Sezgi reja



Yüklə 98,16 Kb.
səhifə1/2
tarix05.06.2022
ölçüsü98,16 Kb.
#88870
  1   2
12,1 - мавзу тақдимот

SEZGI

Reja:

  • Sezgi haqida tushuncha
  • Sezgilarning nerv-fizologik asoslari
  • Sezgilarning tasnifi
  • Sezgi turlari

Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgining hosil bo‘lishi uchun quyidagilar zarur:
Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi.
Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi.
Sezgilarning nerv fiziologik asosini I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.

Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
  • analizatorning periferik bo’limining markaziy analizator bilan bog’laydigan yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
  • analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari.

Ingliz olimi Ch.Sherrington tomonidan retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi:
Ekstroretseptiv sezgilar tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar;
Proprioretseptiv sezgilar tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to‘la o‘rganilmaganligi sababli uni “noma’lum hislar” deb atalgan.
Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi
Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to‘g‘risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o‘rganilgan.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi.
Sezgining quyidagi turlari mavjud:
  • ko‘rish sezgilari;
  • eshitish sezgilari;
  • ta’m bilish sezgilari;
  • teri sezgilari;
  • muskul –harakat (kinestetik;
  • organik sezgilari;

Ranglar quyidagi turlarga ajratiladi:

Yüklə 98,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə