Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#157881
1   2   3   4   5   6
navoiy-ruboiylarida-axloqiy-mezonlar

2022 
№ 1
832 
ADABIYOTLAR RO’YXATI VA MUHOKAMA
. Ruboiy (arabcha – 
to`rtlik) – Sharq mumtoz she`riyatida keng tarqalgan lirik janr, hazaj bahrining 
axrab va axram shajaralarida yozilib, ko`proq a-a-b-a tarzida qofiyalanuvchi 
mustaqil lirik asar.[1] Hazrat Navoiyni o`zbek adabiyotida ruboiy janrining 
asoschisi desak mubolag`a bo`lmaydi. Lekin, 8-sinf adabiyot darsligida turkiy 
adabiyotga birinchilarda bo’lib ruboiy janrini olib kirgan shoir sifatida Mavlono 
Lutfiy ko`rsatilgan.[2.] Dilmurod Quronovning “Adabiyotshunoslik lug`ati” 
kitobida esa Lutfiy to`rtliklari ramal bahrida yaratilganligi aytilgan.[B-261] 
Demak, 
Lutfiy 
to`rtliklari 
ruboiy 
bo`la 
olmaydi. 
Chunki, 
Yoqubjon 
Is’hoqov:”Biror to`rtlikni ruboiy deb atash uchun unda tugal mazmun, ruboiy 
shakli bo`lishidan tashqari ruboiy vazni ham bo`lishi kerak. To`rtlik qanchalik 
chuqur ma`no va go`zal shaklga ega bo`lmasin, agar u ruboiyning maxsus vazniga 
tushmasa, ruboiy bo`la olmaydi” – deydi.[3.] Bu haqda Navoiyning o`zi ham 
yozgan edi: “Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” ham derlar, hazaj 
bahrining axram va axrabidan istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xushoyanda 
va nazmedur bag`oyat raboyanda”.[4.]Shuningdek Xondamir o`zining 
“Makorimul-axloq” asarida: “Ko`rinishicha, ul hazratdan ilgari hech kim turkiy 
tilda ruboiy aytmagan”[5.], – deya Navoiy haqida fikr bildiradi. Ushbu ilmiy 
dalillarga asoslangan holda biz yuqoridagi fikrga keldik. Lekin Lutfiy to`rtliklari 
o`zbek yozma adabiyotida klassik ruboiy janrining shakllanishida muhim bosqich 
bo`lgan. Ammo, bu faktlar bilan “Navoiygacha ruboiy janrida hech kim ijod 
qilmagan ekanda?” – degan fikrga kelish noto`g`ri, albatta. Ruboiy so`zining kelib 
chiqishi arabcha bo`lsa-da, bu janr dastlab fors adabiyotida paydo bo’lgan. 
Keyinchalik esa arab va turkiy adabiyotga ham ko`chgan. Fors adabiyotida bu janr 
asoschisi sifatida Rudakiy ko`rsatiladi. Keyinchalik esa, Shahid Balxiy ijodida ham 
ko`zga tashlangan. Turkiy adabiyotimizda ruboiy janrida xo’p va ko’p baytlari 
bilan o’zbek adabiyotiga benazir hissa qo’shgan Navoiyning lirik merosi bilan 
o’ziga xos o`rin egallaydi. Alisher Navoiyning turkona ruboiylarining 133 tasi 
“Xazoyin ul-maoniy”ning birinchi devoni – “G`aroyib us-sig`ar”ga, “Badoye` ul-


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə