Spermiogenez Chang donasi po‘stining tuzilishi



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə7/10
tarix10.10.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#126542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Meyozning zigota tipi. Meyoz bo‘linish urug‘lanish ro‘y berganidan keyin zigotani birinchi bo‘linishida amalga oshadi. Meyozning zigota tipdagi bo‘linishi, ko‘pchilik suvo‘tlarga va sodda hayvonlarga xos. Ularning hayotiy davrida gaploid holat ko‘p muddat davom etadi. Yashil suvo‘tlardan Oedugonium turkumining ikki uyli ipsimon tuzilgan vakillarida oogam tipda urug‘lanish sodir bo‘ladi (rasm).
Bu suvo‘tda erkak va urg‘ochi hujayralar alohida iplarda hosil bo‘ladi.
Dastlab hujayrada ikki marta mitoz bo‘linish ro‘y berishi natijasida spermatozoidlar va tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Spermatozoidlar yaxshi rivojlangan xivchinli apparatga ega, uning yordamida harakatlanib yetilgan tuxum hujayra bilan qo‘shiladi. Buning natijasida yuzaga kelgan diploid yadroli zigota meyoz tarzda bo‘linadi. Natijada to‘rtta gaploid oosporalar hosil bo‘ladi. Ular tinim davrini o‘tamay substratga o‘tirib unib, yangi vegetativ ipga aylanadi. Bu tarzda hosil bo‘lgan edagoniy iplarining hujayralarida n miqdorda xromosomalar va S miqdordagi DNK bo‘ladi.
Meyoz jarayonning bu tipda ro‘y berishi gametalarning qo‘shilib zigota hosil qilganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmay dastlabki holat hosil qilganligi tufayli meyozning birlamchisi deb qarash mumkin.
Meyozning gameta tipi. Bu tipda bo‘ladigan meyoz gametalarni yetilish davrida amalga oshadi. Gameta tipidagi meyozning bu tipi ko‘p hujayrali hayvonlarda shuningdek, ayrim tuban o‘simliklarning rivojlanishida ro‘y beradi (9-rasm).
Hayotiy davrasi bu tipdagi meyoz bilan o‘tadigan organizmlarda diplo davr ustunlik qiladi. Bu tipdagi meyoz gametogenezda (ovogenez va spermatogenezda), ya’ni erkak va urg‘ochi gametalarni hosil bo‘lish davrining bir qismida ro‘y beradi. Erkak jinsiy hujayralarning meyoz bo‘linishi natijasida xromosomalarning soni bilan farqlanadigan to‘rtta gametalar hosil bo‘ladi.
Urg‘ochi jinsiy hujayralarning meyoz bo‘linishi natijasida bitta katta tuxum hujayra va uchta mayda hujayralar-markaziy tanachalar hosil bo‘ladi. Bu mayda markaziy tanalar organizmdagi jinsiy jarayonda ishtirok etmaydi, shu boisdan ular yo‘q bo‘lib ketadi.

rasm. Odam va hayvonlarda spermatozoidlarni (A) va (B) tuxum hujayraning hosil bo‘lishi. Meyozning gametali tipi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə