Sardoba tuman Xalq Ta’lim bo’limiga qarashli 5-umumiy o’rta ta’lim maktabining ta’lim klasteri Chora-tadbir rejasi



Yüklə 13,27 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü13,27 Kb.
#146373
таълим кластери Чора тадбир Документ Microsoft Word


Sardoba tuman Xalq Ta’lim bo’limiga qarashli 5-umumiy o’rta ta’lim maktabining ta’lim klasteri ChORA-TADBIR rejasi





Amalga oshirish mexanizimi

Ko’zlangan maqsad

Zarur bo’lgan omillar

1

Maktab xududidan zamonaviy issiqxona tashkil qilish va undan biologiya, tabiyat fanlarida amaliy mashg’ulotlar o’tish. Manzarali gullar, poliz ekinlari, xar xil ko’chatlar ekib etishtirish va parvarishlash. Etishtirilgan maxsulotni sotish orqali maktab fondini boyitib borish.

O’quvchi yoshlarda tabiyatga bo’lgan qiziqishlarni oshirish. O’simliklar parvarishi va poliz maxsulotlari etishtirish ko’nikmasiga ega bo’lish.

Issiqxona qurish, ma’sul mutaxasis jalb qilish, zarur bo’lgan mexnat qurollari bilan taminlash. Zarur bo’lgan ko’chat va urug’lar uchun mablag’ ajratish.

2

Maktab darsligiga yo’l harakati qoidalari darsligini kiritish, turli xil tadbirlar o’tkazish orqali bilimlarni mustaxkamlab borish, bitiruvchi sinflarda maktab va avto maktablar bilan tuzilgan shartnoma asosida o’quv amaliyotini o’tkazish va yakunda yakuniy imtixon olish.

O’quvchi yoshlarda yo’l xarakat qoidalari va madaniyatini oshirish, xaydovchilik guvoxnomasi ega bo’lish.

Davlat yo’l xarakati xavfsizlik bo’limi xodimlarini dars mashg’ulotlarga jalb qilish, zarur bo’lgan o’quv mashg’ulot maydonchasini qurish, nazariy dars mashg’ulotlari uchun zarur bo’lgan sinf xonasini jixozlash.

3

Maxalla xududida faoliyat yuritayotgan kasanachilik uyuushma az’olari bilan xamkorlikda o’quv mashg’ulotlari va dars amalyotlarini yo’lga qo’yish. Yoshlar uchun zarur bo’lgan kasb egalarini maktabga jalb qilgan xolda ustoz shogird ananasini yo’lga qo’yish.

O’quvchi yoshlarni kasb-xunarga tayyorlash

Maktabda nazariy o’quv mashg’ulotlar o’tish uchun yuqori sinflarda oloxida xaftasiga bir soat dars soati tashkil qilish. Dars mashg’ulotlariga mutaxasislarni jalb qilish choralarini ko’rish. O’quv yilining ikkinchi yarim yilligida amaliy mashg’ulotlar o’tsh uchun amaliyot darslarini yo’lga qo’yish.

4

Maktabda o’quvchi qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida to’qish, bichish, tikish va pazandalik kurslarini tashkil qilish. Mashg’ulotlarda tayyorlangan mahsulotlarni sotish orqali maktab buyudjetini biyitish.

O’quvchi qizlarda mahoratlarini oshirish. Qizlarjon klubi faoliyatini samaradorligini oshirish.

Maktabdan alohida xona ajratib zarur bo’lgan jixozlar bilan (eng kamida bir vaqtda 8-10 nafar o’quvchi mashg’ulot o’tashi uchun) taminlash. Zarur bo’lgan mahsulotlarni davlat tomonidan ajratish.

5

Maktabning yuqori sinflarida o’quvchi qizlar uchun aloxida mutaxasis jalb qilgan xolda dars mashg’ulotlarini tashkil qilish.

O’quvchi yoshlarni xayotga tayyorlash, jinoyatchilik, zo’rovonlik va erta tug’riqning oldini olish,

Maktabdan aloxida xona ajratish va zarur jixozlar bilan taminlash, etarli tajribaga ega bo’lgan pedagogni malaka oshirish orqali darslarga tayorlash.

6

Maktabdagi kompyuter jixozlaridan unumli foydalangan holda o`quvchilarga ma`lum dasturlarni alohida chuqurlashtirilgan holda o`rgatish uchun kurslar tashkil qilish (Word, Excel, PowerPoint,Photoshop…)

O`quvchi yoshlarni kelajakda kompyuter texnikasi bilan bog`liq bo`lgan ishlarda faoiliyat olib borish uchun ko`nikmalarni shakllantirish.

Maktab informatika fani o`qituvchisga ish rejadan tashqari dars soatlari ajratish va maosh bilan ta`minlash, yoki alohida mutaxasis jalb qilish

7


Maktabda o`quvchi bolalarga turli xil metal hamda yog`och buyumlarni yasash hamda ularni ta`mirlash ishlarini o`rgatish mashg`ulotlarini tashkil qilish.

O`g`il bolalarni maktabni bitirgandan so`ng payvantlash yoki yog`och buyumlar yashash bilan bog`liq kasblarni egallashiga yordam berish

Maktabda alohida xona tashkil qilish yoki texnologiya xonasini kerakli jixozlar bilan ta`minlash (payvatlagich, balgarka, arra, randa,bolg`a va hkz)

8

Maktab o`quvchilari otasida “Ustoz-Shogird” an`anasini tashkil qilish.

O`quvchi yoshlarni maktabni tamomlaganlaridan so`ng nafaqat bilimli, balki biror hunar egasi qilib yetishtirish.

Maktab o`quvchilarini kichik sinflardanoq qaysi kasblarga layoqatli ekanligini aniqlash va hunarmandlik bilan shuig`ullanuvchi ota onalarga shogirdlikka ularni biriktirgan holda hunarni o`rganishini ta`minlash.

Yüklə 13,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə