Reja: Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar


Taraqqiyotning "O`zbek modeli" va uning o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 44,41 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü44,41 Kb.
#134513
1   2   3
O‘zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li

3. Taraqqiyotning "O`zbek modeli" va uning o`ziga xos xususiyatlari. 
Mustaqillik yillarida huquqni muhofaza qilish organlari va milliy xavfsizlik tizimi ham yangi asosda yaratildi, mamlakatning chegaralari va suverenitetini himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz shakllantirildi. Shu bilan birga, tashqi aloqalarni ta’minlash uchun institutsional tuzilmalar - Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki va boshqa ixtisoslashgan muassasalar shakllantirildi.
Milliy armiya mustaqillikning ajralmas ramzi va mustaqil davlatchilikning muhim institutidir. Ma’lumki, mustaqillikka erishgunga qadar, O‘zbekiston boshqa sobiq Sovet respublikalari singari o‘z Qurolli kuchlariga ega emas edi. Butun O‘rta Osiyoni qamrab olgan va katta strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Turkiston harbiy okrugining markazi Toshkentda joylashgan edi. Shuning uchun O‘zbekistonda suveren rivojlanishining dastlabki bosqichlaridan boshlab milliy armiyani tuzishga ustuvor ahamiyat berildi. 1991 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida" gi qarori chiqdi va 1992 yil iyul oyidagi Farmon bilan u O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi deb nomlandi.Shundan buyon O‘zbekistonda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda
Qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontsepsiyasi asosida, tez o‘zgaruvchan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni har tomonlama tahlil qilish asosida, O‘zbekiston Qurolli kuchlarni qurish va tashkil etishning mutlaqo yangi prinsiplariga asoslangan armiyani isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqildi.
Islohotning asosiy maqsadi - strategik va taktik vazifalarni samarali hal qilishga qodir, davlat chegaralari va uning hududiy yaxlitligi hamda daxlsizligiga har qanday tajovuzlarni zararsizlantirish va munosib ravishda qaytarishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, yaxshi qurollangan armiya tashkil etishdir.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T:”O‘zbekiston”, 2017 y.
2. Karimov I.A.O‘zbekiston:milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-T:1-tom,”O‘zbekiston”, 1996 y.
3. Levitin L.O‘zbekiston tub burilish pallasida.-T:O‘zbekiston,2005 y.
4. Erkaev A. O‘zbekiston yo‘li.-T: “Ma’naviyat”, 2011 y.
5. Mustaqillik:ilmiy-ommabop lug‘at.-T:SHarq, 2006 y.
6. Mustaqil O‘zbekiston tarixi.-T: Akadmiya, 2013 y.


Yüklə 44,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə