Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari



Yüklə 3,09 Mb.
tarix11.09.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#121658
Ijtimoiy ustanovka

Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari

Reja:

  • Ustanovka tushunchasi.
  • Shaxs ustanovkalari – shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat;ar jarayonida muhim omillarda biri ekanligi.
  • Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari: set va attitud shaxs ustanovkalarinig o’ziga xos bosqichi va ko’rinishi ekanligi.
  • Ustaovkaning kognitiv, affektiv va konativ qismlari.
  • Ustanovkaga oid V.Yadovning dispozitsion kontseptsiyasi va uning mohiyati.

Ustanovka - shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir.

  • Ustanovka inglizcha set so'zidan olingan bo’lib, ko’rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo’l-yo‘riq ko’rsatish ma’nolarida qo’llanib kelinadi.

Ustanovkalar dunyoni bilishning samarali usulidir. Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisbatan ma’lum bir munosabat mavjud bo’lsa, bu munosabat bizning his-tuyg‘ularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi bizning ustanovkalarimiz bilan bog’liqdir. (M: millat va xalq haqidagi tushunchalarimiz

Ustanovka - insonning o‘zi bilmagan holda yon-atrofidagi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosabat bildirishidir.

Ustanovka - bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir.

Ustanovka — insonning ichki o'ziga xos tuyg'ularini namoyon etishga ruhan tayyorlik holatidir.

Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qimmati bilan uzviy bog'liqdir.

Umumiy psixologiyada USTANOVKA deyilganda subektning faoliyatga tayyorligi tushuniladi.

Ustanovka va ijtimoiy ustanovka tushunchalarini qiyosiy taxlil qilish

Установка


Ijtimoiy Установка
“Moyillik”;
“Yo’nalganlik”
“Tayyorlik”

Ijtimoiy ustanovka (ingl. social attitude) — insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, tashkilotlarga, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga, voqea-hodisalarga bo'lgan barqaror munosabatdir.

“Ijtimoiy ustanovka” (Keyinchalik attitude so’zi b.n ifodalan) tushunchasini sotsiologlar U.Tomas va F.Znanetskiylar “Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada” deyilgan asarida keltirishgan.

«Attitude» ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan:

  • ongning ma’lum bir holati;
  • reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat;
  • inson tomonidan maxsus tashkil etilgan holat;
  • avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat;
  • xulq-atvorga dinamik ta’sir ko'rsatuvchi holat;

G.Ollport attityudga shaxsning tayyorgalik jarayoni sifatida qaraydi, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba sifatida tushun.


U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini o'rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar
E. Bogardusning «Attityud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama-qarshi harakat qilish an’anasidir», deb tushuntiradi.

M.Samitga ko’ra(1942y) attityudning uch komponentli strukturasaini


Attitud
kognitiv
affektiv
konativ

Kognitiv qism – shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar yig’indisi bo’lib obyektning shaxs tomonidan anglanishidir. Unga shaxsdagi bilimlardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsiplar va boshqalar.

Affektiv qismi (emotsional) —obyektni hissiy-emotsional baholash bo‘lib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.

Konativ qism — xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor ko'rinishlari kiradi. (Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga obyektga nisbatan real (inson tomonidan bajarilayotgan) yoki potensial (shaxs bajarishga tayyor bo'lgan) xatti-harakatlarni qamrab oladi)

Ijtimoiy ustanovkalarning funksiyalari:

  • 1. Bilish funksiyasi
  • 2. Ifodalash funksiyasi

1. Bilish funksiyasi. Mazkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyektlar haqidagi bilimlarni operativ qabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali realizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi).

2. Ifodalash funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo‘ladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jamiyat bilan munosabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. Mazkur funksiya asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali amalga oshiriladi.

3. Moslashtiruvchi funksiya. Bu funksiya quyidagilarda namoyon bo'ladi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jamiyatning (guruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga mazkur jamiyatga (mazkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon beradi. Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor komponenti orqali amalga oshiriladi.

V.A.Yadovning 4 bosqichli dispozitsion konsepsiyasi

Elementar ustanovka (set)


Ijtimoiy ustanovka (attitud)
Bazaviy ijtimoiy ustanovka
Qadriyatlar tizimi
Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə