26-iyulda 474-son bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan va 1998-yil 14-avgustda Adliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olingan. 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy
hisobot» 0 ‘zbekiston Respublikasi BHMS siga izohlar.
11.5-sonli «Asosiy vositalar» 0 ‘zbekiston Respublikasi BHMS.
2003 yil 09 oktyabrda 114-son bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan
Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
12. «Xo'jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy-xo'jalik faoliyati
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoMlash haqida yo‘riqnoma»
21-sonli BHMS. 2002 yil 9 sentyabrda 103-son bilan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2002 yil 23
oktyabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
13. «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish» 0 ‘zbekiston
Respublikasi 19-sonli BHMSsi. 1999 yil 19 oktyabrda EGG 17-19-2075-
son bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlangan va 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan Adliya vazirligi
tomonidan ro‘yxatga olingan.
14. «Moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik hisoboti va auditorlik
xulosasi» 70-sonli 0 ‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy
standarti (AFMS). 2001 yil 14 fevralda 20-soni bilan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2001 yil 10
martda 1016-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
15. «Ma’lumotlami kompyuterda qayta ishlash sharoitida audit»
0 ‘zbekiston Respublikasi 11-sonli AFMS. 1999 yil 91 sentyabrda 76-son
bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan
va 1999 yil 23 sentyabrda 823-son bilan Adliya vazirligi tomonidan
ro‘yxatga olingan.
16. «Soliq
hisobotining
shakllarini
tasdiqlash
to‘g‘risida»
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29.12.2007 yil N 111
sonli
va Davlat Soliq qo‘mitasining 29.12.2007 yil N 2007-66 sonli qarori.
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.01.2008 yil N
1760 son bilan ro‘yxatga olingan.
11.1.2. Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari
Asosiy vositalar auditining bosh maqsadi - korxona egaligida
bo'lgan, korxona faoliyatida bir yildan ortiq foydalaniladigan va qayta
sotish uchun mo‘ljallanmagan moddiy va nomoddiy
aktivlar harakati va
ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari to‘g‘ri hisoblanganiga va balans,
12
hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda BHMS talablariga
mos aks ettirilganiga ishonch hosil qilishdan iborat.
Asosiy vositalar bo‘yicha audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida
auditoming vazifalari quyidagilardan iborat:
• asosiy vositalar
harakati va
ular
bo‘yicha amortizatsiya
ajratmalarini hisoblashga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil
etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;
• buxgalteriya tizimi ma’lumotlari va
moliyaviy hisobotlarda aks
ettirilgan asosiy vositalar va haqiqatdan ham mavjud va ular bo‘yicha
hisoblashishlar haqiqatdan ham ro‘y berganligiga ishonch hosil qilish;
• asosiy vositalaming barchasi to'liq hisobga olinganligini tekshirish;
• asosiy vositalar
harakati va
ular
bo'yicha amortizatsiya
ajratmalarini hisoblashda arifmetik amallar to‘g ‘ri bajarilganligini
o ‘rganish;
• balans hisobotida
asosiy vositalar
haqiqiy
qiymatida aks
ettirilganligini baholash;
• balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘ri
guruhlashtirilganligiga va agar zarural bo'lsa, ular bo‘yicha zaruriy
qo‘shimcha ma’lumotlar ilovalarda to‘liq va to‘g‘ri keltirilganligiga
ishonch hosil qilish.
Asosiy vositalar auditining asosiy vazifalariga muvofiq tekshiruvni
etti yo‘nalishga ajratish mumkin:
• asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishining auditi;
• asosiy vositalar harakatining auditi;
• asosiy vositalar bo'yicha eskirish to‘g ‘ri hisoblanganligining auditi;
• asosiy vositalar qabul qilinishi bo‘yicha operatsiyalami tekshirish;
• asosiy vositalar tugatilishi to‘g ‘ri hisobga olinganligini tekshirish;
• asosiy vositalami ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar asoslanganligini
tekshirish;
• asosiy vositalarga oid operatsiyalar to‘g ‘ri
soliqqa tortilganligini
tekshirish.
Yuqoridagi vazifalami amalga oshirish asosiy vositalar yuzasidan
audit dalillariga asoslanadi. Asosiy vositalarni audit qilish vaqtida
foydalaniladigan audit dalillari korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga
bogMiqdir. Bular jumal-orderli, memorial-orderli,
soddalashtirilgan,
kompyuterda ishlov uchun yo‘naltirilgan, shuningdek, qo'llaniladigan
registrlar ro‘yxati, ulaming tuzilishi, ulardagi yozuvlar muntazamligi va
yozuv usullari bilan belgilanadi. Lekin, asosiy vositalar bo'yicha
13
operatsiyalami hisobga olish yuzasidan qanday shakl qo'llanishiga
qaramasdan ular dastlabki hisob hujjatlari quyidagi umumlashtirilgan
idoralararo shakllarida rasmiylashtirishi lozimligini unutmaslik kerak:
AV-1 shakli - asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
(yuk xati);
AV-3
shakli
-
ta’mirlangan,
qaytadan
tiklangan
va
zamonaviylashtirilgan obyektlami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
AV-4 - asosiy vositalami hisobdan
chiqarish dalolatnomasi;
AV-4a - avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
AV-6 - asosiy vositalami hisobga olish bo‘yicha inventar varaqasi va
boshqalar.
Asosiy vositalar va ular bo‘yicha eskirishning sintetik hisobi 13, 10,
lOG'l-sonli
jumal-orderlarda
olib
boriladi,
ma’lumotlami
kompyuterlashtirilgan texnologiyasi qoMlanilganda esa - «Asosiy
vositalami hisobga oluvchi schyotlar», «Asosiy vositalaming eskirishini
hisobga oluvchi schyotlar» schyotlari bo‘yicha debet va kredit
aylanmalaming mashinogrammalarida;
Bosh
kitobda; buxgalteriya
balansda (1-sonli shakl); «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»da
(2-sonli shakl); «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot»da (3-sonli
shakl) olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: