Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi Mundarija: Kirish I bob Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi


II Bob Sportchini tayyorlash tizimi



Yüklə 64,04 Kb.
səhifə8/10
tarix11.12.2023
ölçüsü64,04 Kb.
#143934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi Mundarija -fayllar.org

II Bob Sportchini tayyorlash tizimi.
2.1 Sport trenirovkasi maqsadi va vizifalari.
Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni ko’ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatadilar va trener bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo’yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o’z navbatida, mashq jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur etadi:
-bugungi sportchilar erishgan yuksak ko’rsatkichlar darajasini yanada yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini, shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qo’llanilib kelayotgan bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.
-eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va ustuvorligiga, ularning ustma-ust bo’lib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka bo’lgan talabni benihoya oshiradi.
-yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarlikning shu qadar yuksak cho’qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko’tarilish eng og’ir va eng murakkab vazifa bo’lib qoldi, shunga ko’ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur bo’lib qoldi.
-mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, og’irlashib ketdiki, uni yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi ko’ndalang qilib qo’yildi. SHu bilan birga, mashg’ulot samaradorligini oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda bo’lish zarurati tug’ildi. SHunga ko’ra birinchidan, turlicha imtiyozli yo’nalishlarda bo’lgan yuklamalar o’rtasidagi eng ko’p foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi o’rtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini to’la amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni ko’zda tutadi.
-mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni ta’minlovchi funksional uslublarga to’la qonli ta’sir ko’rsatish va bunday uslublarni o’ta yuksak faoliyat darajasiga ko’tarish bilan bevosita bog’liqdirki, endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab yetkazishning o’ta murakkab muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sog’lom aql va hissiyotga suyangan holda hal qilib bo’lmaydi. Sportchini tayyorlab yetkazish usullari ilmiy-metodik asoslar majmui, shuningdek, sportchilarni muayyan mutaxasislar bo’yicha tayyorlashni izchillik bilan amalga oshiruvchi tashkilotlar (muassasalar) xamjihatligi samarasidir.5
1. Bu majmua ichida eng katta yuklama sportchining zimmasiga tushadi, chunki aynan shu sportchi bir qator harakatlar (ilm olish, rivojlanish, tarbiya, mashg’ulot, musobaqa, oragnizmini qayta tiklash) ta’siriga to’qnash kelishi kerak. Vaholanki, sportchi o’ziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiy-texnik va xo’jalik ta’minoti, ilmiy metodik ta’minot, guruhlarisiz musobaqaga tayyorlana olmaydi. Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy, ham aqlan, ham ahloqan) rivojlanishi, shuningdek, jismoniy, texnik taktik, aqliy, funksional jihatdan tayyorlangan bo’lishini talab qiladi.
G’oyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-irodaviy hislatlarining tarbiyalash birinchi o’ringa qo’yilgan, zero ushbu faoliyatlar yaxshi yo’lga qo’yilgan taqdirdagina, o’zini, trenerni, komanda a’zolarini, raqibini va boshqalarni amaliy hurmat qilishi mumkin. Murabbiy bilan sportchi yuqorida ko’rsatilganidek ezgu vazifalarni rivojlantirish bilan bir paytda, sport qonunini buzuvchilarga qarshi, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va o’zga ahloqsizlarga qarshi hamma joylarda ham muntazam ravishda kurash olib borishlari kerak. Sportchilar orasida bosar-tusarini bilmay qolgan, og’zi katta, mutakabbirlar, chempionlik shaxsiga sig’inishni talab qiluvchilar ko’p uchrab turadi. Sportchilar tarbiyasining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, modalar ketidan quvish, sportchilarimiz sha’niga (ayniqsa, chet ellarda) dog’ tushirish kabi salbiy qilmishlar mavjud. Musobaqalar va o’quv yig’inlarini rejalashtirishni ham albatta tashkiliy ish deb hisoblash kerak. Bu har qanday sport ishida eng mas’uliyatli jarayondir. Musobaqalarni shunday rejalashtirish kerakki, ular sport mashg’ulotlari o’tkaziladigan muddatlarga albatta mos tushishi, o’z amaliyotiga qarab tadrijiy ravishda o’tkazilsin, shuningdek, eng yirik musobaqalarning qanday sharoitda (iqlim, joyning dengiz sathidan qancha balandligi, vaqt mintaqasi va boshqa) o’tkazilishi ham hisobga olinishi kerak. Musobaqalarni yillik sikl rejasiga to’g’ri taqsimlash, sport natijalarining o’sishini jadallashtiradi, musobaqa sharoitiga moslanishiga imkon tug’diradi.
O’quv yig’inlarini tashkil qilish va o’tkazish uslubi ham musobaqalar darajasi (rangi)ga bog’liq: bunday yig’inlarda bajariladigan har bitta ish nihoyatda puxta o’ylanishi kerak. Masalan: sportchilarni yig’in o’tkaziladigan joyga olib borish; mashg’ulot kunlarning puxta rejalashtirilgan tartibi, dam olish; ovqatlanish tartibi, mashq o’tkaziladigan joylar va hokazo ishlar. Bulardan tashqari, tarbiyaviy ishlar, tibbiy hizmat, ilmiy-metodik ta’minot amalga oshiriladi. Yig’inlar turlicha yo’nalishda bo’lishi mumkin: o’quv-mashq yig’ini, kuch yig’ish yig’ini, nazorat-tayyorgarlik yig’ini, musobaqa yig’ini va hokazo. SHuni ham aytib o’tish joizki, yig’in bo’ladigan joylarda sportchi uchun yaxshi sharoit yaratish lozim.
O’quv-yig’inlarini uyushtiruvchilar boshqa tashkilotlar bilan yaxshi aloqa o’rnatgan bo’lishlari zarur. Sport haqida ma’lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish yo’li bilan, nafaqat sportning bugungi mavqeini, shuningdek, kelajagini ham ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Bu o’rinda turli xil muvoffiqlashtirish xizmatlari mujassamlanadi (murabbiy, sportchi, shifokor, psixolog, metodist va boshqalar ular yangi texnik harakatlarni tuzilishi, amaliy murakkab mashg’ulotlarga funksional tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik kabi masalalarni birgalikda hal qiladilar, ya’ni sportchilar 2005 yilning modelini tuzadilar.
Terma komandalarni bunday mutaxassislar bilan ta’minlash uchun hamma yerda muntazam ravishda yangi kadrlar tayyorlash va eski kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini olib borish kerak. Hozirgi kunda terma komandalar uchun oliy toifadagi trenerlarning malakasini oshiruvchi bir yillik kurslar ochilmoqda. Sport hakamlaridan nainki, hakamlik mahorati, balki shuningdek jismoniy, funksional tayyorgarlik ham talab qilinmoqda. Murabbiylar uchun ilmiy va metodik konferensiyalar o’tkaziladi, oliy darajadagi mutaxassislarni taklif qilish yo’li bilan murabbiylar tajriba almashadilar va vaqti - vaqti bilan qayta attestatsiya qilinib turiladi. O’quv yig’inlari va musobaqalar paytida sportchilarning bo’sh vaqti va dam olishini to’g’ri tashkil qilish va samarali o’tkazish zarur. Terma komandalarda g’oyaviy-siyosiy tarbiya ishlari, komanda a’zolarining yoshiga qarab turlicha olib boriladi. Sportchilarning g’oyaviy-siyosiy tarbiyasi tarkibiga nazariy seminarlar, siyosiy axborotlar, muhim ahamiyatli sanalarga bag’ishlangan kechalar va shu singari tadbirlar kiradi. Inqilob ishtirokchilari, fuqarolar urushi va mehnat qaxramonlari, sport faxriylari bilan bo’ladigan uchrashuvlarni nihoyatda puxta o’ylab uyushtirish kerak bo’ladi. Yig’in mavsumida mehnat tarbiyasiga e’tiborni qaratish lozim (xona, sport zalida, sport maydonchasida navbatchilik qilish, baza xududini ozoda saqlash, kelgan qurilish materiallarini mashina va vagonlardan tushirish, zallarni, sport anjomlarni ta’mirlash, oshxonada, yotoqxonada navbatchilik qilish va boshqalar). Sportchini tayyorlash tizimida moddiy-texnika ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni to’ldirish, mashg’ulot joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan to’g’ri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash masalalari yaxshi yo’lga qo’yilmagan, sport ashyo -anjomlari (ham standart, ham nostandart anjomlar, ham bolalar uchun mo’ljallanganlari)ning sifati past, trenajyor uskunalari yetishmaydi.

Sportchini kurashga tayyorlash tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash uchun, birinchi navbatda bo’lg’usi sportchining modelini tuzish zarur. Sportning ko’p turlari bo’yicha (yugurish, suzish, disk va nayza uloqtirish, balandga va uzunlikka sakrash, velosiped poygasi, bo’lib qatnashgan va boshqalar), modellar ishlab chiqilgan. Ayni paytda, u turlarning tarkibiy qismi va o’lchamlari ham tayyorlangan bo’lib trenerlar sportchilarni harakat texni-kasidagi holatlarni to’g’rilash chog’ida, hamda sportchini boshqa turli xil vositalar bilan musobaqaga tayyorlayotgan chog’larida mazkur o’lchamlarga suyanishlari mumkin.


Terma komandalarni ilmiy jihatdan ta’minlash, MDX bo’yicha o’tkaziladigan hamda mas’uliyatli xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida, har qaysi nomdor sportchining jismoniy xususiyatlari, mashq qilish usullari, qanday yuklamaga qurbi yetishi, turmush tarzi va o’zga jihatlari imkoni boricha to’laroq ma’lumot oli zarur. Bu sohada raqib komanda yoki raqibni uslublarini bilish razvedkasi tobora rivojlanib borishi kerak. Ta’minot bilan shug’ullanuvchi ilmiy-uslubi guruh mashq jarayonini boshqarish, sportchining sport formasiga kirishishi, sport formasining dinamikasi bo’yicha albatta o’z mulohazasini aytishi kerak.
Murabbiy mashg’ulot jarayonini amalga oshirar ekan, sport dargohida faqat istiqbolli bolalarni vijdonan tanlab olish (bu pedagogik, ijtimoiy, psixologik, metodik–biologik usullardan tarkib topgan xarakterlar majmuining tashkiliy–metodik tadbirlari tizimi bo’lib, sport mutaxassisligiga tanlanayotgan bolalarning iste’dodi va qobiliyati mazkur usullar yordamida aniqlanadi), ularning qaysi sport turiga layoqatli ekanligini aniqlash (hozirgi paytda sportning 16 turi bo’yicha bolalarni saralashning ham miqdoriy, ham sifatiy tuzilmasi aniqlangan) farz va qarzdir. Lekin har qanday vaziyatda ham trener bolalarni sportga tanlarkan, ulardagi ijobiy omillar yig’indisiga e’tibor berishi va albatta bolaning astoydil ishtiyoqli, mehnatga layoqati va o’ziga xos xislatlarini hisobga olishi shart.
Har bir trener sportchini tayyorlab yetkazishda uning shaxsiy iste’dodi va alohida xususiyatlariga suyangan holda, o’z usuli bo’yicha ish ko’radi. SHuni ham aytish kerakki, trener har qancha tajribali bo’lsin hamma vaqt ham har qanday sportchidan mashhur sportchi yetishtira olmaydi. Masalan: 100 metrga yugurishda bir xil natijaga (10.1-10.2 soniya) erishgan sportchilar: A.Xarri, Merchi va Robert Xeyeslar agar bitta trener bilan mashq qilganida bormi, ulardan uchta sprinter yetib chiqishi amri mahol edi. Juda nari borsa, ulardan faqat bittasi yuqori natija ko’rsatishi mumkin edi. Hozirgi trenerlar mashq va musobaqa yuklamasini rejalashtirishni o’rganib olganlar, lekin sportchi kuchini to’plashni rejalashtirishni mutlaqo bilmaydilar bu jarayoni o’z holiga tashlab qo’yilgan, ya’ni sportchi kuch yig’ish usullarini o’zi qidiradi (massaj, sauna, passiv dam, nazoratsiz ovqatlanish - xullas, kuch tiklanishning butun rejimi). Biroq, eng yuqori malakali katta trener ham sportchi bilan munosabat qilgan va o’z asosiy mutaxassislik burchini bajarayotgan chog’ida, bir qator ob’ektiv qiyinchiliklariga duch keladi.
Murabbiy mustaqil ravishda sportchidan mashq paytida yuz berishi mumkin bo’lgan har qanday tasodiflarni xotirjamlik bilan qarshi olishni talab qilarkan, uning ortiq darajada hayajonlanishiga, achchiqlanishiga, o’zboshimchalik qilishga mutloqo yo’l qo’ymasliligi kerak. Mashg’ulot jarayonini omilkorlik bilan samarali boshqa-rishning asosiy sharti mashg’ulot jarayonining tarkibiy qism-larini doimiy ravishda tahlil qilishdir. Bunday tahlilning asosiy tomoni quyidagilardan iborat:
1.Sportchilar tomonidan bajarilgan hamma ishni hisobga olish;
2.Sportchining ahvolini (uning mazkur ishga munosabatini) nazorat qilish, bunday nazorat natijasida sportchining holati haqida jismoniy, texnikaviy malakasining sifatiy rivojlanish sur’ati haqida va mashq yuklamalarini qay darajada bajara olishi haqida xolis ma’lumotlar olish mumkin.
Tavsiya qilingan yuklamalar sportchi organizmi imkoniyat-lariga mos tushganini bildiruvchi alomatlar: uning yaxshi kayfi-yatda bo’lishi, xamma narsadan xafasalasi pir bo’lishi, mashqdan ko’ngli sovishi mumkin. YUklamalarni organizmining funksional holatiga qanchalik mos tushganini puxta aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanish lozim bo’ladi: mashg’ulotlarni qiyosiy tahlil qilish, aql-farosatni nazorat qilish, sportchining o’z-o’zi-ni nazorat qilishi, shifokor nazorati.



Yüklə 64,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə