Sunbar Falak



Yüklə 19,45 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü19,45 Kb.
#123853
Sunbar Falak


Sunbar Falak
Dunyoda millionlab ,balkim undan-da ko’proq ota-onalar bor.Ularning dini ,millati, urf-odati ,a’nanalari, milliy qadriyatlari boshqa bo’lishi mumkin,ammo barchasining qalbdagi tilaklarining eng ezgulari farzandlari bilan bog’liq.Farzandim komil inson bo’lib o’ssa ,hayotda o’z o’rnini topsa deb xayqiruvchi yuraklaram faqat ulardagina bor.Ular bor-ki,qalblarida mavjlangan ezgu tilaklar,farzandi yo’lida doimo hamrohdir. Shu bilan bir qatorda ,ularning yo’llarini qarong’uda quyoshdek charog’on qiladigan duolari ,farzandi bosmoqchi bo’lgan yo’llarga, farzandlaridanda ildamroq yetib boradi va falokatlarni daf qilib turadi.Yana shunday ota-onalar bor-ki,o’z farzandi tugul,hatto o’gay farzandini yer-u ko’kka ishonmaydi.Ular ham barcha xaqiqiy ota-onalar kabi, farzandining yorug’ kelajagi uchun, barcha kuchlarini ishga solishadi. O’sha kuchlaridan farzandini qo’riqlovchi ko’rinmas qo’shin tuzadi. Metin irodasini undagi ko’rinmas askarlarga qurol, sabr bardoshini qalqon qilib beradi. Mehr to’la qanotlari ostiiga farzandini mehrla tortib, istaklariga yarasha harakat qilishadi. Lekin guruch kurmaksiz bo’lmaganidek farzandlari bor-u, ularga e’ribori yo’q ota-onalar ham uchrab turadi. Balkim bunga ishlari sababdir, ammo farzand ishdan ustun emasmi? Ana shunday, ular uchun farzandlari ikkinchi darajali bo’lib qolayotgan ota-ona qo’lida uch farzand o’sardi. Kunga boqarlar quyoshga talpingandek ular ham ota-onalariga talpinishardi. Quyoshning nuri so’nmaydi, ammo ota-onalarining e’tibor nurlari kundan-kunga xiralashib borardi.
Bosh farzand Sunbar ertaklardagi malikalarga beriladigan ta’riflarning ming chandoniga arziydigan qiz.Jingalak sochlari hayotidagi qiyinchiliklar ramzi.Qop-qora ko’zlari-oppoq dilining aksi.Nozik qaddi-qomati nafis didining dalolati.Yuzidagi so’nmas kulgular-quyoshning tuganmas nurlaridir.O’n olti yoshi o’n olti bahorning chiroyini olganining dalolatidir.
Uning o’gay singlisi Istora esa ,Sunbardan har taraflama farq qiladi.Harekterlaridagi tafuvut ham,osmon va yerchalik.Sunbar xushmuomula,odob-axloqli va madaniyatli bo’lsa,Istora umuman madaniyatsiz,tajang,bir gap gapirsang o’ntasini uloqtiradiganlar toifasidan edi.
Uyning kenjasi,Istoraning xaqiqiy ukasi Islom bo’lsa,alohida ta’rifga loyiq.Har jihati Sunbardan go’yo-ki ko’chirma qilingandek.O’ziga yarasha yigitlik g’ururi bor.Opalarining himoyachisi,ularning sirlarini tinglovchi va ichida saqlovchi yagona inson.Bo’yi opalaridan-da uzun ,oqdan kelgan,ko,zlari chiroyiga qizlaram havas qiladigan kelishgan yigitcha.
Opa-ukalar ota-onalari bilan birgalik-da,Toshkentdagi boylar yashaydigan ko’p qavatli uylarning birida yashashardi.Dadalari Rashid aka qirq besh,onalari Sevinch opa o’ttiz besh yoshlar atrofida bo’lib, biri shaharga dong’i ketgan biznesmen,biri mashhur dizayner edi.Ular ishlaridan ortmasdi.Tog’ri,bir tarafdan ular sabab hamma narsa to’kin-sochin,kamchilik degan narsaning o’zi yo’q,ammo ularning e’tiborisiz bu narsalar farzandlariga tatimasdi.
Uydagi barcha ishlarni sochlariga oq oralab qolgan hizmatkor –Oysha xola qilardi.Bolalarga o’z bolasidek mehr berardi.O’zining farzandi bo’lmagani uchunmi,bu bolalarning barcha injiqliklarini ko’tarardi.Sunbar va Islom esa buni yurakdan his qilib ,farzandlaridek bo’lishga uning ko,nglini ko’tarishga tirishardi.Kerak bo’lsa ,bo’sh vaqtlarida uning ishlariga yordamlashardi.Albatta bunday xislat boy bolalarining sanoqlilaridagina mavjud.O’sh sanoqlilar mana shular edi.Istora esa,bundan mustasno.Oysha opaning ishidan doim ayb axtarardi.Kezi,kelsa uni sensiraklab ,urgudek bo’lardi.Istora Sunbarga ham shunday muomula qilardi.Chunki ,Sunbarni dugonalari,qarindoshlari,ko’cha-ko’ydagilar,hatto-ki o’z ukasi Islom ham, Istoradan ko’ra ,uni ko’proq yaxshi ko’rardi.Bunga esa uning g’ashi kelar,alamini ulardan olmasa yengil tortmasdi.
Uy havas qiishga arziydigan darajada kata va shinam.Xonalr serob.Ularning eng yorug ’va xashamdorida,Rashid aka va Sevinch opa,shundan qolishmaydigan xonalarda Islom va Istora turardi.Bir –biriga qo’shni ikkita tor xonalar esa Sunbar va Oysha xolani-ki edi.Sunbarning hizmatkorga qo’shni xonada turishining sababi Sevinch opa ham Istoradek Sunbarni ko’rishga ko’zi yo’q edi.Buning sababini uning merosga sherik ekanligi bilan ifodalasak bo’ladi.Shuning uchunmi,Sunbarni diqqinafas xonada yashashga majbur qilardi.O’zining farzandlaridan soniyasini ham ayasada,Sunbarni urshish,xo’rlash va oyoqosti qilish uchun vaqt topardi.
Go’zal gullarga,maftunkor jihozlarga to’la mehmonxonada gi kreslolardan birida Rashid aka noutbukiga bir nimalar yozgancha,telefonda gaplashardi:
-Yillik foydaning o’n foizini kreditga to’lashim kerak.Buning ustiga mehmonxonadagi ishlar ham joyida emas.Turkiyadagi do’konlarni sotib ,aksiyalarning narxini ko’tarishim kerak.
Mehmonxonaga kiraverishdagi devorda kata ko’zgu bor.O’sha ko’zguga qarab,sochlarini tog’irlagancha uham telefonda gaplashardi:
-Londonda deysanmi? Shart emas o’zi yaqinda qaytdim.Kelasi haftada Milanga uchaman.Bilasan-ku,madellar borasidayam tabim nozik.,Atelyemdagi yangi fasonli kiyimlarni ko’rsang og’zing ochilb qoladi.Ha-da,axir tun-u kun mehnat qildik.
Shu payt eshik qo’ng’irog’I jiringladi.Oysha xola oshxonadan qo’llarini artgancha chiqib,eshikni ochdi.Eshik ortida jaxl otiga mingan Istorani ko’rib,kapalagi uchib ketdi.Istora esa uni turtgancha ichkariga kirib,unga ilondek zaxrini sochdi.
-Qulog’iz tom bitganmi deyman?!Buncha eshikni ochishiz qiyin?O’zi sizga nimaga pul to’layapmiz?
Oysha xola bir nima demoqchiydi,uning qo’liga Istora sumkasini tutqazdi:
-Boring,sumkamni xonamga olib boring!
Oysha opa Istoraning gaplaridan xafa bo’lgancha eshikni yopdi-da ,uning xonasi tamon ketdi ,lekin tezda yumshadi.Chunki,Istoraning felidan xafa bo’laman desa ,bir kunda ming marta xafa bo’lishga tog’ri kelardi.Istora esa ota-onasi ovozi eshitilayotgan tarafga yurdi
Yüklə 19,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə