ularning ayrimlarini tahlil qilamiz:
O’z-o’zini ta’riflash metodi. 
Bunda talabalar o’z kompetensiyasini o’zlari 
ta’riflaydilar, bu ta’riflar esa boshqa talabalar va o’qituvchi tomonidan tasdiqlanadi. Bu 
metod baholanuvchi talabaning o’z kompetensiyalarini darajasini yozma ravishda o’zi 
baholashidir.O’z-o’zini ta’riflash metodi pedagogikaning boshqa ta’lim yo’nalishlari 
orasida kasb ta’limi yo’nalishiga ko’proq mos keladi, chunki ushbu yo’nalishda kasbiy 
kompetensiyalar kompetentlarning turlari ko’p va xilma-xil, kompetentlikni 
rivojlantirish shakllari ham turlicha.

Yüklə 245,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə