T oshkent “Himoyaga ruxsat etilsin” amaliy fanlar fakultet dekani universiteti



Yüklə 91,04 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü91,04 Kb.
#163598
  1   2   3   4   5   6   7
Bola shaxsini rivojlanish omillarikurs ishi555551


O′ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA′LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI AMALIY FANLAR UNIVERSITETI




T OSHKENT “Himoyaga ruxsat etilsin”
AMALIY FANLAR Fakultet dekani
UNIVERSITETI ________ U. Choriyev
“____” _________2023-yil

“Maktabgacha ta′lim metodikasi” kafedrasi Maktabgacha ta′lim yo′nalishi


2-bosqich MT-22-B-02 guruh talabasi Maxmudova Dilnoza Baxtiyar qizining
“Bola shaxsini rivojlanish omillari” mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: Tursunova Nilufar Turdiyevna


Bajardi: Maktabgacha ta′lim yo′nalishi,2-bosqich
MT 22 B 02-guruh Maxmudova Dilnoza
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Maktabgacha ta′lim metodikasi”
Kafedra mudiri
___________PhD.X.I. Yusupova

Toshkent-2023yil




Mundarija


Kirish…………………………………………………………………..…………. 3
Asosiy qism
I Bob. Bola rivojlanishi haqida tushuncha
1.1 Bola shaxsi va uning vazifalari………………………………………..……… 5
1.2. Bola shaxsini rivojlanishiga samarali ta’sir etish yo’llari…………………... 10
II Bob. Shaxning rivojlanishi va unga ta`sir ko`rsatuvchi omillar
2.1. Bola shaxsini rivojlantirishda uning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olish……………………………………………………………………………… 14
2.2. Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar……………………………. 20
Xulosa…………………………………………………………………………… 28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….….. 30


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Sog`lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e'tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog`ligiga juda katta e'tibor berganini ko`ramiz. Sog`lom bolaniig tug`ilishi, eng avvalo, onaning sog`ligiga bog`liq”1, deb ta'kidlaydi.
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o`rab olgan muhit ta'sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy yo salbiy ta'sir ko’rsatishi, rivojlayaish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo`q qilishi mumkin.
Muhit – bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (gyeografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya'ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaralgan imkoniyatlari muhim rol o`ynaydi. Mustaqil O`zbekistonimizda ta'lim tizimini islohotlar, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi qadamlardir. Shaxs rivojlanishmga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta'sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to`g`ri ijobiy ta'sirini amalga oshirish imkoni tug`iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug`ma kamchiliklarni ham o`zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta'siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo`lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uniig rivojlanishiga asos bo`ladi. Pedagogik jihatdan to`g`ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o`yin, mehnat, o`qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko`rsatadi. Shaxs ulg`aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o`zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa fasl turlari ham o`zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o`yin, o`quvchi hayotda o`qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
Bolaning shaxs sifatida shakllanishi ko’p jihatdan biz kattalarning bolaga berayotgan ta’lim-tarbiyamizga bog’liq ekan bu mavzuni atroflicha o’rganish maqsadida kurs ishi mavzusini Bola shaxsini rivojlanish omillari deb nomladik.

Yüklə 91,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə