S. I. Mamadaliyev Chilonzor tumani



Yüklə 2,9 Mb.
tarix25.06.2023
ölçüsü2,9 Mb.
#118859
9.06.2023 UzASBO bayonnoma


“TASDIQLAYMAN”
Chilonzor tuman
Maktabgacha va maktab
ta’limi bo‘limi boshlig‘i
__________ S.I.Mamadaliyev


Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i huzuridagi ____-sonli ishlab chiqarish yig‘ilish
BAYONI


2023-yil 9-iyun


Raislik qiluvchi:
S.Mamadaliyev



-

Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bo‘shlig‘i

O‘tkazilgan joyi

-

200-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi soat 15-00

Qatnashdilar:

-

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ichki audit departamenti rahbari M.Faxruddinov, Audit xodimi R.Axmedov, barcha umimiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari va xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari.



KUN TARTIBI

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va bo‘lim tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini “UzASBO” dasturi ishchi guruh a’zolari Moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rganishi to‘g‘risida.


Eshitildi: So‘zga chiqdi: Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bo‘shlig‘i S.I.Mamadaliyev
Chilonzor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirlining “UzASBO” dasturida ishchi guruh a’zolari tomonidan kamchiliklarini bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish va tushuntirishlar berish uchun o‘rganishga 2023-yil 5-iyundan 19-iyungacha chiqilganigini ta’kitladi.
So‘zga chiqdi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ichki audit departamenti rahbari M.Faxruddinov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohatlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-so va “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmonlariga “yangi O‘zbekiston ma’muriy islohatlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qaroriga muvofiq ta’lim tizimida ma’muriy islohatlarni tizimli tashkil etish, shuningdek Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi barcha umumta’lim muassasalar faoliyatining shaffofligi va samaraqorligini organish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirlining 2023-yil 18-maydagi 126-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Buyruqga asosan ishchi guruh tuzildi va savolnoma ishlab chiqildi. Ishchi guruhlar tomonidan savolnomaga asosan lakal hujjatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, boshqaruv va tashkiliy tuzilma faoliyati ustav, pasport, nizomlar bilan rasmiylashtirilganligi, tarifikatsiya va shtat jadvali asosida ishchi xodimlarga to‘langan ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish holatlari, budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari, budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini baholash, tavar-moddiy boyliklarni xatlovdan o‘tkazilinishi, davlat xaridlari jarayonining to‘g‘ri va qonuni tashkil etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borilishi haqida gapirdi. Muassasalarda ushbu masalalar bo‘yicha hujjarlarning to‘g‘ri yuritilishi bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Muassasalar ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etishga amaliy yordam ko‘rsatilishini ham ta’kitlab o‘tdi.



So‘zga chiqdi: Audit xodimi R.Axmedov
Muassasalarda asosan tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan o‘tkazishda duch keladigan muammolar haqida gapirdi va xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha hujjarlarni to‘g‘ri yutilishi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Maktab direktorlari va xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan o‘zlarini qiynagan savollarga javob olishlari uchun savol javob qilishni taklif qildi.
Maktab direktori hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan savollar berildi hamda aniq va tushunarli javob olishdi.


Qaror qilаdi:



  1. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlariga:

Ishchi guruhiga faoliyatini amalga oshirishlari uchun barcha zarur shart sharoitlar yaratilsin.
Ishchi guruh so‘roviga asosan zarur mutaxassislar ajratililsin.
moliya-xo‘jalik faoliyatda foydalanilayotgan bаrсhа dasturlarda, xususan, moliya-buxgalteriya xizmatlarining “UzASBO” dasturida ishchi guruhi a‘zolarining o‘rganishi uchun imkoniyat yaratish va mas’ul xodimlar hamda moddiy javobgar shaxslarni o‘rganish jarayoniga ishtirokini ta'minlansin.
Ushbu qarorning bajarilish nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.


Kotib: K. Taxirova



Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə