Reja: "Morfologiya" o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Narsa-buyumlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə11/19
tarix12.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#102361
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
“Morfologiya” bo’limini o’qitish yuzasidan dars ishlanmalar tayyorlash

Narsa-buyumlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar

o’n dona (kitob), besh nusxa
(jurnal), o’n to’qqiz bosh (qoramol), ikki tup (atirgul), uch nafar (o’quvchi) va b.




Butun, guruh yoki

bir burda (non), bir parcha (yer),




to’daning qismini

ikki varaq (qog’oz), to’rt og’iz




hisoblash uchun

(gap), bir luqma (osh), bir siqim




ishlatiladigan hisob so’zlar

(jiyda), bir tilim (handalak), ikki karch (qovun), bir chimdim (murch), bir qultum (sut), bir ho’plam (suv), ikki qatra (ko’z yoshi), bir tomchi (qon), to’rt chaqmoq (qand), bir nimta
(go’sht), ikki to’g’ram (non), bir bo’lak (yog’och), bir poy (kalish), ikki shingil (uzum).




Narsa-buyumlarni

bir gala (turna), ikki bog’




to’dalab, guruhlab

(ko’kat), bir to’p (ayol), o’n




ko’rsatuvchi hisob so’zlar

bog’lam (beda), bir guruh (odam), bir quchoq (o’tin), bir to’da (otliq), bir shoda (marvarid), bir sinf (o’quvchi), ikki hovuch
(turshak)...




Og’irlikni ifodalovchi

gramm, kilogramm, sentner,




hisob so’zlar

tonna, pud, misqol, qadoq, botmon, qirot...




Uzunlikni ifodalovchi

metr, kilometr, gaz, quloch, tanob,

hisob so’zlar

qadam, qarich...




Vaqt o’lchovini ifodalovchi hisob so’zlar

asr, era, yil, oy, hafta, kun, sutka, soat, minut, daqiqa, soniya...




Qiymat ifodalovchi hisob so’zlar

so’m, tiyin, tilla, tanga, miri, paqir, chaqa...




Bu sirani yana davom ettirish mumkin. Qadoq, paysa, tanob, gaz, sarjin, paysa, taxta, enlik, so’lkavoy, tosh, pud, yumaloq kabi hisob so’zlar eskirgan bo’lib, kundalik nutqimizda deyarli qo’llanilmaydi.
O’quvchilar jadvalni davom ettirishlari yoki jadvalda berilgan hisob so’zlar ishtirokida gaplar tuzishlari ham mumkin. Asosiysi, o’quvchida hisob so’zlardan o’rinli foydalanish malaka va ko’nikmasi hosil bo’lishi zarur.
Sonlar ham sifatlar kabi gapda otga bog’lanib, aniqlovchi vazifasini bajaradi. Ba’zan son izohlab kelayotgan ot (aniqlanmish) tushib qolishi va uning barcha xususiyatlarini son bajarishi mumkin. Gapda sonlarning shaxs, narsa-buyum, voqea-hodisa ma’nolariga ega
* hisoblanadi. Jumladan, Bir daraxtni bo’lishi sonlarda ma’no torayishi
kessang, o’n daraxtni ek – Birni kessang, o’nni ek.(Maqol) O’n besh soni uch soniga kasrsiz bo’linadi – O’n besh uchga kasrsiz bo’linadi.; Ikkala qiz do’stlashib qoldi – Ikkalasi do’stlashib qoldi.
O’quvchi hukmiga hamisha ham miqdor ma’nosini ifodalamaydigan bir so’zi bilan bog’liq topshiriqlarni havola etish mumkin. Masalan,

  1. topshiriq. Berilgan gaplarni o’qing. Gaplar tarkibida qo’llanilgan bir so’zi ifodalagan ma’nolarni aniqlang.

1.Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi. (H.Olimjon) 2.Sayohatga hammamiz bordik, bir Ahmad sog’ligi tufayli bora olmadi. 3. Eshikni bir kishi taqillatyapti. 4. Bir yomg’ir yog’adi, bir quyosh porlaydi. 5. O’ktam kabinetda o’tirganlarga bir-bir qarab chiqdi. (Oybek) 6. Do’kondor o’g’rini biram so’kdi, biram so’kdi. 7.Yakshanbaga bir dam olsak. 8. Tiling birla dilingni bir tut.(Maqol)

  1. topshiriq. Berilgan siralarga mos gaplar tuzing. Gaplar tarkibida bir so’zi qo’llanilishi muhimligini inobatga oling.

Bir so’zi:
1) miqdor ma’nosini bildiradi;
* So’zlarda ma’no torayish hodisasi nutqiy tejamkorlik bilan bog’liq.

  1. noaniqlik, noma’lumlik ma’nolarini ifodalaydi;

  2. chegara ma’nosini bildiradi;

  3. harakatning belgisini, qay tarzda bajarilganligini bildiradi;

  4. fe’l ifodalagan ma’noni kuchaytiradi;

  5. mo’ljal ma’nosini ifodalaydi;

  6. predmet yoki harakatning bir turdaligini bildiradi;

  7. ayiruv bog’lovchisi bo’lib keladi.

Bu kabi amaliy topshiriqlardan madsad bitta: o’quvchida til sezgirligini oshirish va so’zning lug’aviy ma’nosini teran anglashga o’rgatish, tilimizning beqiyos imkoniyatlaridan nutq sharoitiga mos ravishda foydalanishga odatlanish va odatni tabiati darajasiga ko’tarish.
Ravish so’z turkumini o’qitish metodikasi
6-sinf “Ona tili” dasturida ”Ravish so’z turkumi” ta’limi uchun quyidagi mavzular belgilangan: “Rаvishlаrning umumiy bеlgilаri vа vаzifаlаri‖, ―Rаvishlаrning yasаlishi‖, ―Tub va yasama ravishlar‖, ―Ravish yasovchi qo’shimchalar‖, ―Rаvishlаrning mа’nо turlаri: hоlаt rаvishlari, o’rin rаvishlari, pаyt rаvishlari, miqdоr-dаrаjа rаvishlari‖, ―Ravishlarning uslubiy qo’llanishi”.
Ravish harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja- miqdori kabi belgilarni bildiruvchi va qanday?, qachon?, qayer?, qancha? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar turkumi hisoblanadi. Ravishlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar:

  1. Ravishlar morfologik jihatdan o’zgarmasdir, ya’ni lug’aviy shakl (shakl hosil qiluvchi) hamda aloqa-munosabat qo’shimchalari ravishlarning tarkibida qotib qolgan bo’lib, ular morfemalarga ajratilmaydi: bekorga, to’satdan, qo’qqisdan, juda kabi.

  2. Ravishlar turlanmaydi, tuslanmaydi. Gapda ko’pincha fe’lga bog’lanib, hol vazifasida keladi. Masalan, O’quvchilar topshiriqni qisman bajardilar.

  3. Juda, eng, g’oyat, nihoyatda, benihoya, g’oyatda ravishlari sifat bilan birikib, belgi ma’nosini kuchaytiradi, sal, xiyol, arang, xiyla ravishlari esa belgi ma’nosini pasaytirishga xizmat qiladi: juda go’zal, noyatda qiziq, sal tor, xiyol keng.

  4. Ravishlarga bir qator otlar va sifatlar juda yaqin turadi. Kecha kunduz, tong, oqshom kabi payt otlari; barvaqt, bir mahal, kech kabi payt sifatlari; atrof, tegra, o’rta, ichkari, tashqari, o’ng, chap, old, orqa kabi o’rin otlari; oldin, keyin, yuqori, past, baland kabi o’rin sifatlari; oz, ko’p, mo’l, butun, to’la kabi miqdor sifatlari shular jumlasidandir.

  5. Ravishlar o’ziga xos yasalish tizimiga ega.

Ravishlar tuzilishiga ko’ra sodda (sodda tub: endi, hamisha, hanuz, boya, kechalari, juda; sodda yasama: mardona, ertalab, qahramonlarcha, atayin, qisman, shijoatkorona), qo’shma (biroz, har dam, biryo’la, birvarakay, birpas), juft (undan-bundan, oyda-yilda), takror (juda-juda, hali-hali, endi-endi, yuzma-yuz, so’zma-so’z, o’z- o’zidan) ko’rinishlarga ega.
Rаvishlаrning mа’nо turlаri‖ ustida ishlash uchun (ta’lim oluvchining o’ziga izlab topish, farqlash, o’xshash jihatlarni mantiqan umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi imkoniyatlarni yaratishni nazarda tutgan holda) o’quvchilar hukmiga quyidagi kabi topshiriqlarni havola etish mumkin:

    1. topshiriq. Berilgan siralarni moslari bilan juftlang.

piyoda (yurmoq)–––1

payt ravishi ––––1

1–...

atayin (so’ramaslik)––2

o’rin ravishi ––––2

2–...

ancha (o’qimoq)–––3

sabab ravishi ––––3

3–...

pastdan (qaramoq)–––4

holat ravishi ––––4

4–...

boya (kelmoq)–––5

maqsad ravishi ––––5

5–...

noiloj (gapirmoq)–––6

daraja-miqdor ravishi –6

6–...

Javob quydagicha bo’lishi zarur:

piyoda (yurmoq)–––1

payt ravishi ––––1

1–4

atayin (so’ramaslik)––2

o’rin ravishi ––––2

2–5

ancha (o’qimoq)–––3

sabab ravishi ––––3

3–6

pastdan (qaramoq)–––4

holat ravishi ––––4

4–2

boya (kelmoq)–––5

maqsad ravishi ––––5

5–1

noiloj (gapirmoq)–––6

daraja-miqdor ravishi –6

6–3


    1. topshiriq. Berilganlarni jadvalga to’g’ri joylashtiring.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə