Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#161258
1   2
7. SUZISH USULLARIGA QO\'L VA OYOQLAR HARAKATI

Xulosa


Suzuvchining oldida suv bosimining ortishi suvning shu yeri zichlashib surilishiga, bu esa suvning ko'tarilishiga, ya'ni to'lqinlar hosil bo'lishiga olib keladi va bular gavdadan aniq bir burchak ostida, suzuvchining harakati tezligi bog'iiq holda yonga va oldinga tarqaladi. Ba'zan suzuvchining tejamsiz, qo'pol harakatlar qilayotganini mana shu to'lqinlarga qarab bilsa ham bo'ladi. Natijada, suzuvchi bir tomondan, mana shu to'lqinlami yengib o'tish uchun, quwat sarf qiladi. Demak, to'lqin qarshiligi deb, butun suv qarshiligining to'lqin hosil qilib va uni yengib o'tish uchun ketgan kuchiga aytiladi. Endi nima uchun suv ostida suzuvchining tezligi ortadi, deganda, suv ostida to'lqin bo'lmaydi. Sport musobaqalarida tajribali suzuvchilar bundan foydalanib startdan chiqishda va burilib bo'lgach, muayyan masofaga qadar suv ostida suzadilar. Basseynlarda tortib qo'yilgan maxsus arqonlar to'lqinlami qismangina ushlab qoladi. Shu sababli chekka yo'laklardagiga qaraganda o'rtada ko'p va zarbli bo'ladi.
To'lqinlarning katta-kichikligi odatda gavda shakliga uning suvda qo'pol yoki epchillik bilan harakat qilishiga, oyoq va qo'liar harakatining amplitudasiga, suzish tezligiga va basseynning eni bilan chuqurligiga bog'iiq bo'ladi. Har qanday holda ham hosil bo'layotgan to'lqinlami kamaytirishning iloji bor. Shuning uchun suzuvchi iloji boricha gavdasini bir xil gorizontal holatda tutib borishi, qo'llarini tezroq suvga tushirishi, oyoqlarini suvdan kamroq chiqarishi va iloji boricha ildam suzib borishi talab etiladi.
Ko'taruvchi kuch haqida to'xtalib aslida biz shu yergacha gorizontal suzish haqida gapirib keldik. Aslida biz biladigan gorizontal holat suvda bo'lmaydi. Suzib borayotgan har qanday odamning gavdasi suv betiga nisbatan bir oz bo'lsa-da, qiya turadi, yelkalari bilan boshi oyoqlariga nisbatan yuqoriroq bo'ladi. Bunda ko'taruvchi kuch degan kuch yuzaga keladi. Demak, ko'taruvchi kuch suzuvchi suvda qiya vaziyatda harakat qilib borganda vujudga keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. O. Sobirova. Bolalar suzishni o'rganing. -T: «Meditsina», 1987.

  2. O.Sobirova. Suzish san'atini o'rgan. - T: «Meditsina», 1989.

4. O.Sobirova . Suzish. -T: «Ibn Sino» nashriyoti. 1993.
Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə