Reja: Psixologiya va pedagogika. Psixologiyada tadqiqotlarni tashkil etish metodlari va metodikasi



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#158279
  1   2
HOZIRGI ZAMON PSIHOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI


HOZIRGI ZAMON PSIHOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI
Reja:

  1. Psixologiya va pedagogika. Psixologiyada tadqiqotlarni tashkil etish metodlari va metodikasi.

  2. Kuzatish metodi.

  3. Eksperiment metodi.

Mazkur fan sohasi o’zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi printsiplarga rioya qiladi.


1. Dialektik materializm ta‘limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta‘sir etishi asosida vujudga kelib sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, hayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqat, his-tuyg’u va xarakter xislatlarida, qiziqish va ehtiyojlarida o’z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo’zg’atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaktsiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta‘sirning natijasida hosil bo’ladi. Bosh miya po’stlog’ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi hamda o’zaro induktsiyasi qonunlari zamirida ro’y beradi. Bu qonunlar turli yo’sindagi muvaqqat bog’lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitlarda tormozlanishini (qo’zg’alishini), muvaqqat bog’lanishlarning yo’qolayotgani yoki paydol bo’layotganini tushuntirish imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funktsiyasi muvaqqat nerv bog’lanishlarining birlashish mehanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanzmlari ta‘sirida hosil bo’ladi. Yuqoridagi ta‘limotga ko’ra har ikkala mexanzm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aksettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishda, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida ifodalashidan iborat.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (Ontogenezidagi) ongli faoliyatini – uning hamnazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o’rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o’yin, mehnat, o’qishda), xatti-xarakatlarida namoyon bo’ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo’lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilari, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o’zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta‘siri ostida bilimlarini o’zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o’zgaradi. Ontegenzda uning his-tuyg’ulari, xarakateri, qobiliyati, tafakkuri, extiyojlari. e‘tiqodlari, uni faollikka da‘vat qiluvchi xarakat motivlari, istaklari. tilaklari, hoxishlari pozitsiyasi ham asta-sekin o’zgarib boradi.
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o’zini qurshab turgan borliqni yanadi chuqurroq, to’g’riroq, to’laroq va aniqroq aks ettrish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo’sindagi o’zaro bog’lanishlar, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan inosnning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo’ladi. Tarixiy materializm ta‘limoticha, inosnning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umum insoniy qiyofalari, e‘tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni (voqelikni) aks ettirish - faol jarayondir. ma‘lumki, inson zotining rivojlanishi ob‘ektiv borliqqa (voqelikka) va o’ziga faol ta‘sir ko’rsatishida sodir bo’ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o’yini, kuzatishi, mehnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarolashuvi, iqtidorining takomillashuvi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Umuman psixologiyada inosn psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to’g’risida umumiy psixologiya kursida keng ma‘lumotlar berilgan. Yosh davri va deferentsiya psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari o’ziga hos ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga xarakat qilgan.
B.G. Ananev psixikani o’rganish metodlarini to’rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik, natijalarni shaxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o’zining maqsad va vazifasi bo’yicha yana bir necha toifa hamda turlariga bo’linadi. Quyidagi mazkur metodlarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsiya berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchi - tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash, longitbd (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlariga qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, uquvliligi va ishchanligini o’zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
a) Yosh davri psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi olamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o’zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o’zaro xosligi kabilarni o’rganishda qo’llanadi. Psixologlardan L.S.Vigostkiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.
b) Yosh davr psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz) metodi ham qo’llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir necha sinaluvchilar o’zaro uzoq muddat, hatto, o’n yillab tekshirilishidir. Logityud psixologlardan nemis Sh.SHtern, frantsuz R.zazzo, rus psixologlari N.AMenchinskaya, A.N.Gvozdev, I.S.Leytis, V.S.Muzxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar kuzatilgan. Shuning chunu qator tadqiqotlarning “ona kundaligi” (N.A.Menchinskaya, V.S. Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish unda paydo bo’layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni (xatti-xarakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarni, ichki bog’lanish qonuniyatlari, mexanizmi to’g’risida mukammal, ishonchli, barqaror, ma‘lumotlar to’plash imkonini yaratadi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini xal qilishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi gurux emperik metodlardan biorat bo’lib, bu guruhda kuzatish (o’zini o’zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, so’rov, sotsiometriya, suhbat qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, xujat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tug’ilganidan umrining oxirigacha sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni chuqurroq va obektivroq tadqiq qilish uun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo’linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotda ko’pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
To’plangan miqdorlarni ishlab chiqishda manna bu formulalarni qo’llash mumkin:

formulasi o’rtacha arifmetik qiymatni topish uchun


ishlatiladi. M – yig’indi, v – variatsion miqdor, n – sinaluvchilar yoki ob‘ektlarning sonog’ini bildiradi.


formulasi son qatoridagi o’rta kvadrat og’ishni
hisoblashda yoki standart og’ishni aniqlashda ishlatiladi. - kvadratlik og’ish, S-dispersiya, “n” - miqdor.
3. - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. U ba‘zan “S” - dispersiya deb ham ataladi.

Ilmiy tadqiqot metodlarining to’rtinchi sharxlash guruhi genetik, va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqotdavomida to’plangan ma‘lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo’sinda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi – sinalvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta‘rif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat xususiyatlarning namoyon bo’lish davri, bosqichi hamda ba‘zi mashaqqatli daqiqalarga, payotlarga qo’shimcha sharhlar berish imkoniyati tug’iladi.


Genetik metodga asoslanib o’zgarishlar bilan rivojlanish bosqichining bevosita bog’liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob‘ektiga kirgan shaxs psixikasining barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro ta‘sir va uyg’unlikning o’zaro bog’lanishlari o’rganiladi.
To’rtinchi bosqichch - shaxslarda xar bir fakt, alomat, ko’rsatkich, xissa psixolgik jixatdan so’z-mantiq orqali tahlil qilinadi.Barcha ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, hech bir shubxaga, e‘tirozlarga o’rin qolmaydi. Na shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiyakariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o’rganilishi zarur muammolarning ahamiyati va istiqboli uqtiriladi.
Endi tajribada eng ko’p qo’llanidagn emperik metodlar haqida kengroq ma‘lumotberamiz.
Kuzatish metldi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob‘ektiv (tashqi) va sub‘ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi. 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob‘ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqo o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qa‘tiylashtiriladi; 6) kuzatish insoning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat, sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayt qilib borish vositalar (kundalik, suhbat daftari,kuzatish varaqasi, magnitofon, vidiomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerf sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi,xulq-atfori, nutq faoliyati va xakozolar o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetarli. Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning xarakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, mayli, hoxishi aniqlanadi. o’quvchining darsdagi xolatini kuzatishda esa diqqatning hususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta‘sirlanishi, temperamenti, xatti-xarakatining sur‘ati, emotsional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma‘lumotlar to’plashga imkoniyat tug’iladi. o’spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining xarakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig’ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o’zini tutishi darajasi haqida keng ma‘lumotlar yig’iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, hiy-tuyg’usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba‘zan tafakkur bo’yicha ham ma‘lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini fikrning muayyan ob‘ektiga yo’naltirilganini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta‘siriga, berilmaslikni, chehradagi tashrif va iztirobni, ko’zdagi g’ayr tabiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy xolatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o’zgarish aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, xissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma‘lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini-o’zi kuzatishdan (introspektsiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki yuqori ma‘lakali o’qituvchi o’zini-o’zini kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zida emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanzmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma‘lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati mazmuni va mohiyati va qay tarizda, qanday tezlikda, qay shalda ro’y berish kuzatadi.
CHet el psixologiyasida o’zini o’zi kuzatishning inson ruhiyatini o’rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to’plangan. Introspektsiya yo’nalishining yirik namoyandalari o’zlarini o’zlari kuzatganlar va to’plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga xarakat qilganlar lekin inson turli faziyatlarda o’zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas.
SHunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jixatlari bilan birgina zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasining o’rganishda suhbatning maqsad va vazifasi belgilanadi, uning ob‘ekti va sub‘ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e‘tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma‘lumotlar olinadi. Suhbat chog’ida o’zaro izchil savollar beriladi.
Suhbat metodining yuqorida ta‘kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so’zlar, “g’aliz” iboralari, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarli muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o’ziga xos ishlar uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma‘lumotlar olishni qiyinlashtiradi vash u sababli boshqa metodlarga murojat qilishga to’g’ri keladi.
Faoliyat mahsulintahlil qilish i metodi. Inson xotirasi, tafakkur, qobiliyat va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod yosh davri psixologiyasida keng qo’llanadi. Bolalar chizgan rasmlar,yasagan o’yinchoqlar, metodlar, yozgan she‘rlarni tahlil qilish orqali, badiiy va adabiiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob‘ekt bilan sub‘ekt o’rtasida muloqot o’rganish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan xukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va diplom ishlari, ilmiy ma‘ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyiha va hakozolar kiradi. Bular turli yoshdagi jinsdagi odamlar, xar xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, xarakteri bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’quvchilar, talablar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to’g’risidagi ma‘lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu metodning o’zi yetmaydi. shuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish makul.
Test metodi. Test – inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, istedodlilarva aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma‘lumotlarning ob‘ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir.
1905 yildan, ya‘ni frantsuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o’sish va is‘tedod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
CHet el psixologlari testlarni shaxsning is‘tedod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma‘lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob‘ektlarini o’zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko’nikma hamda malakalarni aralash holda o’rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaduvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog’liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydi. Psixolglar K.M. Gureviya, V.A.Krututskiy va boshqalar qo’llaydigan testlar tubdan boshqacha printsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko’rsatkichi (indikatori) bo’lishi uchun xarakat qiladilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi darvda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayze, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlar (ular darslandan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlar (aqliy rivojlanish darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqish, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi.
Tajriba (eksperiment) metod. Bu metod turli yoshdagi odamlar (chaqaloq, bola, o’spirin, balog’atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Esperiment metod yordamida sun‘iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’sishi, favqulotda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni xal qilish, jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakter iva tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, hossalari, murakkab mexanzmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, ob‘ektiv tarzda xar xil xolat va vaziyatlarni yaratish, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter, xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakalariga e‘tibor berish lozim.
Tajriba metodi. o’z navbatida tabiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo’llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F. Lazurskiy ta‘riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jarayonlari a‘zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiy sharoitdan inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar, dehqonlar, xodimlar va hakozolar)ning o’zlari bexabar bo’lishi, ta‘lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta‘sir o’tkazin kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavob va fabrika esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displeyrlar, Kurilmalar, maslama va jixozlar, xolatlar, funktsiyalar, vujuga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar, sekundamer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskon, taxistakop, audnometr, esteziometr, eletrominogramma elektroentsifilogramma kabilardan foydalaniladi. Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurlarning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. kUpincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning metodlari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma‘lumotlar olinadi.
Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalanovchi) va tekshirish qismlariga bo’linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki xolat, o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq qilinadi. tadqiqot ob‘ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga ta‘sir o’tkazmaydi. Shu Pallada sinaluvchiga hatto, yo’lovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning printsipi hisoblanadi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma‘lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholar, tanbehlar, taqrizlar alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, xujjatli filmlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma‘lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlaroni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jixatlarini ochishda yordam beradi.
Yosh davri psixologiyasida bolalarning tarjimai xoli asosida ilmiy tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskiy, V.S. Muxnaning kuzatishlari “Ona kundaligi” nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar chet el psixologiyasida ham keng tarqalgan.
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, A.N.Tolstoy, A.M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qaxxor va boshqalar qator adabiyotlarning estaliklari tarjimai hol shaklida bo’lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-tuyg’usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, is‘tedodi, qiziqishi, intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi, e‘tiqodi, nafosati, axloq va odobi to’g’risida ma‘lumotlar olish mumkin.
Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo’llanadigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi olimlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga munosabatlari o’rganiladi.
Anketa odatda uchta xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashishlar motivlarni anglash mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan tarli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig’ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo’sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma‘lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bu kamchilikka yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir
Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a‘zoalri o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularnnig darajasini o’lchashda qo’llanadi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a‘zoning o’zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan ma‘lumolar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma‘lumolar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos. shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometrining yosh davri psixologiyasiga moslab o’zgartirilagan turlari ishlab chiqilgan. Bu shaxslarning bir birini tanlashi motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to’laroq axborot beradi.
SHu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazar, guruhbozlik, og’machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg’uning zo’riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar o’rdasidagi muloqotlarning zamini hamda sehri manna shu kalit bilan ochiladi.
Umuman ayganda, sotsiometrii metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi xar xil kishilar guruhlardagi psixologik qonunlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin.

Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:






  1. Yüklə 81,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə