Sitorai moxi-xossa- oy monand yulduzlar maskani



Yüklə 26,96 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü26,96 Kb.
#153597
SITORAI MOXI XOSSA


SITORAI MOXI-XOSSA- OY MONAND YULDUZLAR MASKANI.
Sitorai Mohi xossa - Buxorodagi mangʻitlar sulolasining 3 avlodiga mansub saroy — bogʻ. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar Nasrullaxon (1826—60) va Muzaffarxon (1860 — 85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885—1910)da saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910—20)da yangi saroy qurilgan. S.M.X. maydoni 6,7 ga boʻlib, eski saroy, gʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina xonalardan iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga boʻlingan murabba tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon xonasi birbiriga qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal oʻrtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning gʻarb tomoniga shohnishin taxt oʻrnatilgan. Eski saroy sharqidagi amir Olimxonning bosh qarorgohi — yangi saroyga ravoqli muhtasham darvoza oʻrnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq Oʻrta Osiyo binolariga xos boʻlmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, toʻq qizil, koʻk, gunafsha va havo rang koshin bilan qoplangan. Anʼanaviy sirkori parchinlar bilan birga Rossiyadan keltirilgan kafel qoplamalardan ham foydalanilgan. Darvozaning tepa qismiga ganchdan guldon shaklidagi bezaklar ishlangan. Yogʻochdan qilingan ikki tabaqali darvozaga milliy naqshlar oʻyilgan va mis gul mixlar bilan mustahkamlanib, nafis guldor zulfin oʻrnatilgan. Darvozaxonadan tashqi hovliga oʻtiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Darvozadan kirishda oʻng qoʻlda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shim. tomonida, gʻarb tomonida oqsaroy, jan. tomonida esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Binoga kiraverishda Gʻozgʻon marmaridan usta Abdurahim yoʻnib ishlagan sher haykallari bor. Amir qabulxonasi daxlizi devorlari ganchdan naqshdor qilib bezatilgan. Namoyonlariga naqqosh usta Oqsaroy ichkarisi Sharqning jimjimador, nafis naqshlari jozibador gullari bilan uygʻunlashgan. Devorning koʻzgulardan iborat boʻlishi va gulganchdan ishlangan bezaklarning koʻzni qamashtiradigan darajada oqligi xonani kurkam qilib koʻrsatadi. Oqsaroy 2 yil mobaynida Us t a Shirin rahbarligida (25 — 30 kishi tomonidan) qurilgan va pardozlangan. Yangi saroy rus muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Yevropa uslubida biridan ikkinchisiga oʻtiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bogning shimoliy qismida haram joylashgan. Uning gʻarbida haram xizmatkorlari uchun xonalari boʻlgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Mahalliy meʼmorlik anʼanalarini oʻzida saklab qolgan. Bogʻning qoq oʻrtasida 8 xonali koʻshk bor. Uning xonalari 8 qirrali qilib qurilgan mehmonxona atrofida joylashgan. Oshxonaning devorlari tilla va kumush suvi yugurtirib bezatilgan. Koʻshkning janubida toʻgʻri burchakli devori tokchali katta xona boʻlgan. Qolgan boshqa xonalar yotokxona va xizmatkorlar uchun moʻljallangan. Bogʻning janubida ikki qavatli masjid, katta hovuz qurilgan (1917—18). Hovuz kulrang Gʻozgʻon marmari bilan qoplangan. Binoning ichida uzun yoʻlak boʻlib, xonalari faqat bir tomondan shamollatilgan. Hoz S.M.X.da Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi, dam olish uyi va bolalar sanatoriysi joylashgan.
Sitorai Mohi xossa (Bibi Oyposhsho, Podshoh bibi) — Buxoro xonligi malikasi. Oʻzbek hukmdori Subhonqulixonning (1680—1702) xotini. XVIII asrning boshida Buxoro va uning atrofida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari homiysi. „Bibi Oyposhsho“, „Podshoh bibi nomlari bilan ham mashhur boʻlgan.
Malika Buxoro xonligining soʻnggi mustaqil hukmdorlari — Ubaydullaxon va Abulfayzxonlarning onasi, hamda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakillarining amir Haydardan (1800—1826) boshlab barcha Buxoro amirligi hukmdorlarining bibikalonidir.
Malika tarixiy manbalarda „Davron Xadichasi“, „Zamon Bilqisi nomlari bilan ham ulugʻlangan. Uni manbalarda "Podsho Oyim" nomi bilan atashmagan, lekin u dafn etilgan daxma shu nom ostida davlat muhofazasiga olingan
Sitorai Mohi xossa XVII asrning 2-yarmida Xoja Mir Abdulloh xonadonida Buxoroda tugʻilgan. Oliy tabaqaga mansub boʻlgan
Sitorai Mohi xossaning hayoti oddiy va oson kechmagan. Chunki bu paytda Ashtarxoniylar hokimiyati zaiflasha boshlagandi. Subhonqulixon (1680—1702) vafot etishi bilan mamlakatdagi inqiroz eng yuqori nuqtasiga koʻtarildi. Balx viloyati va uning atrofidagi hududlar alohida davlat boʻlib ajraldi. Fargʻona viloyatida Minglar oʻzbek sulolasining asoschisi Shohruxbiy (1709—1721) Qoʻqon xonligini tashkil qildi. 1711-yil mart oyida malikaning toʻngʻich oʻgʻli va Buxoro xonligi hukmdori Ubaydullaxon (1702—1711) fitnachilar tomonidan oʻldirildi. Davlat butkul parchalandi. Buxoro xonligi taxtiga taxminan 10 yoshlardagi malikaning ikkinchi oʻgʻli Abulfayzxonni (1711—1747) koʻtarishdi. Davlat boshqaruvi tizgini amalda bir necha qudratli amirlar qoʻliga oʻtib qoldi. Shundan soʻng Sitorai Mohi xossaning nomi Buxoro xonligi siyosiy kurashlari sahnasida paydo boʻldi. Abulfayzxonning hayoti yana kamida 15—20 yil doimiy xavf-xatarda turdi[1].
Boloyi hovuz — Registondan qolgan yagona yodgorlik
Davlat ogʻir inqirozni boshdan kechirib turgan notinch sharoitda Sitorai Mohi xossa maʼrifiy hayotga eʼtibor qaratdi. Malika oʻz mablagʻlari evaziga davlat poytaxtining Registoni atrofidagi tijorat rastalarida savdo qiluvchi musulmonlarning ibodat qilishlariga qulaylik boʻlsin deb Arkning roʻparasida jomeʼ masjidini (xonaqoh) va kambagʻal miskinlar bemalol bilim olishlariga imkon yaratish maqsadida masjid atrofiga 19 hujra (18 hujra) va alohida madrasani qurdiradi. Masjidning oldiga yigirma qayragʻoch ustunli va bir kayvonli ayvon solindi. Bu joy oʻsha davrlardayoq Boloyi hovuz nomi bilan mashhur boʻldi[1].
Boloyi hovuz masjididan tashqari malika oʻz mablagʻidan Labi hovuzda sinchdan yana bir masjid qurdirgan. U tarixda Volidai xon masjidi nomi bilan atalgan. Hozirda saqlanib qolmagan


Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohon — Shohlar daxmasi (Podshohlar xilxonasi)
Sitorai Mohi xossa oʻlimidan soʻng Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonda oʻzi marmar va gʻishtdan qurdirgan daxmaga dafn etilgan. Bu daxma foydasiga malika koʻplab vaqflar taʼsis etgan. Rasmiylashtirilgan vaqf hujjatiga koʻra, Boloyi hovuzdagi inshootlar (masjid va madrasalar) va daxmaning taʼminotiga Hasanobod mavzesida 13 500 (15 000) tanob yer vaqf etilgan. Yerdan tushadigan daromadning yarmi daxma foydasiga sarf etilishi kerak boʻlgan. Daxmaning taqsimoti 9 qismga boʻlinib quyidagicha sarf etilishi shart etilgan: har kuni bu yerga kelib Qurʼon tilovat qiluvchi 2 nafar hofizlarga 2 hissa; Iyd kunlari va har juma va dushanba kunlari bu yerga tashrif buyuruvchilarga osh pishirib berish uchun 5 hissa; daxmada kecha-kunduz goʻrbonlik (qorovullik) va farroshlik qilish uchun 2 nafar gʻulom (qul) va 2 nafar kanizaklarga (choʻrilarga) xizmat haqqi sifatida qolgan 2 hissa berilishi kerak edi. Bu hissa ulardan keyin avlodlariga berib borilishi va ular otalarining vazifasini davom ettirishi kerak boʻlgan
Sitorai Mohi xossa Subhonqulixonning xotini boʻlib, ulardan Buxoro xonligining soʻnggi mustaqil hukmdorlari — Ubaydullaxon (1702—1711) va Abulfayzxonlar (1711—1747) dunyoga kelishgan
Malikaning Abulfayzxondan boʻlgan nabirasi Shamsiya bonu Mangʻitlar oʻzbek sulolasining vakili Amir Shohmurodga (1785—1800) turmushga chiqadi. Shu tariqa, Amir Haydardan (1800—1826) boshlab barcha Buxoro amirligi hukmdorlari uning avlodlari boʻlishadi
Sitorai Mohi xossa — Buxoro amirligi hukmdorlarining yozgi qarorgohi
Buxoro amirligi hukmdorlari tomonidan Buxoroga yaqin hududda barpo etilgan bogʻli yozgi qarorgoh ularning bibikalonlari nomiga Sitorai Mohi xossa deb nomlangan. Qarorgoh ilgarilari malikaga tegishli boʻlgan bogʻlardan birida bunyod etilgan Hozirda bogʻli qarorgohning bir qismi saqlanib qolgan. Boshqa bir qismida esa Sitorai Mohi xossa nomli sanatoriy faoliyat yuritib turibdi.
Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonda Sitorai Mohi xossa dafn etilgan daxma "Podsho Oyim daxmasi" nomi ostida davlat muhofazasiga olingan, Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan Eng qizigʻi, tarixiy manbalarda ushbu malikaga nisbatan "Podsho Oyim" nomi umuman qoʻllanilmagan.
XX asrning birinchi yarmida daxmaning ustida biri Sitorai Mohi xossaga, ikkinchisi uning singlisiga atab qoʻyilgan, nafis oʻyilgan 2 koʻk marmar qabrtoshlari boʻlgan. Bu toshlar Buxoro osori atiqa qoʻmitasi tomonidan Buxoro muzeyiga topshirilgan. Keyingi izlanishlar natijasida malikaga atab oʻrnatilgan qabrtoshga temuriy Sulton Ahmad Mirzoning (1469—1494) oʻgʻliga tegishli ekanini bildiruvchi yozuvlar oʻchirilib, Sitorai Mohi xossaga dahldorligini bildiruvchi yozuvlar bitilganligi aniqlangan. Qabrtoshi hozirda Bahouddin Naqshband majmuasidagi Doniyolbiy madrasasida tashkil etilgan muzeyda saqlanmoqda
Afsuski, amirning taqdiri Rossiya qo‘shinlarining Buxoroga bostirib kelishi bilan o‘zgardi. Amir o‘zining hashamatli saroyini tashlab Afg‘oniston Qirolligiga qochib ketishga majbur bo‘ldi. Xuddi shu joyda, ko‘z nuridan ajralgan Amir vafot etdi. O‘z davrida Amir hamma narsaga: sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan oltinlar, shohona hayot, ko‘plab mukofotlar, rafiqalar va o‘nlab joriyalar va, albatta, ajoyib qarorgohlarga ega edi.
Sitorai Mohi Xosa qarorgohi ikki qismga bo‘linadi: eski (sharqona uslubda) va yangi (Yevropa uslubida). Qadimgi saroy XVIII asrda qurilgan. Yangi kompleks XX asrning boshlarida Amir Said Olimxon tomonidan qurilgan.
Saroy qurilishiga nafaqat Buxoroning eng yaxshi me’morlari, balki rus me’morlari ham jalb qilingan. Shuning uchun saroyning tashqi va ichki ko‘rinishi Rossiya va Yevropaning mamlakatlari qarorgohlariga o‘xshaydi. Saroy erkaklar va ayollar uchun mahsus ikki qismga bo‘lingan.
Amir saroyiga olib boruvchi yo‘lda sizni ko‘zingizga birinchi bo‘lib hashamatli tarzda bezatilgan darvoza tashlanadi. O‘rta Osiyo me’morchiligiga xos bo‘lmagan tarzda yasalgan ushbu darvoza qizil, to‘q qizil rangli bezaklari bilan sizni hayratga soladi.
Qarorgoh nomiga mos ravishda oy shaklida qurilgan bo‘lib, qarorgoh nomini tarjima qilsangiz “Oyga o‘xshash Yulduz” degan ma’noni anglatadi. Qarorgoh o‘rtasida hovuz joylashgan. Buxoroning issiq ob-havosidan farqli o‘laroq Qarorgoh iqlimi shaffofdek tuyuladi. Saroyning tashqi ko‘rinishi naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan; tomning chetida dekorativ vazalar bilan to‘siqlar joylashtirilgan. Binoning bir tomoni ayvon arkli ko‘rinish bilan bezatilgan. Ayvon ustunlar bilan bezatilgan va uning bezaklari nafis feruza ranglarida yaratilgan. Saroyning marosim kirish eshiglaridan biriga ikki sher haykali himoya qilish ma’nisida joylashtirilgan.
Maqbaraning ichki ko‘rinishi o‘zining hashamati, go‘zalligi va bezaklari sizni jalb qiladi. Devoriy suratlar, ranglar ulardan taralayotgan ranglar jilosi diqqatni tortadi va bunday go‘zallikdan ko‘zni uzib bo‘lmaydi.
Saroyning ichki xonalari orasida o‘zining rang barang oynalari bilan yozgi xonasi ajralib turadi, keng devorli oshxonasi, Vazirlar qabulxonasi va devorlari oynali bo‘lgan katta oq zal mavjud. Zalning devorlari ganchda badiiy ishlov berilgan bo‘lib bu juda hashamatli ko‘rinadi. Xonalarning ajoyib go‘zalligi, Buxoro ustalari va bezakchilari usta Shirin Murodov va Hasanjon tomonidan amalga oshirilgan. Har bir naqsh rassomning shahsiy mahoratidir.
Saroyning bezatishda o‘sha davrdagi yevropa va sharqona uslubda amalga oshirilgan. Xonalarda Venetsiya va Yapon uslubida bezatilgan ko‘zgularning betakror go‘zalligini ko‘rish mumkin; rangli bezaklar va mozaikalar, ko‘plab san’at buyumlari, ko‘zalar va haykallar, Buxoro gilamlari, muhtasham osma chiroqlar va qadimiy mebellar bir-birini to‘ldiruvchi bezaklar sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ko‘plab hashamatli interyer bezaklar eksponatga aylanib, Amirning shahardan tashqaridagi qarorgohi amaliy san’at muzeyiga aylandi
Yüklə 26,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə