She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling



Yüklə 22,55 Kb.
tarix08.03.2023
ölçüsü22,55 Kb.
#102110
G\'azal


  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Kimki jahon ahlida inson erur,


Bilki, nishoni anga iymon erur (A.Navoiy. “Hayrat ul-abror”)


  1. Savollarga javob bering.

  • “Hayrat ul-abror” asari nechta maqolotdan iborat?

  • Navoiy “Xamsa”sidagi asarlarni sanang.

  • Baytda shakldosh so’zlarni qo’llash qaysi san’atni yuzaga chiqaradi?




  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar hinodin lolarang,


G‘ozadin yuzlarda tob-u , o‘smadin qoshlar tarang
Tushunariz so’zlar: g’ozaqizil rangli elik, tob – nur, jilo

  1. Savollarga javob bering.

  • Musammatlarga 3 ta misol ayting.

  • Tashxis qanday she’riy san’at hisoblanadi?

  • Imom al-Buxoriyning ustozi kim?




  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Meni shaydo qilodurg’on bu ko’ngildur, bu ko’ngil,


Xor-u rasvo qilodurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul.


  1. Savollarga javob bering.

  • Ogahiyning tarjimalarini ayting.

  • Xoja haqidagi ma’lumotlar kimning qaysi asaridan bizgacha yetib kelgan?

  • Farhodning ustozlari kimlar va ular Farhodga qanday bilimlar bergan?




  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

  1. Savollarga javob bering.

  • “Qissasi Rabg’uziy” asarida nafs haqida nima deyilgan?

  • Barchinning sepi nechta nor tuyaga yuk bo’ladi?

  • Farhodning yurti…




  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Ayoqingg’a tushar har lahza gisu,


Masaldurkim: “Charog’ tubi - qorong’u”.
So’zlar izohi: masal - maqol, gisu – soch

  1. Savollarga javob bering.

  • A.Navoiy nafs haqida qanday fikr bildirgan?

  • Alpomish shajarasini ayting.

  • Bir soatlik adolatning savobi qanday bo’ladi?




  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Beshak, biling, bu dunyo barcha eldan o’taro,


Inonmag’il molinga bir kun qo’ldan ketaro.


  1. Savollarga javob bering.

  • N.Ganjaviy “Xamsa”sidagi asarlarni sanang.

  • “Hayrat ul-abror” asarining 3-maqoloti qanday nomlanadi?

  • Badiiy adabiyotda qanday insonni komil inson deyiladi?




  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Emas oson bu maydon ichra turmoq,


Nizomiy panjasig’a panja urmoq.


  1. Savollarga javob bering.

  • “Farhod va Shirin” dostonini muallif qanday doston deb ta’rif bergan.

  • “Hayrat ul-abror” asarining 1-maqoloti nima haqida?

  • Barchinoy qaysi muchalda tug’ilgan?



  1. She’riy matn mazmunini aytib bering va undagi qofiyalanish tizimini tahlil qiling.

Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,


Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit


  1. Savollarga javob bering.

  • Navoiy va Furqat bu ikki ijodkorga xos bo’lgan qanday umumiylik bor?

  • Qaysi shoir tog‘lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‘zalga o‘xshatadi?

  • O’zbek she’riyatida qaysi she’riy vaznlardan foydalanib kelinmoqda?

Yüklə 22,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə