Reja: Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish


Ishtirokchilaming individual-psixologik xususiyatlari va trening



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix13.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#105378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3- Mavzu. GURUHIY TRENINGLARNING TASHKILIY-USLUBIY JIHATLARI

5.Ishtirokchilaming individual-psixologik xususiyatlari va trening 
mashg‘ulotlarining reja va dasturi
. Trener mashg’ulot mavzusi va echim 


49 
topishi mumkin bo’lgan muammo haqida tushuncha berib, guruh motivatsiyasini 
aniqlash uchun har bir ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi maqsadga 
muvofiqdir. Suhbatda trener asosan quyidagi savollar bilah ishtirokchilarga 
murojaat qiladi.
Trener mashg’ulotidan nimalar kutyapsiz? Mashg’ulotga o’z xohshingiz 
bilan keldingizmi? Tanlangan mavzu sizga ma’qulmi?
Mashg’ulot o’tkazish jarayonida ba’zi bir masalalarga aniqlik kiritish 
maqsadida ishtirokchilarning qiziqishlari, xarakter va temperament sifatlarini 
aniqlashga yo’naltirilgan psixodiagnostik metodlarni ham o’tkazishi maqsadga 
muvofiqdir. Trening mashg’uloti davomida trener quyidagi bosqichlarga e’tibot 
qaratishi lozim.
Trening jarayonida birinchi bosqich- guruhiy qoidalarni ishlab chiqish 
bosqichi bo’lib, bu bosqichda ishtirokchilar bilan trening qoidalariga rioya qilish 
va har bir a’zonng bildirgan fikrlarini e’tiborga olish muhim. Bu qoidalarga 
rioya qilish treningni samarali chiqishini ya’ni maqsadga erishishi va qulay 
psixologik muhitning yaratilishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ko'pgina o'quv treninglarida ushbu bosqich o'qituvchi tomonidan 
tayyorlangan va taqdim etilgan tegishli rivojlanish mashqlarining bajarilishi 
bilan tavsiflanadi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, ishtirokchilar treningda 
kiritilgan o'zgarishlarning zarurligi va foydaliligiga ishonchsiz bolsa, ularni uzoq 
vaqt treningda ushlab turishi dargumon. Shu sababli, o'qituvchidan trening 
ishtirokchilari olgan barcha o'zgarishlar va yutuqlarning kognitiv qo'llab-
quvvatlashi haqida g'amxo'rlik qilish kerak.
Treningni tayyorlashga ikki xil yondashuvni ajratish mumkin. Bir 
variantda, trening modeli dastlab ishlab chiqilayotgan muammolarning 
xususiyatlariga muvofiq belgilanadi, dastur ishlab chiqiladi va buning uchun 
tegishli guruh jalb qilinadi. Ijtimoiy psixologik treningda, qoida tariqasida, 
dastur atroflicha tuzilgan va aniq yo'naltirilgan (masalan, kommunikativ 
kompetensiyani rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar, shaxsiy o'sish bo'yicha 
mashg'ulotlar, ahillikka o'rgatish va h.k.), bu psixologdan ishlab chiqilayotgan 
sohaning o'ziga xos jihatlari va muammolarini hal etishda malakasini oshirishni 
talab qiladi. 
Boshqa bir variantda, avval mavjud bo'lgan ijtimoiy yoki professional 
guruhning muammolari aniqlanadi va ularga muvofiq tegishli treninglar 
rejalashtirilgan va tashkillashtirilgan. Bunday holda, trening tashkilotining 
algoritmi quyidagicha bo'lishi mumkin. 
Yo’llanma; 


50 
Ko'rsatilgan muammo bilan ishlash. U muammoning ta'rifi va uning 
sabablarini qidirishni, shuningdek, ushbu masala bo'yicha ma’lumotlarni tahlil 
qilishni o'z ichiga oladi: 
1. Trening ishtirokchilarining shaxsiy, demografik va boshqa xususiyatlari, 
ularning soni va boshqalar bilan tanishish; 
2. Ushbu muammoni hal qilish uchun trening shaklini qo'llash imkoniyati 
va muvaffaqiyatini aniqlash; 
3. Maqsadni va kutilgan natijani aniqlash va muvofiqlashtirish (biz 
mashg'ulot natijasida nimalarga erishamiz kabi farazlarni keltirish); 
4. Vazifalar bayoni; 
5. Ushbu treningda ishlatiladigan eng samarali uslubiy vositalarni aniqlash; 
6. Trening mashg'ulotlarini tashkil etish shaklini aniqlash; 
7. Trening dasturini rejalashtirish; 
8. Dars rejasini tuzish. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə