Standartlashtirish asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə9/32
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Standartlashtirish asoslari

2-QISM AMALIY MASHG‘ULOT.


TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI EKSPERT KOMISSIYASINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risida nizomi 2010 yil 10 maydagi 86-son qarorning 1-ilovasidir. Mazkur Nizomga O‘zR VM 06.09.2011 y. 248-son Qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan
Nizom VIII bo‘lim va 2 ilovadan iborat. Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar bo‘lib unda quydagilar bayon qilingan:
Ushbu Nizom texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarni shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari va huquqlarini, shuningdek a’zolarining majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) huzurida tuziladi.
Komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Komissiyalarning tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya a’zolari quyidagilarga majbur:
a) Komissiya ishida qatnashish;
b) Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashish;
v) ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha tegishli xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etish;
g) ushbu Nizom talablariga rioya qilish.
Komissiya a’zolari ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar yuzasidan o‘tkazilgan ekspertizaning to‘liqligi va xolisligi, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishi va taqdim etilishi uchun javob beradilar.
Komissiya Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Ish yuritishni tashkil etish uchun Komissiya a’zosi bo‘lmagan Komissiya kotibi tayinlanadi.
Komissiya a’zolari soni toq va Komissiya raisini o‘z ichiga olgan holda kamida 5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Vakolatli organning rahbari yoki rahbarning o‘rinbosari Komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiya tarkibiga:
a) texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan vakolatli organlar va davlat boshqaruvi organlari;
b) kasaba uyushmasi organlari (mehnatni muhofaza qilish yuzasidan);
v) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi;
g) loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari kiritiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish ob’ektining tarmoq mansubligiga qarab (aniq texnik reglament) texnik reglament ko‘rib chiqilishidan manfaatdor bo‘lgan:
a) texnik reglamentni joriy etadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining;
b) qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi yoki texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotga, jarayonlarga, ishlar va xizmatlarga o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan (qo‘llaydigan) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar va bazaviy tashkilotlarning;
v) tarmoq, ilmiy va loyihalash tashkilotlarining;
g) texnik reglamentlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning etakchi olimlari va mutaxassislari Komissiya a’zolari bo‘lishi mumkin.
Komissiya tarkibi ushbu Nizomning 10-11-bandlarida ko‘rsatilgan tashkilotlarning taqdimnomasi bo‘yicha vakolatli organning farmoyishi (buyrug‘i) bilan tasdiqlanadi.
Quyidagilar Komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Texnik reglamentlar loyihalari Komissiyaga tushgandan keyin ekspertizaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
a) texnik ekspertiza - texnik reglament nomining texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga, shuningdek texnik topshiriqqa (u mavjud bo‘lganda) muvofiqligini aniqlaydi, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq texnik reglamentlar bayoni va mazmunining to‘g‘riligi tekshiriladi;
b) iqtisodiy ekspertiza - texnik reglament joriy etilishining texnik-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, shuningdek tushuntirish xatida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘riligini tekshiradi;
v) ekologik ekspertiza - texnik reglamentlar mazmunining ekologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
g) sanitariya-gigiena va epidemiologik ekspertiza - texnik reglamentlar mazmunining sanitariya-gigiena hamda epidemiologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
d) metrologik ekspertiza - O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlari bir xilligini ta’minlash tizimining normativ hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkaziladi;
e) terminologik ekspertiza - hujjatning davlat tilida va rus tilida ekanligini, texnik reglamentda belgilangan ilmiy-texnik atamalar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, davlat va tarmoq terminologik standartlariga rioya qilinishini tekshirish bosqichi hisoblanadi;
j) huquqiy ekspertiza - texnik reglamentlar mazmunining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshiradi.
Komissiya kotibi Komissiyaning har bir a’zosini, o‘z vakolatlari doirasida ekspertizadan o‘tkazish uchun, ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami bilan ta’minlaydi.
Komissiyaning har bir a’zosi ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab ekspertiza natijalari bo‘yicha o‘z mulohaza va takliflarini Komissiya kotibiyatiga 15 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yuboradi.
Komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Texnik reglamentning kiritilgan loyihasi bo‘yicha Komissiya xulosasini berishning umumiy muddati loyiha ko‘rib chiqish uchun tushgan sanadan boshlab 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Komissiyaning xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda umumiy texnik reglamentlar loyihalari belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, maxsus texnik reglamentlar loyihalari esa - tasdiqlash uchun tegishli vakolatli organlarga kiritiladi.
Komissiya raisi qarorlarning tezda qabul qilinishi uchun so‘rab chiqish yo‘li bilan Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Komissiya qarorini tasdiqlashi mumkin.
Komissiya xulosasining asl nusxasi va unga doir materiallar vakolatli organ Komissiyasi kotibiyatida saqlanadi.
Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
Komissiya qarorlarining ijrosini nazorat qilish ishchi organ va Komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə