37
Ichki nuqsonlilik kompleksi ham xuddi tashqi nuqsonlilik kompleksi kabi o’zini
o’zi oshirish xususiyatiga ega. Ya’ni kimdir biror kamchiligiga o’ta yuqori ahamiyat
berib yuborsa, kompleks uning xatti-harakatlarini shunday boshqaradiki, uning bu
kamchiligi yana-da yaqqolroq namoyon bo’ladi. Misol uchun, odamlar bilan muloqotda
bo’lish qobiliyatiga ishonmagan odam har kim bilan suhbatda o’z nuqsonini yashirishga
harakat qiladi. Buning uchun zo’r berib chiroyli va dadil gapirishga, muloqotni qiziqarli
qilishga urinadi. Ammo bu urinishlar nosamimiy, soxta muloqotni keltirib chiqaradi va
suhbatdosh bu odam rostdan ham muomala qilishni bilmasligiga amin bo’ladi.
Yoki o’z aqliy qobiliyatlarida shubhalangan odamni olaylik. Unga katta aqliy
faollikni talab etadigan ish topshirilsa, u bu ishni uddalay olmasligiga shu qadar
ishonadiki, bundan sergaklikni yo’qotib, ishni rostdan ham katta nuqsonlar bilan
bajaradi.
Navbatdagi
sir
o’z imkoniyatlaringizni baholaganingizda yodingizda tursin:
sizning miyangiz o’zini o’zi tarbiyalash xususiyatiga ega – ya’ni siz unga qanday
ko’rsatmalar bersangiz, u shunga monand ish ko’radi. Bu siz xayolingizda o’z
imkoniyatlaringizga u yoki bu jihatdan baho berib, o’zingizda shu qobiliyatlar o’sishi
yoki kamayishiga turtki berasiz degani.
Bir abiturient oliygohga imtihon topshirgan. U asosiy fanlar qatori odam zehni
darajasi va mantiqiy fikrlashini tekshiradigan maxsus IQ test sinovidan ham o’tgan.
Imtihon natijalari yozilgan xatda u 96 ball to’plab, oliygohga kirgani haqida yozilgan. U
bu natijani IQ testining 150 ballidan 96 olganman deb o’ylagan va o’zini zehni pastlar
qatoriga qo’shgan.
Butun birinchi semestr davomida u o’z aqliy qobiliyatlaridan shubhalanib o’qigan.
Shundan uning fanlardan olgan baholari juda past bo’lgan. Semestr so’nggida uni bir
fanni qayta topshirish uchun chaqirgan mualllim unga kirish imtihonlarida 100 dan 96
olgan odamdan bunday natija kutmaganini aytgan.
O’z xatosini tushunib yetgan talaba, semestr fanlarini namunali topshirib, ikkinchi
semestrda oliygoh bo’yicha eng yuqori natijalarga erishgan.
Ana shunaqa. O’z imkoniyat va qobiliyatlaringizni shubha va ishonchsizlik
xayollari bilan cheklamang. O’z kuchingiz va iqtidorlaringizga to’liq ishonib yashang –
toki bu ishonchni onggingiz iste’dodlaringizni o’stirish uchun ko’rsatma deb qabul
qilsin.
Ichki nuqsonlilik kompleksidan xalos bo’lishning eng samarali yo’li – bu
kechirishdir.
Siz
o’z
kamchiliklaringiz
uchun
o’zingizni
kechira
olsangiz,
nuqsonlaringiz hayotingizga soya solishiga imkon bermagan bo’lasiz. Bir qarashda,
juda oson narsa – o’zini kechirish, bu hammaning qo’lidan keladigandek. Lekin bu siz
o’ylaganchalik oson tadbir emas – juda ko’p odamlar o’z kamchiliklarini qabul qilib,
ular haqida qayg’urmay yashash baxtini o’zlariga ravo ko’rolmaydilar.
Sizga bir sirni ochaman – u sizga juda yoqadi: mukammallik – borki
nuqsonlardan holi bo’lish emas, teng miqdorda fazilat va kamchiliklarga ega
bo’lishdir. Mukammallikka jamiyat bergan ta’rif uni xatolardan holi bo’lishdek
tasvirlaydi. Ammo mukammallikning asl ta’rifini tabiatdan axtarish darkor. Tabiatdagi
mukammallikni qarang – har narsaning ziddi bor: havo o’ta isib ketsa, sovuq oqimlar
38
darhol bu holatni to’g’rilaydi; bir joyda bosim tushib ketsa, bu bo’shliq darhol
to’ldiriladi; tug’ilishga qarshi o’lim, yorug’likka qarshi zulmat bor. Agar bu mukammal
muvozanatning birgina elementi yo’qolib qolsa, Yerda hayot to’xtaydi. Shunday ekan,
sizga xos fazilatlar qatori, atvoringizda kamchiliklar borligi – mukammalligingizdan
dalolat. Mukammal odam esa o’z kamchiliklari uchun o’zini kechira oladi.
Kechira olish qobiliyati nafaqat sizning, balki atrofingizdagi odamlarning ham
nuqsonlari kompleks darajasigacha o’sib ketishining oldini oladi. Yaqinlaringiz va
do’st-yorlaringiz kamchiliklarini kechiring – toki ular o’z nuqsonlari sizga zarar
yetkazmayotganini bilsinlar va yengil tortsinlar. Bu o’z nuqsonlari kompleksidan xalos
bo’lishlarida siz ularga bergan eng katta ko’magingiz bo’ladi.
Navbatda aybdorlik tuyg’usi haqidagi suhbat. Hozir esa kitobni yoping-da, bir
soat aqlingizga dam bering. Aks holda u o’ta charchab ketganidan men sizga aytmoqchi
bo’lgan keyingi sirlarni tushunmay qolishi mumkin. Sizning o’zingizga vaqti-vaqti
bilan mutolaadan dam berib turish fazilatingiz bor – shuni unutmang.
Men esa hordiq chiqarib qaytishingizni sabrsizlik bilan kutaman.
Aybdorlik tuyg’usi
Aybdorlik tuyg’usi psixologik komplekslar ichida eng zararkunandasi va yengib
o’tish qiyin bo’lganidir. Uning kuchi yengil mas’uliyat hissidan tortib vijdon
azobigacha
bo’lishi mumkin. Bizning jamiyatimizda u har bir odamda bor,
adashmasam. Chunki bizni yoshlikdan juda ko’p narsalarga javobgar bo’lishga
o’rgatishadi.
Sizda xato tasavvur uyg’onmasligi uchun avvalo men sizga aybdorlik tuyg’usini
ta’riflab beray. Aybdorlik tuyg’usi – odam qilgan (yoki qilmagan) biror xatti-harakat
yoki xayol uning fikricha noto’g’ri ekanini tan olib, bu xatti-harakat yoki xayol uchun
o’z shaxsiyatidan xafa, norozi yoki hatto nafratda bo’lish holatidir. Ayatylik, siz hech
o’zingizni yomon farzand, ota-ona yoki turmush o’rtoq deb o’ylagan paytlaringiz
bo’lganmi? Biror ishingizdan pushaymon yegan va vijdon azobi qiynagan damlarni
boshingizdan kechirganmisiz? Bularning bari aybdorlik tuyg’usiga misoldir.
Kishi o’z qarorlari uchun javobgarlikni his etishi kerak, albatta. Ammo odam o’z
qilmishlaridan pushaymon bo’lishi, o’zini koyishi, aybdor yoki, Xudo ko’rsatmasin,
gunohkor his etishi mutlaqo noo’rin.
Birinchidan, siz nimaki qilmang – hammasi yaxshilikka xizmat qiladi. Agar xato
qilgan bo’lsangiz – uni tan oling, ammo u uchun o’zingizni aybdor his etishingiz shart
emas. Faqat shundagina xato sizga saboq bo’ladi va keyingi gal siz ehtiyotkorroq
bo’lasiz. Xatolar ham sizning shaxsiy o’sishingizga xizmat qilishi yodingizda bo’lsin.
Ikkinchidan, sizning xato qilishga to’liq haqqingiz bor. Siz ilohiy mavjudot
emassizki, o’zingiz qilgan xatolarni kechirolmasangiz va ular uchun o’zingizni
koyisangiz. Sizda hech kimni (hatto o’zingizni ham) gunohkor deb atash huquqi yo’q.
Shunday ekan, o’z xatolaringiz uchun o’zingizni kechiring.
Uchinchidan, siz qilgan xatti-harakat chindan ham yomon ekanini siz hech qachon
bilmaysiz. Ba’zida biz xato deb o’ylagan ishlar natijasi mutlaqo biz kutmagan – ya’ni
biz yoki yaqinlarimiz uchun manfaatli natijalarga olib kelishi mumkin. Siz bir ishning