Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə9/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Nerv sistemasi. Bosh miyasi nisbatan katta. Nerv moddasi oldingi miya yarim sharlarini tagida, yon tomonlarida va xatto qopqogida ham bo`ladi. O`rta miya yaxshi rivojlanmagan, miyachasi yirik. Bosh miyadan 10 juft nervlar chiqadi.

Sezuv organlari. Juft ko`zlari tipik tuzilgan bo`lib, shox pardasi yassi, ko`z gavxari sharsimon bo`lib, ustki va pastki qovoqlari yo`q. Eshituv organi uchta yarim naysimon kanaldan tuzilgan ichki quloqdan iborat. Xid biluv xaltachalari juft va ichki uchlari berk bo`ladi. Yon chiziq organlari teri ostiga o’rnashib, yon chiziq kanalini xosil qiladi.

Hazm organlari og`iz bo’shlig’iga olib kiradigan og`iz teshigidan boshlanadi. Jag`larida plakoid tangachaning o`zgarishidan xosil bo`lgan konussimon tishlari joylashgan. Xalqumga yana sachratkich ham ochiladi. Xalqum qizilo`ngachga, qizilo`ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozon ingichka ichakka ochiladi. Shu joyda oshqozon osti bezi joylashadi. Yo`g`on Ichakning diametri ancha keng va ichida spiral klapani bor. Bu ichakning surish yuzasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Yo`g`on Ichak kloakaga ochiladi. Tana bo`shlig`ida taloq joylashgan.

Nafas organlari bo`lib jabralar xizmat qiladi. Har bir jabra yorig`i bir uchi bilan xalqumga, ikkinshi uchi bilan tashqariga ochiladi. Jabra teshiklari bir- biridan keng jabralararo to`siq bilan ajralgan va bu yerda jabra yoylari joylashadi. Jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devorlarida jabra yaproqlari boshqa baliqlardagi singari ektoderma xisobidan rivojlanadi.
Nafas olgan vaqtida xalqum kengayadi va xalqumga og`iz hamda sachratkich orqаli suv kiradi. Suv jabra yaproqlarini yuvadi. Nafas chiqarish paytida ikkala tomon jabra yoylari o`zaro yaqinlashadi va xalqumning xajmi kichrayadi, natijada suv jabra yoriqlaridan tashqariga chiqib ketadi.


Qonaylanish sistemasi. Akulaning yuragi vena sinus, yurak bo’lmasi yurak qorinchasi va arterial konusdan iborat. Arterial konus yurak singari ko`ndalang targ`il muskuldan tuzilgan.
Arterial konusdan qorinli aortasi boshlanadi. Qorinli aortasidan qonchap va o`ng tomondan besh juft jabraga olib keluvchi arteriyalarga yig`iladi. Jabradan olib ketuvchi arteriyalar juft aorta ildizlariga qo’yiladi. Aorta ildizlari keyingi tomonda o`zaro qo`shilib, gavdaning butun qolgan qismini arterial qon bilan ta’minlaydigan toq orqа aortani xosil qiladi. Venoz sistemasi toq dum venasidan boshlanadi. Dum venasi bir juft keyingi kardinal venalarga bo`linib, buyraklarga kiradi va bir qancha kapilyarlarga bo’linib, buyrak kopka sistemasini xosil qiladi. Buyraklardan yana bir juft keyingi kardinal venalarga yig`iladi. Gavdaning bosh qismidan venoz qon bir juft oldingi kardinal venalarga to`planadi. Oldingi va keyingi kardinal venalar yurak oldida o`zaro qoshilib, kyuv’e kanalini xosil qiladi va bu vena sinusga ochiladi. Qorin va ichaklardan venoz qon ichak osti venasi bilan jigarga kiradi va kapilyarga tarmoqlanib, jigar kopka sistemasini xosil qiladi. Bu yerdan jigar venasi nomi bilan chiqib vena sinusiga quyiladi. Vena sinus yurak bo`lmasiga ochiladi.


Siydik- tanosil sistemasi. Ayirish organi bo`lib qorinli buyragi mezanefros xizmat qiladi. Ularning chiqaruv yo’llari vazifasini Vol’f kanallari bajaradi va kloakaga ochiladi. Urg’ochisining tuxumdoni tuxum yo’li bilan quchilmagan.
Juft urug`donining kanallari buyrakning oldingi bo`limi bilan qo’shilgan. Urug`don kanallari buyrak orqаli o`tib Vol’f kanaliga quyiladi. Shunday qilib, erkaklarida Vol’f kanali ham siydik yo`li ham urug` yo`li vazifasini bajaradi. Vol’f kanallari ham kloakaga ochiladi.
Plastinka jabralilar ikkita turkumini- akulalar va skatlarni o`z ichiga oladi. Bular suvda yaxshi suzadi va chaqqon yirtqichlardir. Akulalarga vakil qo`lib bo`yi 5 m gacha boradigan Atlantik va Tinch okeanlarida yashaydigan ko`k akulani, 20 m gacha boradigan gigant akulasini, Qora dengizda yashaydigan bo’yi 1 m gacha boradigan tikanli akulalarni olamiz.
Skatlarning jabra yoriqlari va burun teshiklari qorinli tomonida joylashadi. Gavdasi yelka - qorinli tomonidan kuchli qisilgan kam xarakatchan tog`ayli baliqlardir. Skatlarning tipik vakillari – tikanli skat, elektr skati, arra baliqlar tropik dengizlarda yashaydi.
Yaxlit boshli baliqlarning turlari kam bo`lib, gavdasi duksimon shaklda bo`ladi. Tanglay kvadrat tog`ayi miya qo`tisi skeletiga qo`shilib ketadi. Shu sababli bularni yaxlit boshlilar deyiladi. Jabra yoriqlari ustidan umumiy teri parda bilan qoplangan. Kloakasi yo`q. Bularga vakil qilib g`arbiy Evropa soxillarida uchraydigan Evropa ximerasini olamiz. Akulalar va skatlarning ichki urug`lanishi, tuxumlarining qattiq modda bilan o`ralganligi, tuxumlarining yirik zapas ozuqa moddalariga boy bo`lganligi natijasida embrional va postembrional davrlarida ulish keskin kamayadi. Shu sababli bu baliqlar kam turli bo`lishiga qaramasdan yer yuzida keng tarqalgan.
Tog`ayli baliqlar dunyo miqiyosida ushlanadigan baliqlarning 1,5-2% ni tashkil etadi. Avstraliya va Yaponiyada ko’pchilik tog`ayli baliqlar ozuqa sifatida ishlatiladi. Akulaning jigaridan vitamin A ga boy bo`lgan baliq yog`i olinadi. Bulardan tashqari akula va skatlarning terisidan poyafzal va galanteriya maxsulotlari tayyorlanadi.
7-MA'RUZA

Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə