Steam ta’lim texnologiyasi asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari ochilova Mashxura O‘roqboy qizi



Yüklə 15,81 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü15,81 Kb.
#142148
  1   2
Ochilova Mashxura O‘roqboy qizi maqola 1


STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH IMKONIYATLARI
Ochilova Mashxura O‘roqboy qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi


Annotasiya. Ushbu maqolada STEAM ta’lim texnologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish muammolari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: STEAM, “Ilk qadam”, maktabgacha ta’lim, texnologiya, tarbiya, konsepsiya, rivojlanish, markaz, kompetensiya.
Abstract. This article talks about the problems of educating preschool children based on STEAM educational technology.
Key words: STEAM, "First step", preschool education, technology, education, concept, development, center, competence.
Yosh avlodni ehtiyotkorlik bilan rivojlanish zinapoyasidan zinama-zina tepaga olib chiqish har bir pedagog uchun sharafli vazifadir. Biz esa faqatgina ushbu harakatning xususiyatlarini tushunishimiz va bolalarni vaqtida qo‘llab-quvvatlashimiz, o‘sishi uchun muvofiq sharoitlar yaratishimiz darkordir.Bu borada esa maktabgacha taʼlim jarayoni muxim ahamiyatga ega. Bugungi kunda maktabgacha taʼlimni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan innovatsiyalar barcha pedagoglardan bola tarbiyasi, uning taʼlim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks taʼlim va bilimlarga muhtoj boʼladi.
STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. Bola o’zidanostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi.
STEAM ta'lim tizimi o’zi nima?
S-science
T-technology
E-engineering,
A-art
M-math.
Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.STEAM ta’lim texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli о’zlashtirishlari uchun bir vaqtni о’zida aqliy faoliyat bilan birga amaliy faoliyatni uyg‘unligini ta’minlaydilar. Bunda ―aql va qо’l iborasiga amal qiladilar. Olgan bilimlarini amaliy faoliyatda kо’rib tezda o’qib, о’zlashtirib oladilar. О’yin, qurilish, kognitiv va tadqiqot faoliyati orqali badiiy va ijodiy faoliyat turlari rivojlanadi. Har bir modul STEAM ta’lim maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlaydigan aniq vazifalarni kompleks ravishda hal qilishga qaratilgan:kognitiv tadqiqotlar jarayonida bolalarni intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy-texnik ijod qilishga о’rgatadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-texnik ijodiyotni sintez qilish, umuman AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, media ma’lumotlarni takomillashtirish asosida animatsion samarali foydali mustaqil faoliyatini tashkil etish, bolalarni mantiqiy va algoritmik fikrlashi, rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. STEAM ta’lim texnologiyasining asosiy pedagogik ahamiyatli jihati shundaki, bolani integratsiyalashgan rivojlanish imkoniyatidir. Integratsion yondashuv turli xil faoliyat turlari –о’yin, texnika, nutq, vizual, kommunikativ, kognitiv va boshqalarning о’zaro bog‘liqligida namoyon bо’ladi. Muhoka va natijalar.maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi faol jarayonlari bilan bog‘liq bо’lib, maktabgacha ta’lim tizimida bola shaxsini shakllanishida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, turli shakl, usul va vositalarini ishlab chiqishni, ularni har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvini talab etadi.
Maktabgacha ta’limda faoliyatning yetakchi turi о’yin deb hisoblanadi lekin STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga kо’ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. О’yinchoqlar yordamida bolalar о’qish, о’lchash, tekislash, hisoblash, bо’yash, muloqot qilishni о’rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik, filologik va muhandislik, san’at kо’nikmalarini olishga yordam beradi. STEAM ta’lim texnologiyasi bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va kо’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy fikrlash, muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ilmiy metodlarni tushunish va qо’llash, dizayn asoslarini tushunish. Bugungi kunda STEAM ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qо’llashda beshta sohani yagona о’quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda о’zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bо’lib, bunda ular fikrlarni tо’playdilar va fikrlar almashadilar. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga Legotexnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiritilgan.. STEAM farzandlarimizga -ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni о’yin orqali yuzaga keltiradi.

Yüklə 15,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə