Reja: Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati



Yüklə 375,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.09.2023
ölçüsü375,24 Kb.
#124277
  1   2
2-maruza, 4-kurs



18 
2-MAVZU: Onlayn pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. 
 
Reja: 
1.
 
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida 
pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati. 
2.
 
Kundalik.com platformasi. 
3.
 
Kundalik.com paltformasining o’qituvchilar uchun imkoniyatlari. 
1.
 
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida 
pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati. 
Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) – kompyuter texnologiyalari yordamida 
oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik 
vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli 
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida 
ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik 
maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), 
texnik va metodiktaʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi. 
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: 
- oʻrgatuvchi dasturlar – talabalarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib 
chiqib yangi bilimlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiradi; 
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va koʻnikmalarni tekshirish yoki 
baholash maqsadlarida qoʻllaniladi; 
- mashq qildirgichlar - avval oʻzlashtirilgan oʻquv materialini takrorlash va 
mustahkamlashga xizmat qiladi; 
- oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. 
Dasturiy taʻminotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy 
pedagogik vosita (UPV)», «oʻquv pedagogik dasturi (OʻPD)», «avtomatlashtirilgan 
oʻqitish tizimi (AOʻT)», «oʻqitishning yangi axborot texnologiyasi (OʻYaAT)» kabi 
atamalar bilan qayd etish, bir obʻektga turlicha nom berish tadqiqotchilarning oʻzaro 
fikr almashinuviga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Biz bundan keyin taʻlim jarayonida 
qoʻllanadigan dastur vositalarini «pedagogik dasturiy vositalar (PDV)» atamasi 
bilan qayd etamiz. Zero, mashgʻulot jarayoni yaxlit bir tizim boʻlib, u ham 
maʻlumotlarni bayon qilish, ham namoyish qilish, ham mashq qildirish, ham nazorat 
qilish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Shu bois mashgʻulot jarayonida foydalanish 
mumkin boʻlgan dastur vositalarining barcha turlarini yaxlit bir tizim sifatida qarab 
umumiy nom bilan PDV deb aytish maqsadga muvofiq hisobalanadi. 
Pedagogik dasturiy taʻminotni rivojlantirishni baholash, birinchi navbatda, 
pedagogik dasturiy taʻminotning asosiy tushunchalarini, tasnifi va turlarini oʻrganish 
kerak. “Pedagogik dasturiy taʻminot” konsepsiyasi boshqacha talqin etiladi, ammo 
koʻpchilik olimlarning fikrlari oʻxshashdir. Misol uchun, Kuxtin D.V “Pedagogik 


19 
dasturiy taʻminot taʻlim tizimini oʻrganish jarayonida foydalanish uchun 
moʻljallangan alohida dastur va dasturiy paket hisoblanadi” deb taʻriflaydi. 
N.N.Gorlushkina 
“Pedagogik 
dasturiy 
taʻminot 
kompyuter 
va 
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida oʻquv jarayonini 
texnologik qoʻllab-quvvatlash” ekanligini taʻkidlaydi. 
PDVlar oʻz maʻlumot omboriga, shuning’iek, modellashtiruvchi
boshqaruvchi, oʻrgatuvchi, nazorat qiluvchi sifatlarga ega boʻlib, taʻlimning 
koʻrgazmaliligini taʻminlaydi, taʻlim subʻektlari faoliyatini tezkor tahlil etish, 
nazorat qilishga moʻljallanadi. 
Hozirga qadar yaratilgan PDVlarning qator xususiyatlarini ajratib koʻrsatish 
mumkin. Dastlabki PDVlar algoritmik tillarni oʻrganishga moʻljallangan boʻlib, ular 
bilimlarni formallashtirishda ishlatilgan. Keyinchalik PDVlarni yaratishga 
matematik mantiq nuqtai nazaridan yondashilgan. Ularda dasturlashtirilgan taʻlim 
prinsiplariga rioya qilib, oʻquv materialini mantiqan bogʻliq qismlarga ajaratish, 
talabalar oʻzlashtirishini individuallashtirish, talabalar oʻzlashtirishini tezkor 
baholash kabi talablar hisobga olingan. Hozir taʻlimda kompyuterdan foydalanish 
texnologiyasi ancha taraqqiy qildi. Endi yaratilayotgan PDVlar kompyuterning 
multimedia imkoniyatlaridan toʻliq foydalangan holda taʻlim sifatini yaxshilash va 
samaradorligini oshirishga yoʻnalgan, zamonaviy taʻlim jarayoni mohiyatini oʻzida 
kompleks gavdalantiradigan dastur vositasi boʻlmogʻi lozim. 
Pedagogik dasturiy vositalar anʻanaviy oʻquv nashrlariga qoʻyilgan didaktik 
talablarga javob berishi kerak. Biz quyida pedagogik dasturiy vositalarning didaktik 
imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz: 
1. Taʻlimda ilmiylik, fan-texnika va texnologiyalar soʻnggi yutuqlarining 
hisobga olinishi pedagogik dasturiy vositalar mazmunining chuqurligi va 
ishonchliligini taʻminlaydi. Oʻquv materiallarini pedagogik dasturiy vositalar 
yordamida oʻzlashtirish jarayoni oʻqitishning zamonaviy usullari asosida amalga 
oshiriladi. Masalan tajriba, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, 
yaxlitlashtirish, oʻxshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi, shu bilan birga 
matematik modellashtirish va tizimli tahlil metodlari. 
2. Oʻqitishning erishuvchanlik talablari pedagogik dasturiy vositalar orqali 
amalga oshiriladi va taʻlim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga 
xos oʻquv materialini oʻrganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash 
zaruratini bildiradi. Oʻquv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha 
yuklash mumkin emas, aks holda taʻlim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik 
qiladi. 
3. Oʻqitishning muammoliligini taʻminlanadi. Agar taʻlim oluvchi muammoli 
topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi ortadi. 
Ushbu didaktik talabning pedagogik dasturiy vositalar yordamida bajarilish darajasi, 
anʻanaviy darsliklar va qoʻllanmalardan koʻra, sezilarli ravishda yuqori boʻladi. 


20 
4. Pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishning koʻrgazmaliligini 
taʻminlash – taʻlim oluvchilar tomonidan oʻrganilayotgan obʻektlar, ularning 
maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish 
zaruratini bildiradi. 
5. Oʻqitishning ongliligi, taʻlim oluvchining mustaqilligi va faolligini 
taʻminlash talablari – oʻquv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda 
oʻquv axborotini jalb qilish boʻyicha taʻlim oluvchilarning mustaqil ishlashlari 
uchun pedagogik dasturiy vositalar bilan taʻminlashni koʻzda tutadi. Bunda taʻlim 
oluvchi uchun oʻquv faoliyati yoʻnaltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar 
boʻyicha pedagogik dasturiy vositalar tizimli faoliyatli yondashuv asosida ishlab 
chiqilishi kerak. 
6. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda oʻqitishning tizimliligi va 
ketma-ketligi – oʻrganiladigan fan sohasidan bilim va koʻnikmalarning taʻlim 
oluvchilar tomonidan tizimli oʻzlashtirilishini anglatadi. Bilim, koʻnikma va malaka 
– taʻlim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qoʻllanilishi zarur. Buning 
uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurligi aniqlandi: 
- oʻquv materialini tizimlashtirilgan tartibda tavsiya qilish; 
- oʻquv materiallari yuzasidan shakllanadigan bilim va koʻnikmalarning 
rivojlanib borishiga erishish; 
- oʻrganilayotgan oʻquv materialining fanlararo bogʻliqligini taʻminlash; 
- oʻquv materiali va taʻlim beruvchi taʻsirlarining uzatilish ketmaketligini 
chuqur oʻylab koʻrish; 
- bilim berish jarayonini mantiqiy ketma-ketlik asosida qurish; 
-pedagogik dasturiy vositalar tavsiya qilgan axborotlarni oʻqitishning 
mazmuni va uslubi, taʻlim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bogʻliq holda tanlanishi 
kerak, masalan, mazmunli oʻyin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar 
va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va obʻektlar modellarini tavsiya qilish yoʻli 
bilan amaliy faoliyatga bogʻlashni taʻminlash. 
7. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda bilimlarni mustahkam 
oʻzlashtirish – talabalarning oʻquv materialini mustahkam oʻzlashtirishlari uchun, 
ularning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega. 
8. Pedagogik dasturiy vositalarda oʻqitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy 
funksiyalari bajarilishi taʻlim vazifasidagi anʻanaviyligiga zamin yaratadi. Taʻlimni 
kompyuterlashtirish ikki yoʻnalishda davom etmoqda: kompyuter savodxonligini 
taʻminlash va kompyuterdan oʻquv fanlarini oʻqitishda foydalanish. Birinchi 
yoʻnalish boʻyicha maʻlum natijalarga erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi 
yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib oʻtish 


21 
joiz: amaliyotda oʻrgatuvchi dasturlar deyarli yoʻq; PDVlarni yaratishga mutaxassis 
olimlar keng jalb qilinmagan; dastur vositalari va ulardan foydalanish 
texnologiyasidan maktab oʻqituvchilari deyarli xabardor emas; PDVni yaratish 
texnologiyasining oʻzi haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan 
mukammal tadqiq qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, talabalarning real bilish 
imkoniyatlariga moslashtirilmagan. 
Shunday ekan, ikkinchi yoʻnalishga eʻtiborni sezilarli darajada kuchaytirish 
zamon talabiga javob bera oladigan PDVlarni yaratish vaqti yetib keldi. Pedagogik 
dasturiy vositalarni ishlab chiqish jarayonida ham prinsp va talablarni hisobga olish 
kerak. Gorushkin N.N.ning prinsplari orasida 4 guruhni aniqlaydi: 

talabalarning fiziologik xususiyatlari; 

kompyuter texnikasining texnik imkoniyatlari; 

dizayndagi pedagogik tavsiyalar; 

yaratilgan pedagogik dasturlarga tizim yondashuvi; 
I.Robert pedagogik dasturiy vositalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan asosiy 
talablarga quyidagilarni keltiradi: 

pedagogik talablar 

texnik talablar 

ergonomik talablar 

estetik talablar 
Taʻlimni kompyuterlashtirish jarayonini endi toʻxtatish yoki orqaga qaytarish 
mumkin emas. Taʻlimni «… kompyuterlashtirishni toʻxtatib boʻlmaydi, taʻlimda 
kompyuterni qoʻllash, - deb yozgan edi ye.I.Mashbits, - orqaga qaytmaydigan 
jarayon. Bu oʻz-oʻzidan amalga oshadi degani emas. Uning harakati maorif tizimi 
bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan olimlar, oʻqituvchilar, yangi hisoblash 
texnikasi va dastur taʻminotini yaratuvchilariga koʻproq bogʻliq». Shu bilan birga 
«Kompyuter mavjud taʻlimga oddiy «qoʻshimcha» - oʻqitishning texnik vositalari 
qatoriga kiradigan navbatdagi yangilikgina emas. U taʻlim tizimining barcha 
komponentlariga, jumladan, uning uslublari va mazmuniga ham taʻsir koʻrsatadi. 
Hozirga qadar kompyuter vositasida bilim berishni amalga oshirish uchun 
maktabni texnika bilan taʻminlash va oʻqitish predmeti mazmunini yoritadigan 
dastur tuzish (yoki biror joydan olish) kifoya degan fikrlar ham uchrab turadi. Bu 
yerda bilim berish jarayonida uslubiy taʻminotning asosiy roli eʻtibordan chetda 
qoladi. Mashgʻulotni oʻtishda mukammal kiritish, zarur oʻrinlarida uni takrorlash 
imkoniyatlari oshadi. Ishlangan PDV va chuqur oʻylangan uslubiyatning yoʻqligi 
kompyuter yordamida tashkil etiladigan mashgʻulotlar samaradorligining 
pasayishiga sabab boʻlmoqda. 
Kompyuterlashtirish yoʻli bilan taʻlimni tashkil etish, boshqarish, nazorat 
qilishning yangi - sifat bosqichiga oʻtiladi. Unda oʻqituvchi va oʻquvchi 


22 
munosabatidagi bogʻlanish, aloqalar tubdan oʻzgaradi, taʻlim mazmuniga pedagogik 
ishlov berish uslubiyati yangilanadi, oʻquv materialini toʻliq oʻzlashtirish davri 
boshlanadi, taʻlim modul xarakteriga ega boʻladi, teskari aloqa mohiyati jihatidan 
yangilanadi, taʻlimga qoʻshimcha va oʻzgartish.
Elektron taʻlim resurslaridan foydalangan holda taʻlim quyidagi maqsadlarga 
qarab bir necha yoʻnalishlarda tashkil etiladi: 

birlashtirilgan taʻlim (sinf ishi va talabalar va oʻqituvchilarning elektron taʻlim 
muhitidagi faoliyati) 

web-quvvatlash bilan mashgʻulotlar (asosiy taʻlim jarayoniga qoʻshimcha) 

onlayn taʻlim (sinfsiz elektron taʻlim orqali intizomni oʻzlashtirish) 
Bundan 30 yil ilgari kompyuterli taʻlim, taʻlimni kompyuterlashtirish, maktab 
taʻlimida kompyuterdan foydalanish haqida tasavvurga ham ega emas edik. Endi 
davr oʻzgardi. Ulkan, qimmatbaho va foydalanish murakkab boʻlgan EHMlar endi 
koʻzimizga maʻlumotlarni qayta ishlash uchun ishonchli va qulay boʻlgan vositaga 
oʻxshab koʻrinmoqda. Uning maorif sohasida ham keng qoʻllanilayotganligining 
guvohi boʻlayapmiz. Kompyuterlarni taʻlimda qoʻllash ufqlari oydinlashib, ularni 
taʻlim jarayonida qoʻllash usullari, vositalari, prinsiplarini asoslashga urinishlar 
paydo boʻlmoqda.
Virtual borliq (Virtualnaya realnost) tushunchasini Jaron Lanier (Lane) taklif 
etgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bogʻliq. 
Immersivlik deganda odamning virtual borliqda oʻzini faraz qilishini tushunish 
lozim. Interfaollik deganda foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obʻektlar 
bilan oʻzaro muloqotda boʻlib ularga taʻsir koʻrsatishga ega boʻladi. 
Virtual borliq tizimi deganda – biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni 
qabul qilamiz. Interfaollikni taʻminlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni 
qabul qilishi kerak. Bu amallar koʻpmodallikga, yaʻni koʻz bilan koʻradigan, tovush 
orqali qabul qiladigan boʻlishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun 
zamonaviy tizimlarda turli tovush va video texnologiyalardan foydalaniladi. 
Masalan, katta hajmli tovush va video tizimlari, shuning’iek odamning bosh qismiga 
oʻrnatiladigan shlem va koʻzoynak displeylar, hid sezadigan sichqonchalar, 
boshqaruvchi qoʻlqoplar, kibernetik nimchalar, simsiz interfeys birgaligida 
ishlatiladi. Yuqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli. 
Oxirgi yillarda taʻlim tizimida zamonaviy internet texnologiyalaridan 
foydalanishga, xususan multimediaga asoslangan texnologiyalarga alohida etibor 
berilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal surʻatlarda 
rivojlanishi taʻlim tizimiga ham oʻz taʻsiri koʻrsatibgina qolmasdan, uni 
tashkillashtirishning asosiy instrumentiga aylanib qolmoqda. Misol qilib oladigan 
boʻlsak, eng tez rivojlangan va yuqori samara koʻrsatgan taʻlim texnologiyalari 
axborot kommunikatsiyalar asosida tashkillashtirilgandir. Masalan, Cloud 


23 
Computing, Mobile Learning, Tablet Computing, Open ContentLearning, 
AnalyticLearning, Virtual and Remote Laboratories. 
21 asr taʻlim tizimi bevosita internet va multimedia texnologiyalari bilan 
bogʻlangan. Oxirgi oʻn yillikda internet tarmogʻida juda yuqori samaradorlikka 
erishilgan boʻlsa, multimedia texnologiyalarining ham keskin rivojlanishi va internet 
bilan integrallashuvi uning imkoniyatini yanada boyitmoqda.
Kelajak tarmoqlarini qurish konsepsiyasining bugungi dolzarb masalalari 
ichida 3D Internet tarmogʻini qurish va uni xalq xoʻjaligining turli sohalarida 
qoʻllash muhim oʻrin tutadi(1 -rasm). 3D Internet texnologiyasi sanoat, ishlab 
chiqarish, fan-texnikalar uchun, ularning yanada taraqqiy topishi uchun yangi bir 
davrni ochib beradi. Ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Dunyoning turli chetlaridagi 
rivojlanishlarning boshqa chetlariga tadbiqini va samaradorligini virtual boshqarish 
imkoini beradi. 
3D Internet texnologiyasi internet va 3D grafika texnologiyalarining 
integratsiyalashuvi bo‘lib, uning natijasida internet orqali interaktiv 3D kontent real 
vaqt rejimida veb xizmat ko‘rinishida yuboriladi. Web 3.0 konsepsiyasi asosida 
rivojlantirilayotgan ushbu texnologiya internet yordamida virtual olam yaratish 
imkonini beradi. 3D Internet bir qator afzalliklarga ega: 

Tarmoq foydalanuvchilari virtual birlashtiriladi va boshqariladi; 

Masofa ahamiyat kasb etmaydi, hamma bir-biri bilan virtual yagona joyda, 
fazoda joylashadi; 

Kontent har bir foydalanuvchi o‘zi boshqarishi mumkin; 

Istalgan tarmoq foydalanuvchi boshqa tarmoq foydalanuvchisiga bevosita 
interaktiv ta‘sir o‘tkazishi mumkin. 
(
1-rasm. 3D Internet konsepsiyasi)


24 
Ushbu texnologiya asosida virtual multimedia taʻlim muhiti yaratiladi. 
3D Internet texnologiyasi asosida virtual taʻlim tizimini tashkillashtirish 
quyidagi taʻlim va tadqiqot turlarini tashkillashtirish imkonini beradi: 
- Dunyoning istalgan virtual universitetlariga aʻzo boʻlish va dasrlarida 
qatnashish; 
- Virtual masofaviy taʻlim; 
- Virtual ekskursiyalar tashkillashtirish; 
- Virtual tadqiqotlar olib borish; 
- Virtual kitob va qoʻllanmalar harid qilish; 
- Virtual seminarlar va konferensiyalar tashkillashtirish; 
- Virtual ishchi guruxlar tashkillashtirish va loyihalarni bajarish va boshqalar. 
Sanab oʻtilganni tashkillashtirishning yagona vositasi sifatida 3D Internet 
texnologiyasi hizmat qiladi. Taʻkidlash joizki, ushbu xizmatlarni taʻminlovchi 
yagona intereaktiv, real vaqtli 3D multimedia tarmoq platformasi tashkillashtirish 
talab etiladi. Foydalanuvchi tomonda ham 3D kamerani oʻz ichiga olgan maʻlum 
qurilmalar toʻplami boʻlishi zarur.
Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, hozirgi zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan taʻlim jarayonida foydalanish ancha ustunliklarni yuzaga 
keltirmoqda. PDVlar taʻlim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Taʻlimda 
PDVlarning ahamiyati katta. 

Yüklə 375,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə