Sana: «8» aprel 2022 yil. Sinf 6-b fan nomi: Matematika mavzu: Ma’lumotlar tahlili Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad



Yüklə 136,12 Kb.
səhifə2/2
tarix30.04.2022
ölçüsü136,12 Kb.
#86330
1   2
Odina dars ishlanma 6B

Yangi mavzu bayoni: Ma'lumotlar tahlili

Kundalik hayotimizdagi ba'zi kattaliklar , masalan , donli ekin lar hosildorligi , mehnat unumdorligi , foydalaniladigan buyumlar va hokazo sonli qatorlar yordamida beriladi . Ularga ishlov be rish statistik kattaliklar yoki statistik xarakteristikalar tushun chasiga asoslangan .

Statistik xarakteristikalarning eng sodda turlari : o'rta arif metik qiymat , oʻzgarish kengligi , moda va mediana.

1 - misol . Shaxmat o'yini musobaqasida 6 - sinfning 8 nafar o'quvchisi , mos ravishda , 13 ; 13 ; 12 ; 13 ; 10 ; 13 ; 12 ; 10 ochko to'pladi . Ular olgan ochkolarning o'rta arifmetigini topaylik :

(13 + 13 + 12 + 13 + 10 + 13 + 12 + 10)/8 = 12 .

Demak , shaxmat o'yini musobaqasida 6 - sinf o'quvchilari olgan ochkolarining o'rta arifmetigi 12 ochkodir .

Endi sonlarning o'rta arifmetigini sonlarning absolut chas totasi jadvalidan foydalanib topaylik .

Berilgan sonlar qatorida biror - bir sonning necha marta takroran uchrashini ko'rsatuvchi son o'sha sonning absolut chastotasi deyiladi .

Masalan , yuqorida berilgan sonlarni absolut chastotalar bo' yicha jadval ko'rinishda yozaylik .


Ochkolar soni

Ochkolarning absolute chastotasi

13

4

12

2

10

2

Jadvaldan ko'rinib turibdiki , ochkolar son qiymatlarining eng kattasi 13 , eng kichigi 10. Boshqacha aytganda , ochkolar son qiymatlarining o'zgarish kengligi 13-10 = 3 ekan .

O'zgarish kengligi deb , berilgan sonlar qatoridagi eng katta son bilan eng kichik son ayirmasiga aytiladi .

Texnikada , turmushda kattaliklarning o'zgarish kengligini bilishingiz zarur .

2 - misol . Oyning Quyoshga 113 qaragan tomonida temperatura 130 ° C ,

qarama - qarshi tomonida esa -170 ° C ga teng . O'zgarish kengligini toping ( 113 - rasm ) . Oydagi temperaturaning oʻz garish kengligini topaylik : 130 ° C ( -170 ° C ) = 300 ° C , demak , oʻzagarish kengligi 300 ° C bo'ladi . Oyni tekshirish uchun Oyga yuboriladigan sun'iy apparatlar temperaturaning ana shunday o'zgarish kengligini bilishi bilan birga , uning eng katta son qiymati va eng kichik son qiymatini bilishi ham maqsadga muvofiq bo'ladi . Statistik xarakteristika larning eng ko'p foydalaniladigan turi moda hisoblanadi .

Berilgan sonlar qatoridagi absolut chastotasi bo'lgan son sonlar qatorining modasi deyiladi .

3 - misol . O'quvchining matematika darsidan olgan baho lari : 5 , 5 , 5 , 4 , 3 , 4 , 5 , 4 , 5 , 5. O'quvchilarning matematikadan olgan baholarining absolut chastotalarini quyidagi jadval koʻri nishida yozamiz.



Baho

Absolyut chastotasi

“5”

6

“4”

3

“3”

1

Demak , o'quvchilarning matematikadan chorak davo mida olgan baholarining mo dasi : 5 . Statistik xarakteristikalarning yana bir turi medianadir .

Berilgan sonlarning soni toq bo'lsa , u holda ularning media nasi o'sha sonlarni tartib bilan joylashtirgandagi eng oʻrtada turgan sondir . Berilgan sonlar soni juft bo'lsa , holda ularning medianasi o'sha sonlarni o'sish tartibida joylashtirganda o'rtada turgan ikki sonning o'rta arifmetigiga teng bo’ladi.

. Moda ( lotincha modus )- me'yor , usul , qoida . Moda oʻrta qiymat sifatida tabiatan sonli bo'lmagan ma'lumotlar uchun koʻproq ishlatiladi .



Mustahkamlash:

Topshiriqlar:

1.Uchinchi chorakda matematika fanidan olgan baholaringizni o’rta arifmetigini , o’zgarish kengligini, modasini, medianasini toping?



2.Sinifda o’gil bolalar va qiz bolalar o’ta arifmetigi va o’zgarish kengligini toping?
Rag’batlantirish:


5

4

3


Uyga Vazifa:

O’tilgan yangi mavzuni o’qib kelish.mavzudagi 1068 va 1069- misollarni ishlash.
Yüklə 136,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə