Reja: Sifat



Yüklə 24,23 Kb.
səhifə2/3
tarix17.08.2023
ölçüsü24,23 Kb.
#120675
1   2   3
18 mavzu iso 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar bo yicha i

XALQARO ELEKTROTEXNIKA KOMISSIYASI – ISO/IEC
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo’yicha ishlar 1881 – yilda boshlangan. Bunda Elektr bo’yicha birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904 – yilda Sent-Luisda (AQSH) hukumat vakillarining Elektr bo’yicha xalqaro kongressi majlisida elektr mashinalar atamalarini va parametrlarini standartlashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus idora tuzish zarurligi to’g’risida qaror qabul qilindi.
Bunday idora – Xalqaro elektrotexnik komissiya (MEK) rasmiy ravishda 1906 – yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida tuzildi.
1946 – yilda ISO tuzildi va unga MEK o’zining moliyaviy va tashkiliy masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar bilan qo’shildi.
Bu tashkilotlarning sekretariatlari hududiy jihatdan bir binoda Jenevada joylashgan.
ISO va MEK ning faoliyat sohalari aniq chegaralangan – MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, priborsozlik sohasida, ISO esa qolgan barcha sohalarda standartlashtirish bilan shug’ullanadi.
Mamlakatlar o’zlarining milliy qo’mitalari bilan MEK da qatnashadi. Milliy qo’mitalar sanoatning barcha sohalari manfaatlarini ifodalaydi. Ko’pchilik mamlakatlarda bunday milliy tashkilotlar qatnashadi. Bu bilan bir qatorda ba’zi mamlakatlarning MEK da qatnashuvchi milliy qo’mitalar standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi (masalan, bunday mamlakatlarga Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya va b. kiradi).
Xozirgi vaqtda 41 milliy qo’mita MEK a’zosidir. Bu mamlakatlarda jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 95 % ni iste’mol qiluvchi er sharining 80 % aholisi yashaydi. Bular asosan sanoati rivojlangan mamlakatlar. SHuningdek sanoat tarmoqlariga ega bo’lgan rivojlanib kelayotgan qator mamlakatlardan iborat. MEK ning rasmiy tili – inglizcha, frantsuzcha va ruscha.
MEK ning asosiy vazifasi yuqorida nomi kelitirilgan sohalarda Xalqaro standartlarni yaratishdan iborat.
MEK ning oliy rahbar idorasi Kengash bo’lib, bunda mamlakatlarning barcha milliy qo’mitalari qatnashadi. Saylanuvchi lavozimli shaxslarga prezident uch yillik muhlatga saylanadi, vitseprezident, haznachi va bosh sekretar kiradi.
MEK texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi: texnik qo’mitalar (TQ), kichik qo’mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG) dan iborat. Umuman, MEK da 80 dan ortiq TQ bor bo’lib, bularning bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo xarakterdagi standartlarni (masalan, atamalar bo’yicha, grafik tasvirlar, standart kuchlanishlar va chastotalar, iqlim sinovlari va b.), boshqa qismi esa, mahsulotning muayyan turlari uchun (tarnsformatorlar, elektron texnika buyumlari, maishiy radioelektron apparatlari va b.) standartlarni ishlab chiqadi.
MEK standartlarini yaratish protsedurasi uning Ustavi, Protsedura qoidalari va texnik ishlar bo’yicha Umumiy direktivalar tomonidan belgilanadi. Har 1-1,5 yilda TQ (KQ) majlislarda o’z ishlarining dasturlarini tuzadi (yoki to’g’rilaydi). Har yili MEK dasturiga 500 gacha va bundan ham ortiq yangi, xalqaro standartlarni yaratishni ko’zda tutuvchi mavzular kiritiladi. MEK/ISO ishlab chiqqan va 1990 yil 1 fevraldan amalga kiritilgan Direktivalarga muvofiq amaldagi standartni qayta ko’rib chiqish yangi mavzuni ishlab chiqish kabi qaraladi.
ISO kabi, 1972 yilda MEK o’z tavsiyanomalarini xalqaro standartlar deb nomladi.

18.2-rasm. MEK xalqaro tashkilotining tashkiliy tuzilmasi

Xozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro MEK standartlari yaratilgan, bunda MEK standartlari o’zlarida mahsulotga va mahsulotni sinash metodlariga texnik talablarning mavjudligi nuqtai nazardan ISO standartlariga nisbatan ancha to’liq tuzilgan bo’ladi. Buni, bir tomondan, MEK ning faoliyat sohasiga kirgan mhsulotga talablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushuntirish mumkin, boshqa tomondan esa, ko’p o’n yilliklar davomida to’plangan ish tajribasi standartlashtirish masalalarini ancha to’liq hal qilishga imkon beradi.





Yüklə 24,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə