Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi Mundarija: Kirish I bob Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi



Yüklə 64,04 Kb.
səhifə6/10
tarix11.12.2023
ölçüsü64,04 Kb.
#143934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi Mundarija -fayllar.org

4-jadval

Moddiy-texnik ta’minoti


Baza qurilishi


Sport formasi bilan ta’minlash


Mashg‘ulot uchun joy tayyorlash


Anjom-uskunalarni takomillashtirish, trenajerlar yaratish


Apparatlar bilan ta’minlash


O‘quv yig‘inlari va musobaqalar o‘tadigan joylarda xo‘jalik ishlari.


Sportchini tayyorlash tizimida moddiy-texnika ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni to‘ldirish, mashg‘ulot joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan to‘g‘ri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash masalalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, sport ashyo -anjomlari (ham standart, ham nostandart anjomlar, ham bolalar uchun mo‘ljallanganlari)ning sifati past, trenajyor uskunalari yetishmaydi.

Sport formalari, anjomlari, uskunalari o‘zgarmoqda, sport natijalarining bo‘lg‘usi qiyofasi ham o‘zgarmoqda.
5-jadval

Tibbiy ta’minot


Jismoniy mashq yuklamasiga chidamlilik xolatini operativ va chuqur nazorat qilish


Kasallikni oldini olish (profilaktik) tadbirlar


Davolash tadbirlari


Tiklanish


Hozirgi shifokorlar sportchining mashg‘ulotga chidamlilik holati haqida faqat o‘z amaliy ko‘rsatkichlari bilan chegaralanib sportchining umumiy mashg‘ulotga qay darajada chidamli ekanligi xaqida gapirmaydi.

Muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish (bu vazifani davolash fizkultura dispanserlari bajaradi), davolash pedagogik kuzatuvlar, o‘z salomatligini o‘zi nazorat qilish va oliy darajadagi sportchilarni tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan boshqa majmuali nazorat shakllari (masalan bosqichma bosqich va joriy majmuali tekshiruvlar) eng muhim ahamiyatga egadir.
Bu ishlarinng hammasi har bir sportchi uchun berilgan yuklamaga qanchalik chiday olishini aniqlashda, yuklamalarni me’yorga solishda va ularning og‘ir yengilligini, shuningdek, mashq qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda mashq jarayonini rejalashtirishda katta yordam ko‘rsatadi.
Shifokorlar profilaktika ishlari bilan shug‘ullanmay-dilar, rejalashtirish sifatining pastligi uchun javob bermay-dilar, ularning shaxsiy tayyorgarlik rejalari nomigagina tuzilgan o‘quv mashq yuklamalari ustidan nazorat qilish saviyasi past.
Sportchining salomatligi, funksional holati, uning psixologik jihatdan musobaqalarga shayligi va shu kabi boshqa jihatlari haqida amaliy ma’lumot yo‘q.
Tibbiy nazoratning vazifasi-sportchilarni har yili dispanser ko‘rigidan o‘tkazish, funksional tayyorgarlik sinovlarni ishga solish, nazoratni musobaqaga tayyorgarlik oldidan o‘tkazib, keyin kamida 3-4 oyda bir martadan joriy kuzatuv o‘tkazilib turilishi joiz.
Sportchining ish qobiliyati samarali tiklash va oshirishga qaratilgan tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) organizmning qattiq charchashi va o‘ta zo‘riqishini bartaraf qiluvchi maxsus gigienik tadbirlar (bu tadbirlar, kuch-quvvatni tiklovchi pedagogik vositalar deb ham yuritiladi).
b) psixologik tadbirlar. Sportchi ruhiy holatini tartibga solishning psixo-profilaktik va psixo-terapevtik usullari autagen (mustaqil mashq, ruhiy holatni tartibga soluvchi (psixore-gulyatsiya) mashq, gipnoz bilan uxlab dam olish). Sportchining izzat-nafsiga qattiq tegmaslik, uning ruhiyatini avaylash uchun qulay psixologik mikroiqlim yaratish, rahbarlar, trenerlar, hodmlar sportchiga nisbatan xushmuomila bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari, ruhiy keskinlikni bartaraf qiluvchi usullar va mashg‘u-lotlardan, dam olishning turli xil ko‘ngilochar vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi.
v) har turli jismoniy omillardan va organizmni qayta tiklash apparatlaridan keng ko‘lamda va kompleks usulda foy-dalanish.
g) tarkibida yuksak biologik qiymatga ega iste’mol preparatlari bo‘lgan taomlardan, quvvat va salomatlikni tiklash uchun xizmat qiluvchi maxsus ozuqa omuxtasidan, shuningdek, inson organizmida modda almashinishi oralig‘ida iste’mol qilinuvchi ozuqalar (qahrabo va limon kislotasi)dan, biokimyoviy jarayonga ta’sir etuvchi preparatlardan foydalanish.


Yüklə 64,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə