ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagog olimlar, psixolog va
faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Ijtimoiy muhit – inson ko’rib turgan,
uning mavjudligini, shakllanishini
ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning majmuasi. Ijtimoiy muhit
keng ma’noda (makro muhit) umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim ishlab chiqarish
munosabatlari,
ijtimoiy munosabatlar, jamiyat madaniyatini qamrab oladi. Tor
ma’noda (mikromuhit), umuman ijtimoiy muhitning tarkibiy qismi sifatida bevosita
insonni o’rab turgan oila, mehnat, o’quv va h.k. Jamoalar va guruhlarni o’z ichiga
oladi. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir
ko’rsatadi
3
.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat
faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z
navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi
mumkin.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga
oshiriladi. Ya’ni,
birinchidan
, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil
bo‘ladi;
Dostları ilə paylaş: