Reja: Shaxsning ijtimoiy-moslashgan dunyoqarashi tushunchasi


Huquqiy ong, uni bilish, baholash va tartibga solish



Yüklə 19,13 Kb.
səhifə2/2
tarix02.03.2023
ölçüsü19,13 Kb.
#101744
1   2
4.Shaxsning ijtimoiy-moslashgan dunyoqarash psixologiyasi

Huquqiy ong, uni bilish, baholash va tartibga solish.

Huquqiy ong - ijtimoiy ong shakli; jamiyat a’zolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida o‘z aksini topadi. Huquqiy ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa jamiyatlardagi voqeliklarni bilishni ham o‘z ichiga oladi. Alohida shaxs, guruh va jamiyatning Huquqii ongi ajratib ko‘rsatiladi. Huquqii ong huquqiy mafkura va huquqiy psixologiyadan tashkil topgan. Huquqiy mafkura — har xil huquqiy hodi- salar haqidagi nuqtai nazar, tushun-cha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqii ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bag‘ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar ma’naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, e’tiqod va kay-fiyatni olib kiradi. Huquqiy mafkura — shaxsning Huquqii ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa bo‘lgan munosabatiga hal qiluvchi ta’sir qiladi. Huquqiy psi-xologiya — huquqiy hodisalarni his-siyot bilan anglashdir. Odam ijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy munosabatlarni nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib yetadi.
Huquqii ong darajasi jamiyat a’zolarining huquqiy ma’lumotlariga ham bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini ko‘tarishga ko‘mak beradigan huquqiy ax-borot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab, Huquqii ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy Huquqii ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi va odamning shaxsiy tajribasi, huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bunga odamning ishga joylashuvidagi yoki oliy o‘quv yurtiga kirish qoidalari yo bo‘lmasa yo‘l qoidasini buzganligi uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol bo‘la oladi. Huquqii ong borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida qolib ketmaydi, doimo rivojlana borib, nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi. Ilmiy Huquqii ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yo bu darajada to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi. Kasbiy Huquqii ong esa yuridik oliy o‘quv yurtlaridao‘qish natijasida shakllanadi, so‘ngra, huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi. Huquqiy fanlar vakillari, huquqshunos amaliyotchilar uning sub’yektlari hisoblanadi.
Huquqiy ong jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy sharoitlari, uning madaniyHUQUQIY, demokratik yoki avtoritar an’analari bilan belgilanadi.
Yüklə 19,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə