«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Shaxs kasbiy shakllanishi jarayonidagi inqirozlari



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə199/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

2.Shaxs kasbiy shakllanishi jarayonidagi inqirozlari
Shaxsning kasbiy shakllanishi inqirozlari psixologlarining chuqur o‘rganish predmeti mavjud emas. Psixik rivojlanish yosh va hayotiy inqirozlari esa psixologik tadqiqotlarda aks etgan. Kasbiy shakllanish inqirozlarini ko‘rib chiqishdan oldin shaxsga doir turli inqirozlarini taqlil etamiz. Psixologiyada bolalik inqirozlari chuqur o‘rganilgan. Odatda hayotning birinchi yilidagi inqiroz 3 yoshdagi, 6-7 yoshdagi va 10-12 yoshdagi o‘smirlik inqirozlariga ajratiladi.
Inqirozlar davomiyligi, shakli va ta’sir kuchi bolaning individual psixologik xususiyatlaridan ko‘ra ijtimoiy sharoitlari, oilada tarbiya va pedagogik tizim xususiyatlariga ko‘ra inqirozlar sezilarli darajada farqlanadi. Bolalik inqirozlari bolalarning yangi yosh pog‘onaga o‘tish davrida paydo bo‘ladi va atrofidagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlar shakli shuningdek, jismoniy va psixologik imkoniyatlar bilan boqliq bo‘ladi. Negativlik, qaysarlik, erkalik yuqori darajadagi ziddiyatlilik holati bolalarning inqiroz davridagi xulqiy reaksiyalaridir.
R.A.Axmerov shaxsni biografik inqirozlarini tahlil qilar ekan, ularning omili sifatida voqealar va ulardagi munosabatni ko‘rsatadi. U quyidagi inqirozlarni ajratadi: o‘zini namoyon eta olmaslik inqirozi - hayotiy dasturning sub’ektiv salbiy his etish.

83-rasm Kasbiy shakllanish shakllanish
Bo‘m-bo‘shlik inqirozi- toliqish va halban va yutuqlarning yo‘qligidan siqilish. Istiqbolsizlik inqirozi - kasbiy o‘sish istiqbolining kelajak uchun real rejalarining yo‘qligi. Muallif bu inqirozlarni inson yoshi bilan bog‘lamaydi. Uning fikricha, ular sub’ektiv kechinmalar bilan belgilanadi. V.Ch.Svabodnikov yosh toifasini ishlab chiqishda davrlashni asosi sifatida inson jamoasi tushunchasini oladi.

84-rasm Jamoada shakllanish
Bu jamoa ichida kishining turli qobiliyatlari shakllanadi va bu qobiliyatlar turli jamoalarga kirish va chiqish imkonini beradi. Har bir yosh pog‘onasiga o‘tish bu doim "tug‘ilish" ni bildiradi ya’ni hayotning yangi shakliga kirish demakdir. Shu tarzda inqirozlarni ikki guruhga bo‘ladi: "tug‘ilish" inqirozlari (bunday yashash mumkin emas) ikkinchisi, rivojlanish inqirozlari (sen kabi bo‘lmoqchiman) va o‘zini anglashning yangi usullarini qidirish va boshqalar.
Hayotiy inqirozlar chet el psixologlaridan Sh.Byuller, B.Livexut, E.Erikson kabilarning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Inson hayotning davrlariga, bosqichlarga bo‘lgan holda, ular bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tish davridagi qiyinchiliklarga e’tibor berishadi. Bundan tashqari ayollar va erkaklarda uchraydigan inqirozli qodisalar xususiyatlari orqali inqirozni keltirib chiqaruvchi omillarni taqlil etadi.1980 yillarda AQSHda Amerikalik jurnalist Geyil Ishnxiyning "kishilar hayotidagi bashorat qilish mumkin bo‘lgan inqirozlar" nomli maqolasida Amerika o‘rta sinflarining yuqori qatlamlaridagilarini hayotini umumlashtirish asosida 4 ta inqirozni ajratadi: "Tomirlarni sug‘irish" ota onadan mustaqillikka chiqish (16 yosh).
Maksimal yutuqlar (23 yosh) hayotiy rejalar korreksiyasi (30 yosh) qayotning o‘rtasi (37 yosh) eng og‘ir davr psixologiyada psixik rivojlanish inqirozlarini o‘rganishga katta e’tibor berilgan. Bir psixologik hodisalarni o‘rganishda turli atamalardan foydalanilgan. "Yoshlar inqirozlari" va "psixik inqirozlarning rivojlanishlari" tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi. Bu esa o‘z navbatida noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan, inqirozli hodisalarning rivojlanishi ma’lum qisqa vaqt ichida kuzatiladi. Ammo hech ham yosh nazarda tutilmaydi. Yosh - bu inqiroz ko‘rinadigan fon xolos, asosiy o‘zgarish, ijtimoiy vaziyat va bosh faoliyatning o‘zgarishi va albatta, psixik rivojlanish inqirozlari bolalik davri bilan chegaralanmaydi.
Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va asosiy faoliyati bolalik davridan tashqarida ham o‘zgaraveradi. Shunday qilib, rivojlanishning psixik inqirozlari - bu rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish hisoblanadi. Bu o‘tish ijtimoiy vaziyatning o‘zgarishi, asosiy faoliyatni almashtirish va psixologik yaqinliklarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. 14-16 yoshdan asosiy faoliyat va ijtimoiy vaziyatning o‘zgarishi psixik rivojlanish inqirozlarni keltirib chiqaradi. Katta kishining asosiy faoliyati o‘quv - kasbiy va kasbiy faoliyatlar bo‘lganligi sababli bu o‘zgarishlarni shaxsning kasbiy rivojlanishi inqirozlari deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu inqirozlarning paydo bo‘lishida asosiy faoliyatni almashtirish va o‘zgartirish muqim ahamiyatga ega. Kasbiy inqirozlarning bu turi sifatida ijodiy inqirozlar hisoblanadi. Bu inqirozlar ijodiy natijasizlik, ahamiyatli yutuqlarining yo‘qligi, kasbiy kuchsizlik bilan belgilanadi. Bu inqirozlar ijodiy kasb vakillari uchun, ya’ni yozuvchilar, rejissyorlar, aktyorlar, arxitektorlar va boshqalar uchun og‘ir kechadi. Yoshdagi inqirozlar. Ular inqirozli hodisalarni keltirib chiqarishi mumkinmi? Yosh - bu birinchi navbatda etilish, o‘zgarish, inson organizmining qarishi bilan belgilanadigan biologik omil hisoblanadi.
Psixik qobiliyatlarning psixik o‘zgarishi yoshdagi o‘zgarishlar natijasi hisoblanadi. Demak, biologik rivojlanishni keltirib chiqaruvchi inson yoshidagi o‘zgarishlarni, yoshdagi inqirozlarga sabab bo‘ladigan mustaqil omil sifatida ko‘rish mumkin. Bu inqirozlar shaxs rivojlanishlarining ildamli qarakati uchun kerak bo‘ladigan normativ jarayonlar sirasiga kiradi. Inqirozlarning keyingi guruhini ichki shaxsiy o‘zgarishlar tashkil etadi.
Ong o‘zgarishi, taassurotlar, instinktlar, irratsional tendensiyalar ularning barchasi ichki ziddiyat, psixologik butunlikning bo‘lishiga olib keladi. Bu nevrotik xarakterdagi inqirozlar deyiladi. Ular freydistlar, neofreydistlar va boshqa psixoanalitik maktablar tadqiqot predmeti hisoblanadi. Aytib o‘tilgan psixologik inqirozlar guruhi qatorida yana bir inqirozli hodisalarning katta qatlami bo‘lib, u hayot sharoitlarining o‘zgarishlari bilan belgilanadi. Bu hayotiy inqirozlar determinantlar deb o‘quv yurtini tugatish, ishga joylashish, nikohdan o‘tish, farzand tug‘ilishi, yashash joyining o‘zgarishi, nafaqaga chiqish kabi muhim voqealar hisoblanadi. Bu ijtimoiy - iqtisodiy, vaqt holatlari katta sub’ektiv qiyinchiliklar, psixik zo‘riqish va ong xulqining o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Va nihoyat yana bir inqirozlar guruhini ajratish kerak. Bu inqiroz guruh hayotidagi kritik holatlar dramatik gohida esa tragedik voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar inson uchun vayronkor gohida fojiaviy yakun topishi mumkin.
Ongda chuqur o‘zgarishlar qadriyatli yo‘nalishlar va umuman hayot mazmunini qaytadan ko‘rib chiqiladi. Bu inqirozlar inson imkoniyatlari darajasida bo‘lib o‘tadi va emotsional kechinmalar bilan kuzatiladi. Bularni nonormativ voqealar, ya’ni mehnatga layoqatni yo‘qotish, nogironlik, ajrashishi, majburiy ishsizlik, migratsiya, kutilmagan vaziyatda kishining o‘limi erkinlikdan mahrum bo‘lishi va boshqalar. Bu guruhni kritik inqirozlar deb ataymiz.
Psixologik inqirozlarning birinchi uchta guruhi xronologik xarakterga ega. Ular normativ hisoblanadi; ularni barcha odamlar boshidan o‘tkazishadi, ammo inqirozning ifodalanganlik darajasi har doim ham ziddiyat darajasiga etmaydi. Hayotiy inqirozlarning ikkinchi, uchinchi guruhlari normativ xarakterga ega bo‘lib, boshlanish vaqti, hayotiy sharoitlar, senariylar, inqiroz ishtirokchilari, tasodifiy bu voqeaviy inqirozlar sharoitlar tutash kelganligi tufayli paydo bo‘ladi. Bunday inqirozlardan chiqish muammoli hisoblanadi. Gohida destruktiv bo‘lib, jamiyatda mutahamlar, ichuvchilar, o‘z joniga qasd qiluvchilar ko‘payadi. Shaxs kasbiy shakllanish konsepsiyasiga asoslangan holda inqirozlarni kasbiy rivojlanishdagi keskin o‘zgarishlar deb ta’riflash mumkin.
Uzoq davom etmay, ular kasbiy shakllanishning bir borsqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tish paytida yorqin namoyon bo‘lishadi. Inqirozlar odatda kasbiy xulqida o‘zgarishsiz bo‘lib o‘tadi. Ammo kasbiy ongda bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlar, ya’ni, maqsadlarga yo‘naltirilganlik, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarning o‘zgarishiga, gohida esa kasbni o‘zgartirishga ham olib keladi. Kasbiy rivojlanish inqirozlarini keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Determenant sifatida faoliyatni bajarish usullarining asta-sekin o‘zgarishlari bo‘lishi mumkin. Birlamchi professionalizatsiya davrida shaxs o‘ta normativ faollikni namoyon eta olishi yoki tiklanishi lozim. O‘ta normativ kasbiy faollik, yangi ta’limiy, malakaviy yoki faoliyatning ijodiy bosqichiga o‘tish davrida kuzatilishi lozim. Boshqa kasbiy shakllanish inqirozlarini keltirib chiqaruvchi omil sifatida shaxs o‘zini ijtimoiy va kasbiy ta’limiy statusidan qoniqmasligi tufayli rivojlangan ijtimoiy-kasbiy faolligi bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik yo‘naltirilganlik kasbiy tashabbus intellektual emotsional zo‘riqish ko‘p hollarda kasbiy faoliyat bajrilishining yangi usullarini uni takomillashtirish yo‘llarini qidirishga imkon beradi. Kasbiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi omillar sifatida, inson hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bo‘lishi mumkin: korxonaning tugatilishi ish o‘rinlarining qisqartirilishi, qoniqtirmaydigan ish haqqi, yangi yaxshi joyga ko‘chib o‘tish va boshqalar.
Kasbiy rivojlanish inqirozlarini keltirib chiqaruvchi omillar sifatida psixofiziologik o‘zgarishlar ya’ni sog‘liqning yomonlashuvi, ishga layoqatning pasayishi, kasbiy toliqish, intellektual kuchsizlik, "emotsional yonish" sindromi va h.k. Kasbiy inqirozlar ko‘p hollarda yangi lavozimga o‘tishda, vakant lavozimni egallashdagi tanlovlarda qatnashishda, attestatsiya va mutaxassislarni ta’rifikatsiyadan o‘tkazishda kuzatiladi. Nihoyat uzoq davomli inqirozli kod.
Kanadalik psixolog Barbara Killenjer o‘zining "mehnat zahmatkashlari, respektabel nakomanlar" kitobida ta’kidlaydiki, muvaffaqiyat va tanishish vositasi sifatida ishni tan olganlar, gohida kasbiy axloq normalarini buzadilar. Ziddiyatli bo‘lib qolishadi, o‘zaro munosabatlarda qo‘pol bo‘lib qolishadi. Kasbiy rivojlanish inqirozlari hayotdagi o‘zgarishlar oqibatidan kelib chiqadi. (yashash joyini o‘zgartirish, ishdagi tanaffus, ishdagi ishq va h.k). Shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasiga ko‘ra bu jarayon quyidagi bosqichlarga ajratiladi: optatsiya kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, kasbiy moslashuv, birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va mahorat. Inqirozlar ta’rifi bo‘yicha bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish normativ inqirozli hodisalarni keltirib chiqaradi.
Ishning birinchi haftalari, oylari katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq, ammo ular inqirozli hodisalarni keltirib chiqarmaydi. Asosiy sabab - psixologik sabab hisoblanadi, unga ko‘ra real kasbiy hayot shakllanib bo‘lgan tasavvurlar bilan to‘g‘ri kelmasligini aytish mumkin. Kasbiy faoliyatning tasavvurlarga nomuvofiqligi kasbiy ekspektatsiya inqirozini keltirib chiqaradi. 3) Keyingi kasbiy shakllanishning normativ inqirozlaridan biri birlamchi professionalizatsiya bosqichining oxirida 3-5 yil ishlagandan keyin bo‘lib o‘tadi. Bu paytgacha mutaxassis faoliyatni bajarib, o‘z o‘rnini aniqlagan bo‘ladi.
O‘tmish tajribasi kasbiy rivojlanish interpritatsiyasi, o‘zini namoyon etish ehtiyoji, kasbiy hayotdan qoniqmaslikni keltirib chiqaradi. Anglangan yoki anglanmagan holda shaxs kasbiy o‘sish istiqbollarining yo‘qligidan shaxs psixik jiqatdan qiynaladi, kasbni almashtirish to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘la boshlaydi. Kasbiy o‘sish inqirozlari faoliyatning nokasbiy hordiq kabi turlari maishiy tashvishlar yoki kasbdan ketish yo‘llari bilan hal etilishi mumkin. Ammo bu yo‘llar sermahsul hisoblanmaydi. 4) Mutaxassisning keyingi kasbiy rivojlanishi uning ikkilamchi professionalizatsiyasiga olib keladi. Bu bosqichning xususiyati faoliyatni yuqori sifatli bajarishdadir.
Mutaxassis o‘z kasbini ustasi ya’ni professional bo‘la boshlaydi. Kasbiy o‘sish kareriga eqtiyoj sezadi, istalgan karera (lavozimning o‘sishi ) va uning real istiqbollari o‘rtasidagi ziddiyat kasbiy karera inqirozlarinikeltirib chiqaradi. Bunda quyidagi krizisdan chiqish yo‘llari uchrashi mumkin: ishdan bo‘shash, unga kasb doirasida yangi mutaxassislikni egallash, yuqori lavozimga o‘tishdan iborat.
Inqirozni engishning eng to‘g‘ri varianti mahorat bosqichiga o‘tish, ya’ni kasbiy shakllanishning yangi bosqichiga o‘tish bilan belgilanadi. 5) Mahorat bosqichi kasbiy faoliyatni ijodiy va innavatsion darajada bajarish demakdir. Shaxsning keyingi kasbiy rivojlanishni ta’minlab beruvchi omil sifatida uning o‘zini namoyon eta olishida ko‘zga tashlanadi. 6) Keyingi kasbiy rivojlanishning normativ inqirozi kasbiy hayotdan ketish bilan bog‘liq. Ma’lum yoshga etgach inson nafaqaga chiqadi. Nafaqa oldi davri ko‘p ishchilar uchun inqirozli xarakterga ega bo‘ladi. Bu yangi ijtimoiy rol va xulqni egallash zaruriyati bilan boqliq. Nafaqaga chiqish ijtimoiy kasbiy faoliyat va aloqalarning torayishini bildiradi. 7) Nafaqaga chiqishdan so‘ng ijtimoiy psixologik qarish davri boshlanadi. Bu bosqich intellektual jarayonlarning susayishi, emotsional kechinmalarning oshishi va pasayish bilan belgilanadi.
Psixik faoliyat tempi pasayadi, yangiliklarga nisbatan ishonqiramaslik bilan qarash kuzatiladi. Shuningdek, yoshlar xulqini muhokama etish, o‘zini avlodini hozirgi kun avlodlarini vakillariga taqqoslash bilan belgilanadi. Omadsiz hayot, o‘limdan qo‘rqish salomatligiga imkoniyat qilish, yaqin qarindoshlaridan imkoniyat qilish kabi noxushliklarga olib keladi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə