Reja Suyaklarning o’zaro birlashuvi xaqida umumiy tushuncha



Yüklə 13,07 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü13,07 Kb.
#180706
  1   2
Reja Suyaklarning o’zaro birlashuvi xaqida umumiy tushuncha-fayllar.org


Reja Suyaklarning o’zaro birlashuvi xaqida umumiy tushuncha

SUYAKLARNING O‘ZARO BIRLASHUVI–ARTROLOGIYA



Reja

  • Suyaklarning o’zaro birlashuvi xaqida umumiy tushuncha.

  • Birlashuvlarining turlari, klassifikasiyasi, jinsiy farqlari va yoshga qarab o’zgarishi.

  • Bo’g’im turlari va shaklining funksiyasiga bog’liqligi.

  • Tana va bosh suyaklarining birlashuvi.

  • Yelka kamari va erkin qo’l suyaklarining birlashuvlari.

  • Chanoq kamari va erkin oyoq suyaklarining birlashuvi.

  • Kalla suyaklarining birlashuvi: choklar va sinxondrozlar.

  • Chakka pastki jag’ bo’g’imi


Tayanch iboralar:boylamlar, tog’aylar, suyak choklari,fibroz,sindesmoz(tolali bog’lamlar), sinxondros (tog’ayli bog’lamlar), sinostoz.
Til osti suyagidan tashqari hamma suyaklar o‘zaro turlicha birlashadi. Jumladan, uzluksiz (harakatsiz) birlashmalar – sinartroz (synarthrosis), harakatchan birlashmalar (bo‘g‘imlar) – diartroz (diarthrosis).
Uzluksiz (sinartroz) birlashmalarda suyaklar o‘zaro biriktiruvchi to‘qima pardalar yoki tog‘aylar bilan birlashgan bo‘lib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashmalarni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashmalar uch turda uchraydi.
S i n d e s m o s (syndesmosis). Suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qimalar yordamida birlashadi. Biriktiruvchi to‘qima turlicha bo‘lib, suyaklar orasida keng parda (suyaklararo parda) yoki tutam (boylam) holatda joylashadi. Bundan tashqari, kalla suyaklarining ko‘pchiligi yupqa biriktiruvchi to‘qima pardasi vositasida chok (sutura) hosil qilib qo‘shiladi
S i n x o n d r o z (synchondrosis). Suyaklar o‘zaro tog‘aylar vositasida birlashadi. Bu xildagi birlashmalarda suyaklar bir tomondan bir oz harakatchan bo‘ladi, ikkinchi tomondan suyak oralig‘idagi tog‘ay amortizator vazifasini bajaradi.
S i n o s t o z (synostosis). Suyaklar oralig‘idagi parda suyaklanib ketadi. Natijada bir nechta suyaklar birlashib butun bitta suyakni hosil qiladi. Jumladan bolalarda dumg‘aza umurtqalari tog‘ay parda bilan birlashsa, katta odamlarda o‘zaro suyaklanib, bitta dumg‘aza suyagini vujudga keltiradi. Yoki kalla skeletining tepa suyaklari yosh bolalarda sindesmoz bo‘lib birlashsa, katta odamlarda suyaklararo pardaning suyaklanishi natijasida sinostoz bo‘lib birlashadi.
D i a r t r o z (diarthrosis) yoki bo‘g‘imlar (articulatio) suyaklarning bir-biriga yaqinlashmasdan o‘rtada bo‘shliq qoldirib qo‘shilishidan vujudga keladi. Bo‘g‘im hosil bo‘lishi uchun quyidagi shartlar lozim bo‘ladi:
Bo‘g‘im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyaklarning bir-biriga mos yuzalari bo‘lishi shart. Jumladan bir suyak uchi yumaloq shaklda bo‘lsa (bo‘g‘im boshchasi), ikkinchisining uchi shunga yarasha botiq (bo‘g‘im yuzasi) bo‘lishi lozim. Agar suyaklarning bo‘g‘im yuzalari shakl jihatidan moslashmagan bo‘lsa, bo‘g‘im harakatiga xalaqit beradi.

Suyaklarning bo‘g‘im hosil qiluvchi yuzalarini 0,2–0,6 mm qalinlikdagi tog‘ay plastinkasi qoplab, ularning g‘adir-budur joylarini tekislaydi va bo‘g‘imlar harakatida tashqi ta’sirlarni ushlab qolish (amortizatsiya) vazifasini bajaradi. Tog‘ay plastinkalari doimo sinovial suyuqlik bilan namlanib turadi. Bo‘g‘imlarni bo‘g‘im xaltasi (capsula articularis) o‘rab turadi.




Yüklə 13,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə