Reja: Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#155753
  1   2   3   4
Pedagogik odob. Pedagogning muomila odobi


Eshqobilov Sardor
Pedagogik odob. Pedagogning muomila odobi
REJA:
1. Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati.
2.Pedagogik nizo va uning sabablari. Pedagogik nizolarning oldini olish yo’llari.
3. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati.
Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati.
Har bir o’qituvchi uchun o’quvchilarga to’g’ri, omilkor axborot uzatish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o’qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega. O’qituvchining pedagogik faoliyati uzluksizdir, shu sababli u muloqot madaniyatini ham muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo’nalishlarga e’tibor berishi lozim:
Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o’z-o’zini anglashi, (muomalada o’zining o’zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o’zaro fikr almashish yo’li bilan o’z-o’zini tarbiyalashi.
Kishilar bilan o’zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib borishi, muloqot asosida to’g’ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda o’zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o’qituvchilar jamoasi, o’quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv tasavvurlarini tahlil qilishi.
O’zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
O’quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o’zaro fikr almashish asosida pedagogik tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
Muloqot jarayonida paydo bo’ladigan salbiy holatlarni engish ko’nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi.
O’qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham, o’quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo’lishi tabiiy hol. Har qanday tajribali o’qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o’ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. Sinfda sodir bo’ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o’qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon bo’ladigan tipik hodisa.Ayniqsa, ushbu holat endigina o’z faoliyatini boshlagan yosh o’qituvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi.
Yosh o’qituvchilarning o’quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to’g’ri yo’nalish berish, barcha o’quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o’qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadigan o’qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko’lamiga odatda o’quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki, o’quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha o’qituvchilarni ustoz deb ataydilar.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə