Reja: «Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi Mehnat potensialini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi. «Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi


Mehnat potensialini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi



Yüklə 173 Kb.
səhifə7/10
tarix11.12.2023
ölçüsü173 Kb.
#146249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mehnat potensiali

2. Mehnat potensialini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi

Agar «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari o‘zida faqatgina miqdoriy xususiyatlarni mujassam etsa, bulardan farqli ravishda, mehnat potensiali ham miqdor, ham sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim iqtisodchilar potensialning miqdor ko‘rsatkichlari bevosita re-surslar miqdoriga teng deb qarab, unga mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi, ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni kiritadilar.
Potensialning miqdor ko‘rsatkichlari faqat resurslarning faol qismi bilangina cheklanib qolmaydi. Mazkur miqdorga quyidagi toifa aholi qat-lamini ham kiritish mumkin:
– mehnatga layoqatli aholining nofaol qismi;
– ishlash imkoniyati va istagiga ega barcha guruh nogironlari;
– mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar;
– ishlash xohishini bildirgan o‘smirlar va yoshga doir pensionerlar.
Ushbu aholi qatlamlariga yetarli miqdordagi ish haqi va qulay mehnatsharoitlari bilan ta’minlangan ish joylarini taklif etish yoki kasanachi-lik, uyda o‘tirgan holda pullik ishlar va xizmatlarni bajarish, maishiy xizmat ko‘rsatish (kichik shahobchalarda) kabi faoliyatlarga jalb qilish yo‘li bilan ularni jamiyatning faol va to‘laqonli a’zosiga aylantirish mumkin. Ularning ushbu faoliyatlari esa mamlakatda yalpi milliy mahsulot yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, moddiy resurs va zaxiralardan, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy taraqqiyotga erishishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sa-babli yuqorida sanab o‘tilgan aholi toifalarini mehnat potensialining qo‘-shimcha (zaxira) miqdori sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, potensialning faol miqdoriga mamlakatimiz hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan norezidentlar (immigrantlar)ni ham kiritish mumkin. Immigrantlarni potensial tarkibiga kiritishimizning sababi shundaki, ular ham mamlakat ishlab chiqarishida (moddiy va nomoddiy sohalarda) ishtirok etadi, iqtisodiyot tarmoqlarida o‘z ishchi kuchini namoyon qiladi, aqliy va jismoniy salohiyatini safarbar etadi. Garchi norezident-lar o‘z mehnat faoliyati natijasidan olgan daromadlarining asosiy qismini o‘zlari olsalar-da, mamlakat hududida o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘-liq xarajatlarni (oziq-ovqat, dam olish, uy-joy ijarasi, kommunal, trans-port, uy-ro‘zg‘or anjomlari), daromad solig‘i va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshiradilar. Bu esa byudjet tushumlarida va naqd pul aylanmasida o‘zaksini topadi. Biroq O‘zbekiston iqtisodiyotining bugungi kungi holatida mazkur toifa ahlining ishtiroki u qadar sezilarli bo‘lmasa-da, mamlakat-da faoliyat ko‘rsatayotgan chet mamlakat elchixona va vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning hududiy, mintaqaviy bo‘limlari, qo‘shma korxonalar, xo-rij firmalari, dilerlik kompaniyalari, chet el korxonasi (tashkiloti) fi-lial va shu’balari hamda hamkorlik tashkilotlarida norezidentlar mehnat va tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar. Demak, bugungi kunda mamlakatda immigrantlar xizmati, asosan, xorijiy ulush yoki tegishlilikka ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda kuzatilmokda. Shuningdek, ularning mustaqil tarzda mamlakat mehnat bozorida paydo bo‘lishi va o‘z ishchi kuchini namoyon etishi kam uchraydigan hodisadir.
Iqtisodiyoti jadal rivojlangan, sanoat va ishlab chiqarish keng taraqqiy etgan, iqtisodiy o‘sish sur’ati talabiga nisbatan kam mehnat potensialiga ega bo‘lgan mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Rossiya, Germaniya, Avstriya, Fran-siya, Koreya) immigrantlar alohida ahamiyatga ega. Mazkur davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan salmoqli darajada foydalanish uchun milliy ishchi kuchining o‘zi yetarli bo‘lmaydi, natijada, qo‘shimcha ishchi kuchiga talab paydo bo‘ladi. Bu talab esa o‘z-o‘zidan muhojirlar mehnati orqali qondiri-ladi. Demak, bir so‘z bilan aytganda, mehnat potensialida immigrantlar ham o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega.
Mehnat potensiali miqdor ko‘rsatkichlarining shakllanishini rasm ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin (6.3-rasm);
Miqdoriy ko‘rsatkichning tub o‘zagi, ya’ni yadrosini inson tashkil etib, shaxsiy insoniy omillarning uzaro uyg‘unligi natijasida mehnat potensi-ali vujudga keladi.
Inson ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan faoliyatda mashg‘ul bo‘-lishi natijasida ish bilan band kishiga aylanadi. Ish bilan band bo‘lgan-larga;
a) yollanib ishlayotgan, shu jumladan, to‘liq bo‘lmagan ish vaqti mobaynida yoki uyda ish haqi olib ishlayotganlar, shuningdek, haq to‘lanadigan boshqa ish, vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;
b) kasallik, ta’til, qayta tayyorgarlik, malaka oshiriщ, ishlab chiqa-rishning to‘xtab turishi tufayli, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodim uchun ish joyi saqlanib qoladigan boshqa hollarda ish joyida vaqtinchalik bo‘lmagan fuqarolar;
v) o‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlovchi fuqarolar, tadbirkor-lar, kooperativ a’zolari, fermerlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jalikla-rida mehnat bilan band bo‘lganlar, bevosita qoramol boquvchilar, chorvachi-lik va boshqa qishlox xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi va sotuvchilar, ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar toifalarining ishlab chiqarishda qatnashadigan oila a’zolari;
g) Kurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik hamda Ichki ishlar organlari tuzilmalari va qo‘shinlarida xizmatni o‘tayotganlar;
d) qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlash-malari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.
Ish bilan bandlik mavjud potensialdan samarali foydalanish va uni ijtimoiy-iqtisodiy foydali mehnatga yo‘naltirish orqali vujudga keladi. Aks xolda esa ishsizlik muammosi paydo buladi.
Mazkur qarorga ko‘ra, ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’min-lanmagan aholi (ishsizlar)ni qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar, shuningdek, haq to‘lanadigan fao-liyatga yoki daromad keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga qo-biliyatli yoshdagi vaqtincha yumush bilan band bo‘lmagan shaxslar tashkil eta-di.
Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan, shuningdek, o‘zini o‘zi mustaqil ish bilan ta’minlagan shaxslar va ishlash istagini bildirgan ishsiz axoli o‘zaro uyushib, iqtisodiy faol aholi yoki ishchi kuchini tashkil etadi. Ya’ni iqtisodiy faol axoli (ishchi kuchi) – bu mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi qonuniy turi bilan shug‘ullanuvchilar, shuningdek, ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi.

Yüklə 173 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə