Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Standartlashtirish asoslari

Nazorat-savollari
1. Hududiy standartlashtirish tashkilotlari
2.Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashi xaqida ma’lumot bering.

2-AMALIY MASHG‘ULOT. 1-QISM

O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAGI QAROR TAHLIL QILISH VA MUNOZARA YURITISH.





  1. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 2 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilinishining zarurati.

  2. Mazkur Qaror haqida ma’lumot.

  3. Qaror bandlarini tahlil qilish va munozara yuritish.

  4. Umumiy xulosa.

Kalit (tayanch) so‘zlar. Me’yoriy-texnikaviy hujjat, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, davlatlararo standart, respublika standarti, texnikaviy shartlar.
Zamonaviy pedtexnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar.
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilingandan so‘ng, hamma sohada bo‘lganidek, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ham o‘ziga xos milliy respublika tizimini yaratish zaruriyati yuzaga keldi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasidagi xo‘jalik, savdo, ilmiy-texnikaviy va boshqa munosabatlarni saqlab qolish, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, uni rivojlantirishdagi texnikaviy to‘siqlarni bartaraf etish masalasi yuzaga keldi. Xuddi shu maqsadda 1992 yil 2 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarning Mahkamasi №93-sonli “O‘zbekiston Respublikasida standartlash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan talablarni belgilovchi me’yoriy-texnikaviy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:

  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining davlatlararo standartlari (DST);

  • O‘zbekiston Respublikasining standartlari (O‘zRST);

  • O‘zbekiston Respublikasining texnikaviy shartlari (O‘zTSH);

  • korxonalar, birlashmalar, firmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik sub’ektlarining standartlari (O‘z KST);

  • xorijiy mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari (ISO, MEK va boshqalar).

Respublika manfaatlarini ko‘zlab, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni shakllantirish, shuningdek, bu sohadagi ishlarga umumiy metodologik rahbarlikni ta’minlash uchun birlashma bazasida Sobiq Ittifoq Davlat standartining respublika hududida joylashgan tashkilotlari imkoniyatlarini birlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi (“O‘zdavstandart”) tashkil etildi va uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining standartlash, metrologiya va sertifikasiyalash masalalari bo‘yicha milliy organi funksiyasi yuklatildi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə