Tafakkur inson intelektual taraqqiyotidagi o`rni. Tafakkurning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 164,05 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü164,05 Kb.
#163934
1   2   3

Tafakkur turlari

  • Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi . Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa – ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
  • Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur . U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz .
  • Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi . Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi.

Tafakkur turlari

  • Ko‘rgazmali -obraz li tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi.
  • Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi.

Tafakkur quyidagi asosiy qonuniyatlar ga bo‘linadi :
1. Tafakkur muammo ni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi; muammoli vaziyat yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich ma’lumotning taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi .
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati sintez orqali tahlil qilish: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi xossalarni ajratish hisoblanadi ; shunday qilib, «ob’ekt d a n, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi » (s.l. rubinshteyn) .
3. Tafakkurning asoslanganligi : har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va hodisalar asosida tayyorlanadi . Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir bo‘lmaydi . Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro bog‘langan bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
4. Selektiv lik (lot. – tanlash, tanlanish ) – ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda ularni muammoni hal etishga safarbar qilish.
5. Antitsipatsiya (lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, oldindan sezishni bildiradi . Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur qilish qobiliyatiga ega.
6. Tafakkur r efleksiv ligi . Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida bo‘ladi, o‘z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash mezonlarini ishlab chiqadi . R efleksi ya deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan birga muloqotda bo‘ladigan sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi.

Yüklə 164,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə