S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Sistematikasi:
 
Bo‘Iim. 
Qarag‘aytoifa (Ochiq urug‘li) o‘simliklar (Pynophyta yoki Gymnospermae)-
Голосеменные
 
Ajdod (sinf). 
Qarag‘aysimonlar (Pinopsida) - Хвойные
 
Ajdodcha (sinfcha)-
Qarag‘aykabilar (Pinidae)- Хвойные 
Qabila. 
Qarag‘aynamolar (Rinales) - Сосновые 
Oila. 
Qarag‘aydoshlar (Pinaceae Lindl.) - Сосновые
Turkum.
Kedr (Cedrus Link.) — Кедр
. Bu turkumga yirik daraxt kirib, bo‘yi 50 m ga 
yetadi. Novdalari uzun bo‘lishi bilan tilog‘ochga o‘xshaydi. Novdalarda nina barglari bittadan 
bo‘lib, spiral holda va qisqargan novdalarida to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Changi ikki pufakli 
bo‘lib, qoraqarag‘ayning changiga o‘xshab ketadi. Kedr turkumining turlari umuman 
tilog‘ochga o‘xshasada, qish faslining sovug‘ida ninabarglari to‘kilib ketmasligi bilan farq 
qiladi. Yorug‘sevar va issiqsevar bo‘lib, qurg‘oqchilikka chidamli, qumoq tuproqli yerlarda 
4
 
Кузьмич // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—
1907. Проверено 12 декабря 2010..
5
Kasahara Y., Hikino H., Tsurufuji S., Watanabe M., Ohuchi K. Antiinflammatory actions of ephedrines in 
acute inflammations (англ.) // Planta Medica : journal. — 1985. — No. 4. — P. 325—331. — PMID 4070447 
6
Ikhlas A. Khan, Ehab A. Abourashed. Ephedra // Leung‘s Encyclopedia of Common Natural Ingredients: 
Used in Food, Drugs and Cosmetics (англ.). — 3rd. — New York: Wiley, 2009. — ISBN 978-0471467434..


19 
yaxshi o‘sadi. Bu turkumning 4 ta turi bo‘lib, ular O‘rta yer dengizining atrofidagi 
mamlakatlarda va Himolay tog‘ining g ‘arbida keng tarqalgan. 
 Tur. Atlas kedri (Cedrus atlantica Manetti.)
bo‘yi 20-40 m, diametri 2,5 m ga yetadigan 
yirik daraxt hisoblanadi. Nina barglarining uzunligi 2,0-4,9 sm qattiq dag‘al, 4 qirrali yashil-
zangori yoki kumush rangda, yo bo‘lmasa yashil. Qubbasi tuxum yoki silindrsimon bo‘lib, 
bo‘yi 7 sm, eni 4 sm gacha. Atlas kedri Jazoir va Marokkodagi tog‘larda dengiz sathidan 1400-
2000 m balandliklarida o‘sadi. Kavkaz va Qrim tog‘larida madaniy holda o‘sadi. Urug‘i 12 
mm, keng, qanotchali. Atlas kedri
 
urug‘idan ko‘payadi. Daraxt yer tanlamaydi, ifloslanishiga 
chidamli. Bu kedming qator yoki to‘da-to‘da qilib, yo bo‘lmasa madaniy o‘rmonlar sifatida 
respublikamizning janubiy hududlariga ekish tavsiya qilinadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə