Strategik rejalashtirish modellari


 Strategik qarorlarni qabul qilish tartibi



Yüklə 54,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü54,37 Kb.
#181345
1   2   3
Strategik rejalashtirish modellari

4.2. Strategik qarorlarni qabul qilish tartibi 


Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. 
«Model» lotincha so‘z bo‘lib, namuna, degan ma’noni anglatadi. Fanda model 
o‘rganilayotgan obyektning biror turdagi shartli obrazi (shakli), «prognozlash» esa 
iqtisodiy yoki ijtimoiy jarayonlarning aksini anglatadi. 
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning 
muhim vositasi hisoblanadi. Modellashtirish jarayonini obyektni yoki jarayonni 
boshlang‘ich o‘rganish,uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini 
ajratish, nazariy va tajribaviy (eksperemental) tahlili, modellashtirish natijalarini 
obyekt haqidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korrektirovkalash 
hamda oydinlashtirish kabilar asosida model qurishni tashkil etadi. 
Ijtimoiy va iqtisodiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki kutilayotgan eng 
yaxshi natijaga qarab tasniflanishi mumkin. 
Vaqt omili hisobga olinganda modellar statistik (ya’ni, model chegarasi ma’lum bir 
vaqt bo‘lagi deb o‘rnatiladi va xarajatlar mimallashtiriladi) yoki dinamik (bunda 
model chegarasi bir necha vaqt kesmalari uchun o‘rnatilib, xarajatlar 
mimallashtiriladi yoki yakuniy natija maksimallashtiriladi) bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiy modellarni quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: omilli (faktorli), 
tarkibiy (strukturaviy) va aralash iqtisodiyot rivojlanish ko‘rsatkichlarini yig‘ish 
darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo, rayonlararo, tarmoqli, regional 
modellar bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotning rivojlanish jihatlariga qarab, modellar 
asosiy fondlar, mehnat resurslari, moliya tizimi hamda narx shakllanishi kabi 
turlarga bo‘linishi mumkin. 
Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichli darajasi va dinamikasining unga 
ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar - sabablar darajasi va dinamikasiga bog‘liqligini 
tavsiflaydi.


O‘zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) kabi turlarga 
ajratiladi. Masalan, omil bo‘lsa, mehnat resurslarining borligi endogen omildir. 
Omilli modellar turli o‘zgaruvchilarni va ularga mos keladigan parametrlarni o‘z 
tarkibiga oladi. Omilli modellarning eng oddiy ko‘rinishi – bu, bir omilli model 
bo‘lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil hisoblanadi. Mazkur holda biror 
ko‘rsatkich tahlili va prognoz vaqti xronologik qatorga bog‘liq ravishda amalga 
oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (qaysi bir dinamik qator o‘zgarishining 
umumiy tendensiyasini xarakterlovchi bog‘liqlik) aniqlanadi. 
Chiziqli va nochiziqli (nelineynoye) ko‘rinishdagi ko‘p omilli modellar 
prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkich dinamikasini va darajasiga ta’sir etuvchi bir 
necha omillarni bir vaqtning o‘zida hisobga olish imkonini beradi. Bunda 
modellarga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarini tavsiflovchi modellar
aholi daromadi va narxga bog‘liq ravishda ayrim iste’mol tavarlariga talabni tahlil 
etish modellari misol bo‘la oladi. 
Tarkibiy modellar ikita butun yoki agregatni tahlil etuvchi alohida elementlar 
orasidagi aloqa va boqliqlikni tavsiflaydi. Bunday modellar tarkibiy balans 
ko‘rinishdagi modellar bo‘lib, bunda biror qatorda uning elementlari orasidagi 
bog‘liqlik ko‘rib chiqiladi. 
Mahsulot xomashyo nomeklaturasiga qarab modellar bir natijali va ko‘p natijali 
kabi turlarga bo‘linadi. 
Birinchi guruhga tarmoqda ishlab chiqariladigan yoki shu tarmoqda iste’mol 
qilinadigan boshqa resurs yoki xomashyo miqdoriga bitta chegara qo‘yilgan 
modellar kiradi.
Ikkinchi guruhga xomashyo yoki boshqa resurs iste’moli uchun butun tarmoq 
bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot talabiga ikki yoki undan ko‘p 
cheklanishlar qo‘yilgan modellar kiradi. 


Transport omilining ta’sir etish darajasiga ko‘ra, tarmoqli optimal rejalashtirish 
modellari ikki turga bo‘linadi: ishlab chiqarish – transport modeli (transport omili 
e’tiborga olinmaydi) va ishlab chiqarish –transport modeli (transport omili 
e’tiborga olinadi). 
Tarmoqlararo balans (TAB)- iqtisodiyotdagi asosiy model bo‘lib, unda 
iqtisodiyotdagi turli natural va qiymat aloqadorligi ko‘rsatiladi. U sanoat, kapital 
qo‘yilmalar, mehnat resurslari va tarmoqlar bo‘yicha mahsulot hajmining o‘zaro 
bog‘langanligini hisobga olgan holda reja davri qator yillari uchun iqtisodiyot 
mahsulotlarining ishlab chiqarilish va taqsimlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash 
imkonini beradi, TAB ikki ko‘rinishda shakllantirilayapti: qiymat va natural 
shakilda. Mamlakat bo‘yicha qiymat ko‘rinishidagi TAB nomenklaturasi 120 ta 
tarmoq nomenklaturasini o‘z ichiga oladi va u barcha moddiy ishlab chiqarish 
sohasini qamrab oladi. Natural ko‘rinishdagi TAB barcha mahsulotlarning 80 %ini 
tashkil etuvchi asosiy mahsulotlarni qamrab oladi. Ushbu balansda 600 ga yaqin 
zaruriy mahsulot turlari aks ettiriladi. 
Natural - qiymat balansi modeli iqtisodiyotning kompleks tavsifini aks ettiradi. 
Moddiy qiymat TAB modelining balanslashtirilgan holdagi reja uchun 
boshlang‘ich ma’lumotidir. Bunga MD hajmi, tarkibi ko‘rsatkichlari, eksport, 
import va kapital ta’mirlash hajmi ma’lumotlari kiritiladi. 
TAB modeli bo‘yicha ikki tipdagi hisob - kitoblar amalga oshiriladi: 
Bunda berilgan yakuniy iste’mol darajasi bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va 
taqsimlanishning balanslashtirilgan rejasi hisoblab topiladi. 
Aralash hisob – kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bunda ba’zi tarmoqlarda ishlab 
chiqarish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa tarmoqlarga yakuniy 
iste’molga berilgan mahsulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish va taqsimlash balansi 
tuziladi. 


Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy prognozlarni tuzishda iqtisodiy-matematik 
modellar keng qo‘llaniladi. Bularga bir va ko‘p omilli iqtisodiy o‘sish modellari, 
MD ni taqsimlash modellari, tarkibiy tarmoq va asosiy fondlarni qayta tiklash 
modellari,investitsion oqim xarajati modeli, turmush darajasi va iste’mol tarkibi 
modellari, kengayib borayotgan eko siyosat modeli, ish haqi va daromadlarni 
taqsimlash modellari kiradi. 
Iqtisodiyot balansini prognozlashlashtirishni mukammalashtirishning muhim 
yo‘nalishi - iqtisodiy o‘sishning asosiy parametrlarini prognozlashtirishni, 
Verifikatsion-statistik yondashish dinamik vaqt qatori ma’lumotlaridan maksimal 
foydalanishga asoslangan holda ularning haqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan 
mosligini va baholanayotgan sharoitlar ma’nosini tekshirishni ko‘zda tutadi. 
Iqtisodiy prognozlashtirish makro iqtisodiy modellari tizimida bu usuldan 
foydalashish iqtisodiyotning balanslashtirilganligi tarkibiy va omilli jihatlarni 
o‘rganish va ularni optimallik prinsipi asosida sintezlash bilan bog‘liq. 
Iqtisodiyotning balanslishtirilganlik omili jihati mahsulotni chiqaruvchi obyekt 
hamda ishlab chiqarish omillari xarajatlari (asosiy fondlar va mehnat resurslari) 
orasidagi bog‘liqlikka asoslanadi. U ishlab chiqarish omillari orasida ma’lum 
miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlab turuvchi mutanosiblikni 
aniqlashga borib taqaladi. 
Balanslashtirilganlik (vaqt oralig‘i) jihatlari ishlab chiqarish omillari xarajatlarini 
vaqt bo‘yicha taqsimlash va ular o‘zaro bog‘liqligida erishiladigan taqsimotga 
asoslanadi. Asosiy vaqt oralig‘i xususiyatlari asosiy fondlarni qayta tiklash bilan 
bog‘liq. Vaqt oralig‘i balanslanganlikka erishish uslubi xarajatlar va ularning 
asosiy 
fondni 
qayta 
tiklash 
jarayonini 
belgilovchi 
natijalari 
hamda 
xususiyatlarining ko‘rsatkichlar o‘sishi sur’atiga bog‘liqligiga asoslangan. Ushbu 
usul asosiy fondlarni qayta tiklash jarayoni xususiyatlari hamda narx indekslari, 
kelib turuvchi manbalar miqdori va kapital qo‘yilmalar hamda asosiy fondlar 


chiqimi, ularning tarkibini belgilovchi hamda dinamika ko‘rsatkichlarini 
kechiktirish usuli bilan farqlanuchi butun bir modellar guruhini tuzish imkonini 
beradi. 
Balanslashtirilganlikning tarkibiy jihati ijtimoiy ishlab chiqarishning birinchi va 
ikkinchi bo‘limlari orasidagi proporsiyalarga hamda tarmoqlararo tarkibiy 
modellar ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish qo‘yilmalari hamda mehnat 
resurslarining tarmoq strukturasi prognozlashning tizmidan keng foydalaniladi. 

Yüklə 54,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə