Reja: Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati


Tashabbuskorligi va ijodkorligi



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#155753
1   2   3   4
Pedagogik odob. Pedagogning muomila odobi

Tashabbuskorligi va ijodkorligi.
O’quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi ta’lim mazmuniga asoslanib, o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorlikdagi faoliyatini to’g’ri tashkil etish saviyasiga bog’liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini mukammal bilishni taqozo etadi:
Birinchidan, o’zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’uliyatni, faollikni va eng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab qiladi.
Ikkinchidan, har bir darsda o’qituvchi ham, o’quvchi ham belgilangan maqsadni aniq qo’ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to’g’ri belgilab olishi lozim.

Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o’qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o’quvchilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o’rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi.

  • Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o’qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o’quvchilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o’rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi.
  • To’rtinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o’z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko’ra bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik belgilardan biridir.
  • Beshinchidan, dars jarayonida o’quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o’z fikr-mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o’quvchilar jamoasi fikriga tayanish zarur.
  • Oltinchidan, o’quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo’lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to’g’ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə