Sotsiologiya maktabi va funksionalizm


A.Radkliff-Braun (1881-1955yy)



Yüklə 24,5 Kb.
səhifə3/3
tarix03.06.2022
ölçüsü24,5 Kb.
#88636
1   2   3
Sotsiologiya maktabi va funksionalizm

A.Radkliff-Braun (1881-1955yy). Alfred Radkliff Braun Kembridj universitetida o‘qigan. Universitetdagi o‘qishni tugatgandan so‘ng Avstraliyadagi Andaman orollaridagi aborigenlar orasida va Afrikada dala tadqiqotlari olib borgan. Kapshtadta, Sidney universitetlarida ishlagan. Ilmiy faoliyatining oxirgi 20 yilida Oksfordda tadqiqotlar olib borgan. 30-yillar oxiridan boshlab Buyuk Britaniya Qirolligi etnografiyasi instituti prezidenti bo‘lgan. Etnografiyadagi funksionalizm oqimining yana bir yirik namoyandalaridan biri Alfred Radkliff Braun Riversning shogirdi bo‘lib, fanda ingliz struktrializmi Yoki strukturaviy funksionalizm degan yangi Yo‘nalishni olib kirgan. Bu Yo‘nalishning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur nazariyada jamiyat haYotini, odamlar ongi va munosabatlari hamda madaniyatini funksional va strukturaviy tahliliga oid qarashlari umumlashtiradi. Radkliff Braun o‘zining asosiy qarashlarini 1950 yilda chop etilgan «Etnografiya va sotsial antropologiya metodi» va 1952 yilda e’lon qilingan «Madaniyatning tarixiy va funksional talqini» hamda «Primitiv jamoaning tuzilishi va funksiyasi» nomli kitoblarida ifoda etgan.
Radkliff Braun qarashlariga ko‘ra, insonni o‘rganuvchi asosiy fan antropologiya bo‘lib, uch asosiy Yo‘nalishga-odam biologiyasi, qadimiy arxeologiya va etnografiyaga bo‘linadi. Etnografiya esa o‘z navbatida etnografiya va sotsial antropologiyaga bo‘linadi va ularning har bir o‘ziga xos maxsus uslublariga egadir.
U etnografiya deb alohida xalqlarni aniq tarixiylik prnsiplari asosida o‘rganuvchi, ularning ichki taraqqiYoti, o‘zaro madaniy aloqalarini tahlil etuvchi fanga nisbatan qo‘llashni tavsiya etgan.
Muallifning fikricha, etnografiyaning asosiy metodi Yozma manbalar asosida insoniyat madaniyatini tarixiy rekonstruksiya qilishdir.
Ijtimoiy antropologiya uning fikricha, insoniyat madaniyati o‘rganishda umuman boshqacha Yo‘nalishni aks ettiradi. Uning vazifasi aniq bir xalqlar madaniyatini rekonstruksiya qilish emas, balki xalqlarning ijtimoiy va madaniy taraqqiYotidagi umumiy qonuniyatlarni izlab topishdir. Ushbu fan tabiiy fanlarning induktiv va anologik metodlaridan foydalanadi.
Induktiv metodning mohiyati materiallarni ajratib tanlab olish va umumlashtirish bo‘lib, bu madaniy ko‘rinishlarni o‘rganishga taalluqlidir.
Yüklə 24,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə